164
Antik falsafada alohidalik kategoriyasining mazmuni muayyan turg‗unlikka ega bo‗lgan birlik
sifatida qaralgan (Aflotun, Arastu). Hegel, alohidalikni voqealarning zaruriy shakli,
makon va
zamondagi tafovutlarning namoyon bo‗lish momenti sifatida qaraydi.
Falsafada milliylik va umuminsoniylik masalasida alohidalikning umumiylikdan farqini
mutlaqlashtirish natijasida muayyan qarashlar vujudga kelishi mumkin (Bu haqda «Osiyosentrizm»
va «Evropatsentrizm» to‗g‗risida eslash kifoya).
Vaholanki, umuminsoniyat sivilizatsiyasining tadrijiy rivojlanishida muayyan ichki birlik mavjud
bo‗lib, madaniyat tarixida har bir xalq, millat o‗z o‗rni va ahamiyatini namoyon qiladi. Shuning uchun
umuminsoniyat sivilizatsiyasi tarkibidagi milliy madaniyatni mutlaqlashtirish, muayyan siyosiy
manfaatlarga asoslangan bo‗lib, buyuk davlatchilik, shovinistik qarashlardan boshqa narsa emas. Bu XX
asrning 30-yillarida fashizm mafkurasini shakllantirgan asosiy sababalardan biri edi.
Alohidalikni, umumiy qonuniyatlar tarkibidagi, elementlarning individual rivojlanish jarayoni
sifatida olib qarash kerak. CHunki har qanday umumiylik, dastlab voqelikning
alohidaligi tarzida
vujudga keladi. Shunga ko‗ra, har qanday sistema o‗z tarkibidagi nisbatan Yangi, alohida
hodisalarning individual rivojlanishisiz sodir bo‗la olmaydi. Shunday qilib, alohidalik voqelik
rivojlanishining xilma-xil shakllarini vujudga keltiradi.
Narsa va hodisalarda alohidaliklarning konkret xususiyatlari o‗rtasidagi bog‗lanishlar, bir
tomondan, umumiylikni namoyon qilish bilan bir qatorda, ularning muayyanligi va mazmunini ham
belgilaydi. Ikkinchi tomondan esa, umumiylikning konkretligi alohidaliklar
sistemasi tarzida
namoyon bo‗ladi. Bu sistemaga strukturali yondashish bilishning nisbatan to‗laqonli bo‗lishini
ta‘minlaydi. Masalan, muayyan jamiyatdagi kishilarning ijtimoiy munosabatlari o‗ziga xos bo‗lgan
yo‗nalishlarini vujudga keltirgan. YA‘ni, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, diniy ekologik va boshqa Shu
kabi ijtimoiy munosabatlar umumiy madaniyat tarkibida «iqtisodiy madaniyat», «huquqiy
madaniyat», «siyosiy madaniyat», «ekologik madaniyat» va boshqa nisbatan mustaqil
yo‗nalishlarga asos bo‗lgan. Bu madaniyat yo‗nalishlari nisbatan mustaqil bo‗lsa ham, bir-birini
taqozo qiladi. Ularning ichki birligi va rivojlanish tendensiyasi umuminsoniyat sivilizatsiyasi
manfaatlaridan kelib chiqqan bo‗lib, umumiy taraqqiyot darajasiga mos keladi.
Falsafaning bu kategoriyasi bilan «butun», «qism» «struktura», «sistema», «element»,
kategoriyalari o‗rtasida uzviy bog‗liqlik va muayyan farqlar mavjud. YA‘ni «alohidalik»,
«xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalar rivojlanish jarayonidagi bog‗lanish, aloqadorlik
munosabatlarining yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash bo‗lsa, «butun», «qism», «struktura»,
«sistema», «element», kategoriyalari esa, ularning makon va zamondagi bog‗lanish munosabatlarini
jarayon tarzida ifodalashdir.
Shu nuqtai nazardan, butunni - umumiylik, qismni yoki elementni -
alohidalik tarzida olib qarash holatlari uchraydi. Shuningdek, muayyan o‗xshashlik bo‗lishiga
qaramasdan, sistemani umumiylik tarzida qabul qilish mumkin emas. Bunda sistema turli
darajadagi umumiyliklarning majmui ham bo‗lishi mumkin. Umuman, narsa va hodisalarni tarkibiy
jihatdan «butun», «qism», element»larga ajratish bilishga xos nisbiy hodisa bo‗lib, uning
samaradorligini ta‘minlaydigan zaruriy shartdir. Shunga ko‗ra, yuqorida
aytilgan har ikkala
kategoriyalar tizimi bilishning bosqichi sifatida emas, balki usuli sifatida olib qaralishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: