Eron – Buyuk Britaniya urushi. Buyuk Britaniya Eronning zaif-
lashib qolganligidan foydalanishga qaror qildi. O‘rta Osiyodagi xon-
liklarga ta’sir o‘tkazishda Hirot shahrining katta ahamiyatga ega ekan-
ligini unutmagan Buyuk Britaniya Eronni rasman Hirotga da’vosidan
voz kechishga majbur etdi. Biroq 1856-yili Eron Hirot shahrini bosib
oldi. Bunga javoban Buyuk Britaniya Eronga urush e’lon qildi. Bu
urushda Eron mag‘lubiyatga uchradi.
1857-yili Buyuk Britaniya va Eron o‘rtasida Parij Òinchlik shart-
nomasi imzolandi. Shartnomaga ko‘ra, Eron Hirot va Afg‘onistonning
boshqa hududlariga bo‘lgan da’vosidan butunlay voz kechdi.
1826–1828-yillarda ...
Eronda shoh huzurida maxfiy kengash tarkibi – bu ...
Parij Òinchlik shartnomasiga ko‘ra, ...
Parij Òinchlik shartnomasi Buyuk Britaniyaning Erondagi ta’siri
sezilarli darajada o‘sishiga xizmat qildi.