Sakrash-
bu bir sifatning boshqa sifatga aylanish vaqti, shakli, usuli, miqdor
o‗zgarishlarining uzluksizligi, bosqichma-bosqichligidagi uzilishdir.
Masalan, sakrash-bu Erda
hayotning paydo bo‗lishi, hayvonlar dunyosidan insonning ajralib chiqishi, bir ijtimoiy tuzum
o‗rniga boshqa ijtimoiy tuzum kelishi, buyuk ilmiy va texnikaviy kashfiyotlardir. Har qanday
sakrash rivojlanishda o‗tish davrini tavsiflaydi. O‗z tabiatiga ko‗ra u doim ziddiyatlidir, chunki
Yangining tug‗ilishidan ham, eskining qarshiligidan ham dalolat beradi.
Sakrashlarning shakllari rang-barang bo‗lib, rivojlanayotgan hodisaning tabiati, Shuningdek
unda sifat o‗zgarishlari Yuz berayotgan konkret sharoit bilan belgilanadi. Sakrashlar:
1
) o‗zgarishning davomliligiga ko‗ra (jadal, sust);
2) o‗zgarish shakliga ko‗ra (bir karra, ko‗p karra);
3) o‗zgarishning chuqurlik darajasiga ko‗ra (qisman, to‗liq);
4) o‗zgarishning yo‗nalishiga ko‗ra (progressiv, regressiv, yo‗nalishsiz) farq qiladi
.
Sakrashlarni tahlil qilish chog‗ida «evolyusiya», «inqilob», «islohot» kabi atamalar ayniqsa
muhim ahamiyat kasb etadi. «Evolyusiya» tushunchasi keng va tor ma‘nolarda qo‗llaniladi. Keng
ma‘nodagi «evolyusiya» asta-sekin rivojlanish jarayoni bo‗lib, u miqdor o‗zgarishlarinigina emas,
balki sifat o‗zgarishlari, Shu jumladan inqiloblarni ham o‗z ichiga oladi. Tor ma‘noda «evolyusiya»
deganda inqilobdan, uning tayyorlanishidan oldingi davr tuShuniladi.
«Inqilob» tushunchasi
ijtimoiy hodisalarni tavsiflash uchun ishlatiladi va jamiyatni asta-sekin emas, balki tubdan
o‗zgarish yasaydigan sakrashdir
.
Islohot jamiyat hayotining biron-bir muhim tomonini o‗zgartirish
bo‗lib, bunda uning iqtisodiy va davlat tartibi asoslari saqlanib qoladi.
Shunday qilib, miqdor va sifat o‗zgarishlarining bir-biriga o‗tishi qonuni, rivojlanishning
umumiy qonuni sifatidagi mazmuni haqida yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini beradigan «sifat»,
«miqdor», «me‘yor», «sakrash» kategoriyalari yordamida muayyanlashtiriladi. Mazkur qonun
butun borliqning rivojlanishi, harakati va o‗zgarishi qanday, qay tarzda Yuz beradi, degan savolga
javob berib, ob‘ektiv voqelikning har qanday sohasida Yangi sifatga o‗tishning ichki mexanizmini
yoritadi. Ko‗rib chiqilgan qonunlar rivojlanish manbai va uning mexanizmini yoritib bersa, inkorni-
inkor qonuni – rivojlanishning umumiy tendensiyasini, uning yo‗nalishini aks ettiradi.
Demak, har qanday o‗zgarish, har qanday rivojlanish miqdor va sifat o‗zgarishlarining o‗zaro
bir-biriga o‗tishi orqali sodir bo‗ladigan jarayonlardan iborat. Borliqning hamma sohasida doimo
eski, umri tugayotgan narsa va hodisalarning barham topishi, Yangi narsa va hodisalarning vujudga
kelish jarayoni sodir bo‗lib turadi. Bundagi eskining Yangi bilan almashinishi inkor deb ataladi.
O‗zgarish va rivojlanish jarayonida
Do'stlaringiz bilan baham: |