Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Kategoriya o‗zi nima. 
Bu so‗z qadimgi yunon tilidan olingan bo‗lib: «izohlash», 
«tushuntirish», «ko‗rsatish», degan ma‘nolarni anglatadi. Uning mazmunidagi bunday xilma-xillik 
qadimgi davrlardanoq ilmiy tadqiqot yo‗nalishiga aylangan. 
Falsafa tarixida ularni birinchi bo‗lib, Arastu ta‘riflab bergan. U o‗zining «Kategoriyalar» degan 
asarida ularni ob‘ektiv voqelikning umumlashgan in‘kosi sifatida qarab, turkumlashtirishga harakat 
qilgan. Xususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substansiya), «miqdor», 
«sifat», «munosabat», «o‗rin», «vaqt», «holat», «mavqe», «harakat», «azob-uqubat». Bu 
turkumlashtirish, o‗z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega bo‗lgan. Keyinchalik Arastu 
«Metafizika» asarida «mohiyat», «holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohlagan. 
Umuman, kategoriyalarni falsafa tarixida ilmiy mavzu sifatida o‗rganishni aynan Arastu 
boshlab berganligi e‘tirof qilinadi. Ma‘lumki, ungacha Yunonistonda ko‗proq politika va ritorika 
(notiqlik san‘ati) fanlari sistemalashgan, ya‘ni fan sifatida tizimga tushirilgan edi. CHunki o‗sha 
davrda qo‗shinni, mamlakatni va odamlarni boshqarish uchun siyosat va nutq madaniyati sirlarini 
bilish katta ahamiyatga ega bo‗lgan. Ammo o‗sha davrlarda falsafaning qonunlari, kategoriyalari va 
asosiy tayanch tushunchalari muayyan tizimga tushirilmagan, izchil bayon qilingan bilimlar 
70
Гегель Г.В. Соч. Т. 5. – М.: 1997. – С.99. 
71
Эйнштейн А., Инфельд Л. Эволюция физики. – М.: 1956. – С.156. 


163 
sistemasi sifatida shakllantirilmagan edi. Hatto Yunonistonning mashhur olimi va mutafakkiri 
Suqrotni ham ana Shunday, hali go‗yoki shakllanmagan fan bilan Shug‗ullangani va yoshlarni bu 
ilm yo‗liga boshlab, ularning noto‗g‗ri tarbiyasiga sabab bo‗lganlikda ayblagan ham edilar. Bu hol 
Suqrotning buyuk shogirdi Arastuning mazkur fanni aniq sistema tarzida ifodalashga kirishishi 
uchun turtki bo‗lgan. Olim falsafaning qonun va kategoriyalarini birinchi marta sistemalashtirgan, 
ta‘riflagan va falsafani fan darajasiga ko‗targan. O‗sha davrdan boshlab falsafa o‗z qonunlari, 
tamoyillari, kategorial tushunchalariga ega bo‗lgan fanga aylangan. Sharqda bu masalaga Forobiy, 
Beruniy va ibn Sinolar ham katta ahamiyat berganlar. 
XVII-XIX asrlarga kelib, falsafiy kategoriyalar tahlilida Yangi davr vujudga keldi. Xususan, I. 
Kant qarashlarida kategoriyalar «sifat» (reallik, inkor, chegaralash), «miqdor» (birlik, ko‗plik, 
yaxlitlik), «munosabat» (substansiya va xususiyat, sabab va harakat, o‗zaro ta‘sir), «modallik» 
(imkoniyat va imkoniyatsizlik, voqelik va novoqelik, zaruriyat va tasodif) tarzida izohlangan. 
Kantdan farqli o‗laroq, Hegel esa mantiqiy kategoriyalarni: «borliq» (sifat, miqdor, me‘yor), 
«mohiyat» (asos, hodisa, mavjudlik), «tushuncha» (ob‘ektiv, sub‘ektiv, absolyut g‗oya) tarzida 
izohlagan. 
Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni umumlashtirib aytganda, ularning 
mantiqiy tushunchalar sifatidagi quyidagi tavsiflari bor: 1) ob‘ektiv voqelikning in‘ikosi; 2) narsa 
va hodisalarning o‗zaro bog‗lanish va aloqadorligini mantiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli; 3) 
narsa va hodisalarning rivojlanishi bilan o‗zgarib turuvchi mantiqiy tushuncha; 4) borliqning 
mavjudligidan kelib chiqadigan tarixiy — mantiqiy bilish darajalaridan biri. Ko‗pchilik 
mutaxassislar kategoriyalar olam, undagi narsa va voqealar, ularning asosiy va takrorlanib turuvchi 
aloqadorligini ifodalaydigan keng mazmundagi tushunchalardir, degan fikrga qo‗shiladilar. Bu 
ma‘noda borliq, voqelik, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat va boshqalar falsafaning ana 
Shunday kategoriyalaridir. 
Falsafada o‗z xususiyatlariga ko‗ra, 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish