161
emas, balki u muhim ahamiyatga ega. CHunki rivojlanish jarayonida eski va Yangining aloqasi
bo‗lmaganda, vorisiylik ham bo‗lmasdi, eski butunlay yo‗q bo‗lar, rivojlanishni grafik ko‗rinishda
Yangi eskidan farq qiladigan, eski esa Yangida takrorlanmaydigan to‗g‗ri (yuksalib boruvchi)
chiziq sifatida tasvirlash mumkin bo‗lardi. Biroq amalda Yangida eski saqlanadi, uning elementlari
Yangida takrorlanadi. Ammo bu takrorlanish yuqoriroq darajada Yuz beradi. Eskining jihatlari,
elementlari yuqoriroq asosda takrorlanishi biz muhokama qilayotgan qonunning o‗ziga xos
xususiyati hisoblanadi. Bundan qonunning boshqa bir xususiyati kelib chiqadi. Hamonki eskining
oliy asosda qaytarilishi mavjud ekan, rivojlanish to‗g‗ri chiziq bo‗ylab emas, balki spiralsimon
chiziq bo‗ylab Yuz berishi, sikldan-siklga eskiga yaqinlashishi (chunki takrorlanib turishlik
mavjud) va undan uzoqlashib borishi (chunki bu Yangi) ayon bo‗ladi.
Nima uchun bu takrorlanib turishlik muqarrar?
Gap Shundaki, inkor ziddiyat bilan uzviy bog‗liq, u mazkur ziddiyatning echilishi bilan
belgilanadi. O‗ziga xos ziddiyat bilan vujudga kelgan har qanday Yangi narsani olaylik.
Ziddiyatning rivojlanish jarayonida narsa o‗zining qarama-qarshiligiga aylanadi. Ammo inkorning
mazkur bosqichida dastlabki narsada mujassamlashgan ziddiyat faqat qisman echiladi. Bu
to‗liqsizlik narsa o‗zini inkor qilishda davom etishini belgilaydi. Birinchi inkor o‗rniga ikkinchi
inkor keladi va ikkinchi narsaga qarama-qarshi bo‗lgan Yangi, uchinchi narsa vujudga keladi, u
ikkinchi narsaning inkori, ya‘ni birinchi narsaning inkorining inkori hisoblanadi. Ikkinchi inkor
bosqichida birinchi narsaga xos bo‗lgan ziddiyat to‗la echiladi.
Qo‗sh inkor natijasida, dastlabki nuqtaga qaytilishi bilan rivojlanishning yuqoriroq
darajasiga erishiladi, rivojlanishning boshlang‗ich, lekin boyitilgan shakli tiklanadi
. Rivojlanish
chizig‗i go‗yo «spiral o‗rami» aylanasini tashkil etadi, lekin uning boshi oxiri bilan tutashmaydi.
Shunday qilib, rivojlanish harakatning bosqichma-bosqichligi va siklliligi jihatlarini o‗zida
birlashtiradi. Bu qoida ham umumiy ahamiyat kasb etadi. U atrof borliqning barcha narsalari va
hodisalariga nisbatan o‗rinli, ya‘ni dialektika qonuni kuchiga ega. U quyidagicha ta‘riflanadi.
Inkorni-inkor qonuni – bu Shunday bir qonunki, unga muvofiq rivojlanish jarayoni Yangining
eskini dialektik inkor etish cheksiz zanjiridan iborat bo‗ladi, bunda rivojlanish avvalgi
bosqichlarining barcha muhim jihatlari Yangida saqlanadi va umuman bu jarayon hujumkor,
yuksalib boruvchi yo‗nalishga ega bo‗ladi
. Ayni vaqtda rivojlanish jarayonida uning oliy
bosqichlarida avvalgi bosqichlarning ayrim jihatlari va tomonlari sifat jihatidan Yangicha asosda
takrorlanadi va ayni hol to‗g‗ri chiziq, tutash doira bo‗ylab emas, balki spiralga yaqinlaShuvchi egri
chiziq bo‗ylab yuksalishni belgilaydi. Harakatning spiralsimonligi rvojlanishning siklligini aks
ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: