Manaviyat asoslari Lotin pv doc



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

 
 
УД
K: 37.017.92(075) 
K
Б
K: 87.60ya73 
 
 
 
 
 
ISBN 978-9943-13-402-7
© «Iqtisod-Moliya», 2013 
© B. Karimov, F. Ziyayev, 2013 



 
 
Muqaddima 
 
Dunyodagi barcha bilim va tajribalar, so‘z, tushuncha, tasavvur 
hamda xulosalar bevosita va bilvosita inson faoliyati bilan bog‘liq 
holda vujudga keladi, rivojlanadi, boyib, takomillashib boradi yoxud 
aksincha – eskirib, umrini o‘tab, zavolga yuz tutadi. Biroq, jahonda 
shunday bir buyuk hodisa borki, u odamzodning ongli hayoti mavjud 
ekan, hech qachon zavol ko‘rmaydi. Shuning uchun ham uni o‘ta 
noyob – fenomenal hodisa deb ataymiz. Bu sog‘lom fikrlaydigan, ez-
gu orzu-umidlar bilan yashaydigan inson va jamiyat tomonidan ham-
ma zamonlarda ham qadrlanib kelingan ma’naviyatdir.
Darhaqiqat, bashariyat o‘z aqlini tanigan, ruh va vujudning far-
qini, hayot ma’nosini, ezgulikning mohiyatini anglaganidan buyon 
ma’naviyat unga hamroh bo‘lib kelmoqda. Inson ma’naviyat orqali 
tarixini, bugungi kuni va kelajagini tasavvur qilish, baholash va shu 
tariqa zarur saboq va xulosalar chiqarish imkoniga ega.
Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng yurtimizda inson, uning 
manfaatlari, huquq va erkinliklari oliy qadriyat deb e’lon qilindi. 
O’zbekistonda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish masalasi qan-
chalik dolzarb va muhim vazifaga aylangan bo‘lsa, ma’naviyat 
haqidagi qarashlarni ham butunlay o‘zgartirish, bu borada zamon 
talab qilayotgan azaliy mezonlarni, bu noyob hodisaning asl ma’no-
mazmuni, ijtimoiy ahamiyatini tiklash ham o‘tkir zaruratga aylandi. 
Bunday keng qamrovli masalalar Prezidentimiz Islom Karimovning 
asarlarida ham nazariy, ham amaliy jihatdan har tomonlama chuqur 
asoslab berildi. Shu bois, istiqlol yillari biz uchun hayotning barcha 
sohalarida yangilanish va o‘zgarishlar bilan birga, tom ma’nodagi 
ma’naviy tiklanish va yuksalish davri bo‘ldi. 
Prezidentimiz Islom Karimov 1992-yildayoq, «Oldin odamlarga 
moddiy boylik berish, so‘ngra ma’naviyat to‘g‘risida o‘ylash kerak, 
deganlar haq bo‘lmasalar kerak. Ma’naviyat insonning, xalqning, 
jamiyatning, davlatning kuch - qudratidir.»
1
– deb ta’kidlagan edi. 
1
Каримов
И
.
А

Ўзбекистон

миллий
истиқлол

иқтисод

сиёсат
мафкура

Асарлар
тўплами
. 1-
жилд

Т
.: 
Ўзбекистон

1996. 81-
бет
.



Shu sababli ma’naviyatni rivojlantirish, xalqimizning buyuk 
bunyodkorlik ishlarida unga tayanish davlat siyosati darjasiga ko‘ta-
rildi. Ayniqsa, Prezidentimizning 1994-yil 23-aprelda Respublika-
mizda «Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazini tuzish 
to‘g‘risida», 1996-yil 9-sentabrda «Ma’naviyat va ma’rifat jamoat-
chilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini 
oshirish to‘g‘risida», 1999-yil 3-sentabrda «Respublika ma’naviyat va
ma’rifat kengashini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmonlari, 
shuningdek, 1998-yil 24-iyulda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining «Ma’naviy va ma’rifiy islohotlarni yanada chuqur-
lashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘ri-
sida»gi qarorining qabul qilinishi buning isbotidir. 
Ana shu farmon va qarorlarga asosan Respublika Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi 1997-yildan boshlab, barcha oliy o‘quv yurt-
larida «Ma’naviyat va ma’rifat asoslari» maxsus kursini o‘qitishni 
yo‘lga qo‘ydi. 
Prezidentimiz Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining XIV sessiyasidagi ma’ruzasida O’zbekistonning XXI asr 
arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatimiz rivojlanishining 
ustuvor yo‘nalishlarini belgilab, «ikkinchi ustuvor yo‘nalish – jamiyat 
ma’naviyatini yanada yuksaltirishdan iborat»ligini ta’kidlagan. 
E’tirof etish kerakki, mustaqilligimizni mustahkamlashda va 
milliy o‘zlikni anglashimizda ma’naviyat beqiyos ahamiyat kasb 
etmoqda. Chunki u xalqimizning, xususan, yoshlarimizning ruhan 
baquvvat, o‘z vatani va millati manfaatlarining fidoyilari bo‘lib yeti-
shishlarida hamda yot mafkuralarga qarshi tura olishlarida juda 
muhim omil hisoblanadi. Prezidentimiz «Milliy istiqolol g‘oyasi: 
asosiy tushuncha va tamoyillar» konsepsiyasiga yozgan so‘zboshida: 
«Oldimizga qo‘ygan oliyjanob maqsad – muddaolarimizga yetish, es-
ki mafkuraviy asoratlardan batamom xalos bo‘lish, g‘oyaviy bo‘shliq 
paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, begona va yot g‘oyalarning 
xurujidan himoyalanish, bunday tajovuzlarga qarshi tura oladigan, har 
tomonlama barkamol insonlarni voyaga yetkazish zarurati xalqimiz 
va jamiyatimiz manfaatlariga mos yangi mafkurani shakllantirishni 
taqozo etmoqda»
1
deganida ayni haqiqtni aytgan edi. 
Chindan ham ma’naviyat qanchalik yuksak bo‘lsa, inson qalbida 
1
Миллий
истиқлол
ғояси

асосий
тушунча
ва
тамойиллар

Т
.: 
Ўзбекистон
, 2000. 5-
бет
.



johillik, yovuzlik, xudbinlik, yalqovlik kabi salbiy illatlarga o‘rin qol-
maydi, uning o‘rnida yoshlarimiz ongida vatanparvarlik, yaratuv-
chanlik tuyg‘ulari yuksak darajaga ko‘tariladi, o‘zaro munosabatlarda 
samimiylik, birdamlik, mehr-oqibat, e’tiqod, iymon, mas’uliyat va 
boshqa bir qator ijobiy fazilatlar xalqimiz turmush tarzining ajralmas 
boyligi sifatida yanada mustahkam o‘rin olib boraveradi. 
Ana shu o‘ta muhim vazifalarni hal qilishimiz uchun mustaqillik 
ma’naviyatini shakllantirish va milliy istiqlol g‘oyasini chinakam 
moddiy kuchga aylantirish strategik ahamiyatga egadir. Bu o‘z nav-
batida biz qo‘lga kiritgan istiqlolning ma’no va mazmunini, milliy 
o‘zligimizni to‘la anglashimizga, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ula-
rimizni mustahkamlashimizga, Vatan va millat istiqboli uchun har 
birimiz mas’ul ekanligimizni teran tushunib yetishimizga da’vat etadi.
Mazkur o‘quv qo‘llanma Prezidentimiz Islom Karimovning 
«Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asariga asoslanganli. Ushbu 
fenomenal asarda ma’naviyatning shaxs kamoli, uning inson va 
jamiyat munosabatlaridagi beqiyos ahamiyati, ayniqsa, istiqlol 
yillarida ma’naviy buloqlarimiz ko‘zlarining ochilishi, ming-ming 
yillik ma’naviy obidalarimizning tiklanishi, sayqal berilib, asl 
holatiga keltirilishi orqali buyuk ajdodlarimiz jahon ilm-fani, 
ma’naviyati-yu madaniyati xazinasiga beqiyos hissa qo‘shganliklari 
ilmiy-amaliy jihatdan to‘la isbotlanishi yorqin bo‘yoqlarda g‘oyatda 
ta’sirchan, yoritib berilgankim, bularning hammasi yosh avlodni 
milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash, ota-onasi, 
millati, xalqi va vataniga sadoqat bilan xizmat qilish, ular bilan haqli 
ravishda faxrlanish, ozod va obod yurt bunyodkori ruhida tarbiya-
lashdek zamonaviy dolzarb masalalar har birimizning tafakkurimizda, 
qalbimiz va ongu shuurimizda qo‘ng‘iroq misol yangrab turganligi 
bilan benihoya qimmatlidir.
Shuningdek, «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asari 
O’zbekistonda insonparvar huquqiy demokratik davlat qurish, fuqa-
rolik jamiyatini barpo etishda xalqimizni, shu jumladan, yoshla-
rimizni ezgu va olijanob maqsadlar sari ilhomlantirishda muhim 
ahamiyatga ega ekanligi ham Yurtboshimiz tomonidan tarixiy man-
balar, aniq dalillar, hayotiy tajribalar-u, ibratli misollar asosida chuqur 
tahlil qilinib, ma’naviy taraqqiyotimizning strategik tamoyillari 
ko‘rsatib berilgankim, bularning bari ushbu o‘quv qo‘llanma 



mualliflari fikrlari parvoziga qanot sifatida xizmat qilganligi yaqqol 
aks etib turibdi. 
Shu nuqtayi nazardan, qo‘lingizdagi «Ma’naviyat asoslari» 
o‘quv qo‘llanmasi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari talaba hamda 
o‘quvchilari, shuningdek, olimlar, tadqiqotchilar, mutaxassislar uchun
mo‘ljallangan va u mustaqil fikrga ega bo‘lgan, o‘zida zamon ta-
lablari darajasidagi bilim va dunyoqarashni shakllantirgan, ma’naviy 
yetuk kadrlarni tayyorlash yo‘lida qo‘yilgan xayrli qadamlardan biri 
deb bilgaysiz. 
Mualliflar bildirilgan fikrlar, takliflar va istaklar uchun barcha- 
barchaga samimiy minnatdorchilik izhor etadilar

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish