Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Falsafa qonunlarining o‗zaro aloqadorligi



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Falsafa qonunlarining o‗zaro aloqadorligi.
Dialektikaning asosiy qonunlari yagona 
rivojlanish jarayonining turli jihatlarini tavsiflab, alohida-alohida emas, balki uzviy dialektik 
birlikda amal qiladi. Masalan, miqdor o‗zgarishlarining sifat o‗zgarishlariga o‗tishi va buning aksi 
ziddiyatni ham, dialektik inkorni ham o‗z ichiga oladi. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi 
miqdor-sifat munosabatlarini va inkorni-inkorni o‗z ichiga oladi. Xuddi Shuningdek inkor 
jarayonida yagonaning eski va Yangiga ikkilanishi, ularning o‗rtasida qarama-qarshilik, 
Shuningdek miqdor o‗zgarishlarining sifat o‗zgarishlariga o‗tishi Yuz beradi. Boshqacha qilib 
aytganda, moddiy dunyoning yagonaligi qonunlar amal qilishining umumiyligini nazarda tutadi. 
Ammo Shuni e‘tiborga olish lozimki, dialektika qonunlari bir vaqtda amal qilganda, ularning har 
biri nisbatan mustaqil bo‗ladi, zero rivojlanish mohiyatining muayyan jihatini (manba, mexanizm, 
yo‗nalish) aks ettiradi, rivoshlanishning zaruriy sharti sifatida tavsiflanadi, o‗z mavjudligining 
avvalgi shakllarini inkor etmaydigan rivojlanish bo‗lishi mumkin emas. Inkor harakatida 
rivojlanishga monelik qiladigan narsalarning rad etilishi, yo‗q qilinishi Yuz beradi. Umuman 
olganda inkor – ob‘ektiv jarayon. Masalan, hozirgi zamon fani ma‘lumotlariga ko‗ra, kengayib 
borayotgan plazmani yo‗q qilib tashlagan Katta portlashsiz biz yashayotgan Olam, uning 
galaktikalari, yulduzlari va sayyoralari ham, inson ham bo‗lmas edi. Ammo inkorni sof yo‗q bo‗lish 
sifatida talqin qilishdan ehtiyot bo‗lish lozimligini Gegel ham, boshqa faylasuflar ham qayd etadi. 
Bunday inkor «behuda», metafizik inkor deb e‘tirof etiladi. U tabiatda ham, jamiyatda ham mavjud. 


162 
Lekin oddiy yo‗q bo‗lish jamiyatni ortga uloqtirib tashlaydi, xolos. Vaholanki, tarix kultepasida 
jo‗yali bir narsa Yuzaga kelishi mushkul.
Dialektik inkor rivojlanish omili hisoblanadi, chunki u bartaraf etishni o‗z ichiga oladi. Gegel 
fikricha, bartaraf etish «ikki xil ma‘no kasb etadi: u asrash, saqlab qolishni va ayni vaqtda 
to‗xtatish, chek qo‗yishni anglatadi»
70
. Gegel talqinida inkor rivojlanish omili sifatida yashash 
qobiliyatini yo‗qotgan narsani yo‗q qilish va erishilgan rivojlanishni saqlashni nazarda tutadi. 
Masalan, A.Eynshteyn Yangi va eski nazariyalarning o‗zaro nisbatini Shunday tavsiflaydi: «Yangi 
nazariya eski nazariya yutuqlarini chetga chiqarib tashlaydi, deb hisoblash to‗g‗ri bo‗lmaydi. Yangi 
nazariya eski nazariyaning afzalliklarini ham, kamchiliklarini ham namoyon etadi va bizga eski 
tushunchalarga teranroq nuqtai nazardan baho berish uchun imkoniyat yaratadi. Biz eski nazariya 
o‗rinli bo‗lgan sohada dalillar o‗rganilayotganda har safar undan foydalanishimiz mumkin»
71

Ammo har qanday hodisa yaxlit bo‗lgani bois, bartaraf etish haqidagi masalaning qo‗yilishi 
mavxum xususiyat kasb etadi. XIX asr falsafiy ta‘limotlarida bartaraf etishning tabiat va tarixdagi 
ko‗rinishlarini erishilgan yutuqlarni o‗zgartirilgan holda saqlash sifatida yoritib, bu tushunchani 
to‗ldiradi. Yangilik va eskilikning ichki ziddiyatlariga chek qo‗yish sifatidagi o‗z-o‗zini inkor 
dialektik inkorning muhim xususiyati bo‗lib, bu rivojlanishning hujumkorligini belgilaydi. Bu 
qonun dialektikaning boshqa qonunlarini umumlashtiradi, ularni sintez qiladi.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish