Manaviyat asoslari Lotin pv doc


 «Amir Temur tuzuklari» – ma’naviyat sarchashmasi



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

 
8.2. «Amir Temur tuzuklari» – ma’naviyat sarchashmasi 
 
«Amir Temur tuzuklari» jahondagi nomdor kutubxonalarda 
nodir kitoblar qatorida saqlanadi. Shuningdek, uni qirollar, 
marshallar, diplomatiya korpusi xodimlari va katta-kichik amaldor 
tabaqalar ham o‘zlarining turli darajadagi muammolari yechimini 
topishda saboq hamda kalit deb biladilar.Buni biz O‘zbekiston 
Prezidenti Islom Karimovning «Temur tuzuklari»ga bergan yuqori 
bahosida ham ko‘ramiz. Shaxsan men «Temur tuzuklari»ni har gal 
o‘qir ekanman, xuddiki o‘zimga qandaydir ruhiy kuch-quvvat 
topgandek bo‘laman, o‘z ish faoliyatimda bu kitobga takror-takror 
murojaat qilib, undagi hech qachon eskirmaydigan, inson ma’naviyati 
uchun bugun ham oziq bo‘ladigan hikmatli fikrlarning qanchalik 
hayotiy ekaniga ko‘p bor ishonch hosil qilganman. Masalan, 
«Tajribamda ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va 
shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir», 
degan so‘zlari bugungi kunda ham ma’naviy jihatdan naqadar dolzarb 
ahamiyatga ega ekani barchamizga ayon. 
Amir Temur bobomizning bunday chuqur ma’noli hikmatlari 
xalqimizda qadimdan mavjud bo‘lgan «Bilagi zo‘r birni, bilimi zo‘r 
mingni yiqar» degan maqolga g‘oyat hamohang bo‘lib, insonni doimo 
aql-idrok, adolat va yuksak ma’naviyat asosida yashashga da’vat 
etishi bilan e’tiborlidir.
1
1
Каримов
И
.
А

Юксак
маънавият
– 
енгилмас
куч

Т
.: «
Маънавият
». 2008. 45-
бет



191
Haqiqatan ham dunyo bu kitobga katta ma’rifiy ehtiyoj sezib, 
ardoqlab kelganligi bejiz emas. «Temur tuzuklari»da sohibqironning 
falsafiy, huquqiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy qarashlari o‘z ifodasini 
topgan. «Tuzuklar» Amir Temurning buyuk davlat arbobiga xos salo-
hiyati, daholigi, harbiy san’ati nazariyotchiligi, insoniylik 
dunyosining ma’naviy-ruhiy quvvatlari bilan mardlik va shijoatining 
hududiy kengliklari haqida to‘la tasavvur beradi. Binobarin, 
tuzuklarda ifodalangan g‘oyalar orqali Amir Temur ma’naviyat 
olamining turli jabhalari yorqin ko‘zga tashlanadi. Bir inson ega 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan fazilatlar, iste’dodlar, voqealarga aql-idrok, 
teran zehn va tafakkur bilan baho bera olish, har qanday og‘ir vaziyat 
va sharoitlarda vazminlik, pirovard natijada uni o‘z davlati, xalqi 
foydasiga hal etish kabi sohibqironga xos sifatlar har bir inson uchun 
bugungi kunda ham, kelajak avlodlar uchun ham ibrat maktabi bo‘lib 
qoladi.
Asrlar davomida tuzuklarning, uning ijodkori bo‘lgan Amir 
Temurning dunyodagi aksariyat xalqlari ziyolilari siyosat, madaniyat 
hamda harbiy sarkardalar tomonidan e’zozlanib kelinayotganligi ham 
aynan shundandir. 
Shuni ta’kidlash lozimki, agar Amir Temur tuzuklaridagi dono 
fikrlar quyi bo‘g‘indan to yirik amaldorlaru mansabdorlar va har 
qanday jamiyatdagi hal qiluvchi ahamiyatga ega tabaqa hamda guruh 
vakillari tomonidan ijodiy yondashuv asosida o‘zaro munosabatga 
tortilsa, o‘sha jamiyat albatta rivojlanishi, taraqqiyot sari yuz tutishi 
muqarrar. Unda har qanday muammoning aniq yechimini topish 
yo‘llari ta’kidlab ko‘rsatilgan. Agar «Tuzuklar»dagi boshqaruvchilar 
bilan boshqariluvchilar, ya’ni fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar qan-
day qilib ziddiyatlardan xoli qilinganligi, bu esa jamiyatning ijtimoiy 
ravnaqiga yo‘l ochganligi nuqtayi nazaridan yondashilib, uning 
saboqlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarishga erishilsa, tuzuklar o‘z asrida 
qo‘yilgan vazifalarini yana davom ettira olish kuchiga ega bo‘lib, 
ma’naviy quvvat bo‘la oladi. Buni Sohibqironning vasiyat o‘rnidagi 
o‘gitlari ham tasdiqlab turibdi. Bu o‘gitlar milliy davlatchiligimizning 
barcha davrlariga daxldor deyish mumkin. «Bu «Tuzuklar»dan o‘z 
saltanat ishlarini boshqarishda qo‘llanma sifatida foydalangaylar, - 
deydi Amir Temur, - toki mendan ularga yetadigan davlat va saltanat 
zararu tanazzuldan omon bo‘lgay». Sohibqiron qudratli saltanatni 


192
idora etishda 12 tamoyilga qat’iy tayanib faoliyat yuritganligini 
ta’kidlaydi. Keyingi avlodlarni ham shunga rioya etishga chaqiradi.
 
«Temur tuzuklari» jamiyatning barcha ijtimoiy-iqtisodiy, fan, 
madaniyat sohalarini yuksaltirishda muvaffaqiyatlar kaliti bo‘ldi. 
Amir Temurning zafar kaliti - ustozlari Tobodiy, Pir Shamsiddin 
kulol va Pir Sayid Barakalarga bo‘lgan ehtiromi bo‘ldi.
Sohibqiron Amir Temur qanday muvaffaqiyatlarga erishmasin, 
ularda ustozlarining katta ulushi va hissasini ta’kidlab o‘tadi, ularning 
hurmatini joyiga qo‘yib, doimiy duolarini olganligini ta’kidlaydi. 
Jahonning teng yarmini idora qilgan buyuk saltanat sohibi vafotidan 
keyin o‘z jasadini Sayid Pir Baraka oyog‘i tomonida qo‘yishlarini 
vasiyat qiladi. Bu vasiyat uning ustoziga bo‘lgan cheksiz hurmati 
belgisi edi. 
Amir Temur jamiyat hayotida turli toifalar katta o‘rin egallashini 
yaxshi tushunib, davlatni boshqarishda ularning mavqeyi, aqli va 
salohiyatidan o‘rinli foydalanishga harakat qildi. Ular bilan munosa-
batlarni uzoqni ko‘zlab, aql-idrok kuchiga tayanib, hal qila bordi. Bu 
masalada ustozi Mir Sayid Barakaning o‘git va maslahatlariga amal 
qildi. Davlat boshqaruvida asqotadigan tamoyillarga rioya qilinganini 
sohibqiron quyida sa’y-harakatlarida tatbiq qilganligini ta’kidlab 
o‘tadi: «Hech kimdan o‘ch olish payida bo‘lmadim. Tuzimni totib, 
menga yomonlik
 
qilganlarni parvardigori olamga topshirdim. Ish 
ko‘rgan, sinalgan, er yigitlarni qoshimda tutdim. Sofdil kishilarga, 
sayyidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim ochiq edi. Nafsi 
yomon himmatsizlarni, ko‘ngli
 
buzuq qo‘rqoqlarni majlisimdan quvib 
yubordim. Ochiq yuzlilik, rahm-shafqat bilan xalqni o‘zimga rom 
qildim. Adolat bilan ish yuritib, jabr-zulmdan uzoqroqda bo‘lishga 
intildim».
 
Toifalar bilan munosabatni to‘g‘ri amalga oshirishda Mir Sayid
Barakaning o‘gitlari ham alohida o‘rinda turdi. Ularda quyidagi 
ta’kidlar mavjud edi: «Buyuk zafarlar sohibi
 
Temurga, Alloh uni 
hamisha qo‘llasin, ma’lum bo‘lsinkim, uning saltanati korxonasi 
Tangri taolo korxonasining bir kichik nusxasidirki, unda turli 
mansabdagi xodim va xizmatkorlar, noiblar, eshik
 
og‘alari bordir. 
Ularning har biri martabasiga yarasha o‘z yumushi bilan mashg‘uldir, 
hech biri o‘z martabasidan chetga chiqmaydi va doimo Allohning 
amriga muntazir bo‘lib turadilar. Shunday bo‘lgach, sen hamisha 


193
hushyor va ehtiyotkor bo‘lgin, toki vazirlar, lashkarboshilar, amal-
dorlar, ish boshqaruvchilar, sipohsolorlardan hech biri o‘z martabasi 
chegarasidan chiqmasin va doimo sening hukmingga muntazir bo‘lib 
turishsin. Har toifa va har qavmni o‘z martabalarida tutginki, 
saltanating Nizomiga kelib, davlat intizomga kirgay. Agar, har 
narsani va har kimni o‘z martabasida saqlay olmasang, saltanatingga 
bundan ko‘p xalal va ziyon yetgay. Demak, har kimning qadr-
qiymatini, tutgan mavqeyini va har narsaning o‘lchovini belgilab 
olishing va shunga muvofiq ish yuritishing kerak. 
Hazrati Muhammad avlodidan bo‘lganlarning martabasini 
boshqalardan yuqori ko‘tarib, ularning izzat-hurmatini joyiga qo‘ygil. 
Ularga qancha ko‘p muhabbat bildirsang ham uni isrof deb o‘ylama, 
chunki qaysi ish xudo yo‘lida bo‘lsa, unda isrof yo‘qdir. 12 toifa bilan 
davlatingga ziynat berib, shular bilan saltanat qurg‘il, vassalom». 
Amir Temur bu o‘git o‘rnidagi xatga siyosiy masala sifatida 
qarab, o‘zining bunga munosabatini quyidagicha bildirgan edi: 
«Pirimning ushbu xati menga yetgach, unda buyurilgan har bir 
narsani bajo keltirdim. Saltanatim ishlarini qonun-qoida va intizomga 
solib», saltanatim martabasiga zebu ziynat berdim. Saltanatimni 12 
toifaga bog‘lab, tuzdim. Bu 12 toifani saltanatim falakining 12 burji 
va davlatim korxonasining 12 oyi deb hisobladim. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish