ta’siri o‘ta cheklangan Afg‘oniston taraqqiyotning eng ortida qolib ketdi. U XIX asr oxirida ham qabila-urug‘chilik munosabatlari va natural xo‘jalik saqlanib qolgan mamlakatlardan biri edi. Sadri a’zam – bosh vazir.
Amin ad-davla – moliya va ichki ishlar vaziri.
Hakimboshi – saroy bosh tabibi.
Durri durron – javohirlar javohiri.
Jirg‘a – kengash.
1. Eronning davlat tuzumi haqida nimalarni bilib oldingiz? 2. Qanday omillar bobiylar qo‘zg‘olonini yuzaga keltirdi? 3. Eron qay tariqa Buyuk Britaniya ta’sir doirasiga tushib qoldi? 4. Afg‘onistonda durroniylar sulolasi hukmronligi qanday barham topdi? 5. Nima uchun Buyuk Britaniya Afg‘onistonni bosib olishga yoki o‘ziga vassal davlatga aylantirishga erisha olmadi? 6. Amir Do‘st Muhammadxon Buyuk Britaniya va Rossiyaga nisbatan qanday siyosat yuritdi?