Afg‘oniston davlatining tashkil topishi. 1747-yili Nodirshoh o‘ldiril-
gach, imperiya ham parchalandi. Afg‘oniston davlatining tashkil to-
pishi uchun qulay sharoit tug‘ildi.
1709-yilda ...
1722-yilda ...
1736-yilda ...
1747-yilda ...
1747-yili afg‘on qabila xonlarining
jirg‘asi (kengashi) afg‘onlar-
ning abdali qabilasi sardori Ahmadxonni Afg‘oniston shohi deb e’lon
qildi. Ahmadshoh qisqa vaqt ichida mamlakat hududini birlashtira
oldi.
Bu g‘alabalar evaziga u o‘ziga «Durri durron» unvonini qabul
qildi va abdali qabilasining nomini
durroniy nomi bilan o‘zgartirdi.
Markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslik harakati va bosib olingan
o‘lka xalqlarining doimiy qo‘zg‘olonlari oqibatida durroniylar su-
lolasining hukmronligi zaiflashdi. Ahmadshohning vorislari bu ikki
omilga qarshi qanchalik kurashmasinlar, ularni bartaraf eta olma-
dilar.