Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Inkorni dialektik tushunish
Yangining eski bilan oddiy almaShuvi bo‗lmasdan, balki 
eskining bag‗rida vujudga kelib, undan foydalanib, qaror topishini tan olishdir. Dialektik inkorning 


159 
muhim ikki jihati mavjud: birinchisi, eskining o‗rniga Yangining kelishi tabiiy-tarixiy jarayon 
bo‗lganligi uchun taraqqiyotning muhim sharti hisoblansa; ikkinchisi, u Yangini eski bilan vorisiy 
bog‗liq ekanligini ham ifodalaydi. 
Inkorni inkor qonunini tushunish uchun uni nega Shunday deb atalishini izohlamoq lozim. 
Falsafaning bu ta‘limotini ikki marta takrorlanuvchi inkorda ifodalanishi olamdagi narsa va 
hodisalarning doimiy ravishda o‗zgarib, bir holatdan ikkinchi holatga o‗tib borishi va oqibatda, 
rivojlanish uzluksiz ekanligidan kelib chiqadi. 
Bu qonunga ko‗ra, har bir mavjud bo‗lgan narsa va hodisa o‗zigacha bo‗lgan sifat va miqdor 
inkor etilishining mahsuli, Shu bilan birga, ana Shu narsa va hodisalarning o‗zi ham sharoitning 
o‗zgarishi, vaqtning o‗tishi bilan inkor etilishga mahkumdir. Demak, har bir narsa va hodisaning 
o‗zgarishi va rivojlanishi hamisha ikki va undan ko‗proq inkor etishlar bilan amalga oshadi. 
Insoniyat tarixi - avlodlar almashinuvi tarixidir, deyilganida ham ana Shunday hol nazarda tutiladi. 
Inkorni inkorning yana bir muhim belgisi Shuki, taraqqiyotdagi davriylikning muayyan 
halqasida, ya‘ni navbatdagi inkor bosqichida uning oldingi bosqichidagi ba‘zi belgilar takrorlanadi. 
Masalan, don o‗simlikdan yana donlarga aylanadi, keyinroq yana o‗simlikka va hokazo. 
Inkorni inkorning amal qilishi tufayli taraqqiyot to‗g‗ri chiziq shaklida emas, doira shaklida 
bo‗ladi, uning oxirgi nuqtasi boshlang‗ich nuqtaga yaqinlashadi. Lekin bu yaqinlaShuv uning oxirgi 
nuqta bilan tutashishi bo‗lmasdan, balki yuqori bosqichda sodir bo‗lishi sababli taraqqiyot spiral 
shaklga ega bo‗ladi. Bu spiralning har bir Yangi o‗rami oldingi o‗ramiga nisbatan yuqoriroq 
bosqichda Yuzaga keladi. 
Dialektik inkor Yangi bilan eski o‗rtasidagi bog‗lanishni butkul rad qiladi, deb tuShunmaslik 
kerak. Yangi qanchalik ilg‗or bo‗lmasin, u yo‗q joydan paydo bo‗lmaydi, balki eskining qobig‗ida 
asta-sekin shakllanadi. Shuning uchun ham ko‗p hollarda eskidan Yangiga o‗tilayotganda eski 
butunlay tashlab yuborilmaydi, balki uning ijobiy tomonlari saqlanib qoladi va rivojlanish davom 
ettiriladi. Demak, Yangi bilan eski o‗rtasida vorislik mavjuddir. Inkorni inkor qonuni taraqqiyotda 
vorislik va qaytariluvchanlikning birligini tavsiflaydi. Dialektik inkorning muhim xususiyati ana 
Shundan iborat. 
Inkorni inkor qonuni mustaqillik va bozor iqtisodiyoti jarayonida ro‗y berayotgan hodisalar 
mohiyatini ilmiy anglashda katta ahamiyat kasb etadi. Yangi jamiyatni barpo etishga qaratilgan 
o‗zgarishlar hamma narsani butunlay yo‗q qilishni bildirmaydi. Aksincha, bu — xalqimiz 
taraqqiyoti jarayonida erishilgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma‘naviy yutuqlarni saqlab qolib, 
ularni yanada boyitib, rivojlantirishdan iboratdir. Mazkur jarayonning asosiy tamoyili Islom 
Karimovning Yangisini qurmasdan, eskini buzmaslik lozimligi to‗g‗risidagi xulosasida yaqqol o‗z 
asosini topgan. 
Har qanday fanning o‗ziga xos qonunlari va asosiy tushunchalari bo‗ladi. Masalan, fizikada 
fizik qonunlar, og‗irlik, tezlik, kuch kabi tushunchalarga juda ko‗p duch kelish mumkin. Ularning 
aksariyati bu fan tarixida chuqur iz qoldirgan mashhur olimlarnining nomi bilan bog‗langan. Masalan, 
fizikada Nyuton, Faradey, Avagadro va hokazo. Matematikani esa Pifagor, al-Xorazmiy, Karl 
Gausning qonunlarisiz tasavvur qilish qiyin. Xuddi Shunday falsafaning fanlik maqomini 
belgilaydigan asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi ham bor. Ularni o‗rganishdan avval, 
qonun va kategoriya tushunchalarining mazmunini aniqlab olish zarur. An‘anaviy tavsiflarga ko‗ra, 
«Qonun» falsafiy kategoriya sifatida narsa va hodisalar rivojlanishi jarayonidagi eng muhim, zaruriy, 
nisbatan barqaror, doimiy takrorlanib turuvchi, ichki o‗zaro bog‗lanishlar, aloqalar, munosabatlarning 
mantiqiy ifodasi ekanligini ko‗rib o‗tdik. Endi kategoriyalarning mohiyati va mazmuni bilan qisqa 
tanishaylik. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish