149
davlat
hududida Buyuk Britaniya va
Rossiya manfaatlari to‘qnashdi. Buyuk
Britaniya Afg‘onistonni o‘z ta’sir doi-
rasiga olish maqsadida unga hujum qildi.
Qisqa vaqt
ichida Kobul shahrini egal-
ladi. Òaxtga
durroniylar sulolasining va-
kili Shuju o‘tqazildi.
Biroq erksevar afg‘on xalqini bo‘y-
sundirish oson emas edi.
Kobul aholisi qo‘zg‘olon ko‘tardi. Bu
qo‘zg‘olonda Do‘st
Muhammadxonning
o‘g‘li Akbarshoh katta rol o‘ynadi. Buyuk
Britaniya qo‘shini qo‘mondonligi barcha harbiy qismlarini Afg‘onis-
tondan olib chiqib ketish to‘g‘risidagi
shartnomani imzolashga maj-
bur bo‘ldi.
1842-yili Buyuk Britaniya qo‘shini Afg‘onistondan chiqib ketdi.
Shu tariqa birinchi afg‘on – ingliz urushi Buyuk Britaniya mag‘-
lubiyati bilan tugadi. Do‘st Muhammadxonning
amirlik hokimiyati
qayta tiklandi.
Do'stlaringiz bilan baham: