8-toifa
-
hakimlar, tabiblar, munajjimlar va muhandislarki, ular
saltanat korxonasiga rivoj beruvchilardir. Ularni o‘z atrofimga
to‘pladim. hokimlar va tabiblar bilan ittifoqda bemorlarni davolatar
edim. Munajjimlardan sayyoralarning qutlug‘ va qutsiz kunlari, ular-
ning harakati va osmonda aylanishini aniqlab olardim. Muhandislar
bilan ittifoqda oliy imoratlar barpo etib, bog‘u bo‘stonlarning loyiha
va tarhini chizdirdim.
9-toifa
-
muhaddislar, payg‘ambar, uning avlodlari va sahobalari
haqida rivoyatlar naql qiluvchilar (tarixchilar) hamda qissaxonlar
bo‘lib, ularni ham o‘zimga yaqinlashtirdim. Payg‘ambarlar va
avliyolar haqidagi qissalarni, o‘tgan podsholar to‘g‘risidagi
xabarlarni, ularning saltanat taxtiga qanday yetishganliklarini,
davlatlarning qanday sabablarga ko‘ra zavol topganligini bulardan
so‘rab, bilardim. Har qaysisining qissalari va xabarlari, ishlari va
so‘zlarini eshitib, tajribam ortdi. Olamda bo‘layotgan voqealarni
ulardan eshitardim va olam ahvolidan xabar topar edim.
Do'stlaringiz bilan baham: |