20
qaysi biri ustuvorligi to‘g‘risida xilma-xil qarashlar va yondashuvlar
mavjud. Qadimgi yunon faylasuflaridan hozirgacha ba’zi faylasuflar
ruhiy olamni, ma’naviyatni birlamchi deb bilsalar, boshqalar esa
moddiylikni asosiy o‘ringa qo‘yadilar va shu asosda materializm va
idealizm kabi oqimlar ham shakllangan.
Aclida moddiy ehtiyojlarni
insonning ruhiy olamiga qarama-qarshi qo‘yish, ularning birini ustun
deb bilish, boshqasini e’tiborga olmaslik masalaga bir yoqlama
qarashning yaqqol ifodasidir. Bunday bir yoqlama yondashuv
hayot
talabiga javob bermaydi, albatta. Ma’naviy va moddiy hayot uyg‘un-
ligi qonuni esa bundan farq qiladi, u biz yashayotgan hayotni yagona
va yaxlit voqelik sifatida tushunish imkonini yaratadi.
Yuqoridagi asarda ma’naviyatning inson va jamiyat bilan uzviy
aloqadorligi qonuni ham asoslab berilgan. Ushbu qonun muayyan
millat, jamiyat va davlat har bir taraqqiyot bosqichida shu davrga xos
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy rivojlantirish tamoyillari singari o‘ziga
mos keladigan ma’naviy, ma’rifiy va axloqiy tartiblar hamda
tamoyillar tizimiga ham ega bo‘lishining
tarixiy zarurat ekanini
ifodalaydi. Haqiqatan ham inson va jamiyat hayotini ma’naviyatsiz
tasavvur etib bo‘lmagani kabi, ma’naviyatni ham inson va jamiyatdan
ajratib bo‘lmaydi. Jamiyatdagi o‘zgarishlar muqarrar ravishda
ma’naviyatga, ma’naviyatdagi o‘zgarishlar esa jamiyatga o‘z ta’sirini
o‘tkazishi shubhasiz. Insoniyat tarixi va taraqqiyotiga mazkur qonun
nuqtayi nazaridan qarash har bir davrning tuzilishiga muayyan
ma’naviy qadriyatlar tizimi mos kelishini va bu tizim ijtimoiy voqea-
hodisalar bilan bog‘liq tarzda namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi.
G‘oyaviy, axloqiy, madaniy, ma’rifiy va boshqa sohalarga aloqador
tushuncha va tamoyillar ham ushbu tizimda o‘ziga xos o‘rinni
egallaydi, ular orasidagi farq, tafovut va munosabatlar esa tizimdagi
umumiy o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘ladi.
Ma’naviy hayotning ijtimoiy taraqqiyotga bog‘liqligi
qonuni
hodisaning o‘tmishdan kelajakka tomon rivojlantirish jarayonidagi
tarixiylik va zamonaviylik, inkorni-inkor, vorislik va yangilanishning
uzluksizligi va davomiyligi bilan bog‘liq tamoyillarning mazmun-mo-
hiyatini ifodalaydi. Mazkur qonuniyat Prezident Islom Karimovning
«Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida quyidagicha asoslab
berilgan: «...ma’naviyat qotib qolgan aqidalar yig‘indisi emas,
aksincha, doimiy harakatdagi uzluksiz jarayon bo‘lib, taraqqiyot
davom etar ekan, uning shiddatli yurishi tufayli ma’naviy hayot
21
oldiga qo‘yiladigan talablar ham muttasil paydo bo‘laveradi».
1
Ushbu
qonuniyatga ko‘ra, taraqqiyot jarayonida bir bosqichdan boshqasiga
o‘tilganida iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda o‘zgarish bo‘lgani
singari, ma’naviyat sohasida ham yangilanish ro‘y beradi. Bunda
barcha ma’naviy mezonlar butunlay yo‘qolib ketmaydi, balki yangi
davrning ijtimoiy tuzilishiga va zamon talablariga mos keladigan,
eskisidan farq qiladigan yangi ma’naviyat
tizimi shakllanishi
zaruratga aylanadi. Bunday holatlarning uzluksiz takrorlanishi esa
ma’naviyatning ijtimoiy voqelik va taraqqiyot bilan bog‘liqligini
ifodalaydigan quyidagi muhim xulosaga kelish imkonini beradi:
muayyan ijtimoiy vokelikka (ya’ni insoniyat taraqqiyotining biron-bir
davriga, jamiyatning rivojlanish bosqichiga yoki davlat shakliga)
muayyan ma’naviy tushuncha va tamoyillar tizimi mos kelganidek,
o‘zgargan ijtimoiy voqelikka ham o‘zgacha ma’naviyat tizimi mos
keladi. Ijtimoiy voqelik yoki ma’naviy hayotdagi o‘zgarishlar bir-
biridan qisman ilgarilab ketishi yoki orqada qolishi ham mumkin,
ammo bu mazkur qoidaning butunlay buzilishi degani emas. Ana shu
qoida ma’naviy hayotning ijtimoiy taraqqiyot bilan bog‘liqlik
qonunining asosiy mazmun-mohiyatini ifodalaydi. Shuningdek,
ma’naviy hayotning g‘oya, mafkura, axloq, madaniyat, ma’rifat bilan
bog‘liq qonun va tamoyillari ham bor. Ular yuqorida ko‘rsatilgan
qonunlar bilan birga ma’naviyatga xos qonun-qoidalar tizimini tashkil
qiladi hamda shu
sohadagi narsa va hodisalar, voqea va jarayonlar
orqali namoyon bo‘ladi. Mazkur tizimni hozirgi zamondagi o‘zga-
rishlar bilan bog‘lab o‘rganish nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan
ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ayniqsa, hozirgi davrda jahonda,
shuningdek, O‘zbekistonda ham ro‘y berayotgan o‘zgarishlarning
ma’naviyat sohasidagi xususiyatlarini bilib olish, ilmiy dalillarni
tajribada qo‘llash, mazkur yo‘nalishdagi vazifalarni aniqlash, zarur
chora-tadbirlarni belgilash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: