Bugungi kunda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash
jahon hamjamiyati uchun eng dolzarb masalaga aylandi. Shu
jumladan, bizning yurtimizda ham bu kabi ishlarni amalga
oshirmoqchi bo‘lganlarga qarshi qat’iy kurash olib borilmoqda. Bu
kurashning mohiyati, jumladan, hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda
dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya
manzarasida chuqur o‘zgarishlar ro‘y berayotgan, turli mafkuralar
tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki,
fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat
bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb
etmoqda.
Xo‘sh, jaholatning o‘zi nima? U qanday ko‘rinishlarda namoyon
bo‘lmoqda? Jaholat - arabcha «jahila» fe’lining o‘zagi bo‘lib, bilmas-
lik ma’nosini anglatadi. Islom dinidan oldingi davrni «johiliyat davri»
deb atalishining sababi ham shunda. Kishilar bilimsizligi, johilligi
tufayli qiz bolalarni tiriklay ko‘mganlar, ayollarni odam o‘rnida
183
ko‘rmaganlar, ularning hech qanday haq-huquqlari bo‘lmagan. Islom
dini kelgach, jaholat o‘rnini ma’rifat egalladi. U ayol-qizlar sha’nini
ko‘tardi, uch qiz tarbiyalab, ularni turmushga bergan ona jannatiy
bo‘lishi, jannat onalar oyog‘i ostida ekanini baralla aytdi. Kishilar
ma’rifatli bo‘la boshladilar.
Afsuski, bugungi kunda ham jaholat turli ko‘rinishlarda o‘zligini
namoyon qilmoqda. Shulardan biri, diniy bilimsizlikdir. Diniy savodi
past bo‘lgan kishilar o‘zlarini islom dinining jonkuyarlari qilib
ko‘rsatuvchi, aslida esa, hokimiyatni egallashni maqsad qilib qo‘ygan
turli oqim vakillarining quruq va’dalariga aldanib qolmoqdalar, hatto,
o‘zlarini qurbon qilishgacha yetib bormoqdalar. Bunday mudhish
oqibatlarni keltirib chiqaruvchi bilimsizlikning oldini olishga
davlatimiz katta e’tibor qaratayotganini ta’kidlash zarur. Haqiqiy
diniy bilim olaman deganlarga keng imkoniyatlar yaratilgani - o‘rta
maxsus islom bilim yurtlari, Toshkent islom istituti va Toshkent islom
universiteti kabi o‘quv yurtlari faoliyat ko‘rsatayotgani ham jaholatga
qarshi ma’rifat bilan kurashish borasida aniq amaliy ishlar
qilinayotganining yorqin ifodasidir.
Johillik ham mutaassib oqimlarning g‘arazli niyatlarini amalga
oshirishiga zamin yaratadigan omillardandir. Respublikamiz hududiga
yashirin tarzda olib kirilayotgan ekstremistik ruhdagi adabiyotlar,
tarqatilayotgan varaqalardan ta’sirlanayotgan va to‘g‘ri yo‘ldan ada-
shayotganlarning borligi ham buni tasdiqlaydi.
Yuqorida qayd etilgan holatlar ham jaholat og‘ir oqibatlarni
keltirib chiqarishini ko‘rsatadi. Shunday ekan, odamlar ongi va qal-
bida ma’rifatning mutlaq ustuvor bo‘lishiga erishish, kishilar tafak-
kurini boyitish, ularda sog‘lom va sobit e’tiqodni shakllantirish uchun
kurash, bu yo‘ldagi nazariy va amaliy ishlarning hozirjavobligini
ta’minlash, ta’sirchanligini oshirish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib
qolaveradi. Zero, Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, odamning o‘z
mustaqil fikriga, sobit e’tiqodiga, o‘zi tayanib yashaydigan hayotiy-
milliy qadriyatlar, shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga
ega bo‘lishi har turli mafkuralarning bosimi, ularning goh oshkora,
goh pinhona ko‘rinishdagi tazyiqlariga bardosh berishining asosiy
sharti hisoblanadi.
Yaqin o‘tmishda namoz o‘qish, diniy marosimlarni o‘tash
taqiqlangan edi. Masjidlar, aziz-avliyolarning ziyoratgohlariga qulf
urilgan, odamlarning uylaridagi Qur’on, Hadis, turli diniy adabiyotlar
184
terib olinib, yoqib yuborilgan edi. Mana buni «johiliya», nodonlik
desa bo‘ladi. Qanchadan-qancha odamlarimiz hozirgi emin-erkin
kunlarni qumsab, ammo ko‘rolmay, armon bilan o‘tib ketdilar. Shu
bois biz mustaqillik keltirgan ne’matlar uchun har qancha
shukronalar aytsak arziydi. Mustaqillik tufayli islomiy qadriyatlar
tiklandi, iymon e’tiqodimiz o‘zimizga qaytdi. Bu savobli, ezgu
ishlarni amalga oshirishga Prezidentimiz bosh bo‘ldi. Prezidentimiz
ma’naviyat va ma’rifatga oid ma’ruza va asarlarida islom dinining
ma’naviy-axloqiy, ma’rifiy tarbiyadagi yuksak roli, o‘rni, ahamiya-
tini muntazam uqtirib kelmoqdalar.
Xususan, bu masalalarga Prezidentimizning «Istiqlol va
ma’naviyat» to‘plami, «O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy
istiqbolining asosiy tamoyillari», «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish yo‘lida», «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida:
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari»,
«Olloh qalbimizda, yuragimizda», «Ozod va obod Vatan, erkin va
farovon hayot pirovard maqsadimiz» kabi asar va risolalaridan javob
topishimiz mumkin.
Islom Karimov «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga bergan
javobida «Milliy qadriyatlarimizning shuncha zamonlar osha bezavol
yashab kelishiga sabab – avvalo, muqaddas dinimiz hisobidan»,
1
-
degan edi. Bu holat xalqimizga, xususan yoshlarimizga milliy g‘oyani
singdirishga islomi olamidan oqilona foydalanishni taqozo etadi.
Ana shularni hisobga olgan holda mustaqil mamlakatimizda
islom dinining boy ma’naviy va madaniy qadriyat sifatidagi katta im-
koniyatlaridan foydalanish maqsadida ulkan ishlar amalga oshiril-
moqda. Avvalo, aziz-avliyolar yotgan maqbaralar, masjidlar ta’mir-
landi, yangilari barpo etildi. Ramazon va Qurbon hayitlari dam olish
kuni deb e’lon qilindi. Har yili minglab fuqarolarimizning haj va um-
ra ziyoratiga borib kelishlari uchun imkoniyat va sharoit yaratib
berildi.
Insonning ko‘plab xususiyatlari tug‘ma bo‘lsa, mafkuraviy
immunitetni shakllantirib borish ijtimoiy-siyosiy hayotiy ehtiyoj
sanaladi. Chunki kuchli mafkuraviy immunitetga ega shaxs har
qanday oshkora yoki pinhona ko‘rinishdagi mafkuraviy tazyiqlarga
bardosh bera oladi. Yoshlarimiz doimo va har on ogoh va yana ogoh,
1
Каримов
И
.
А
.
Озод
ва
обод
Ватан
,
эркин
ва
фаравон
ҳаёт
–
пировард
мақсадимиз
.
Асарлар
8-
жилд
.
Т
.:
Ўзбекистон
2000. 503-
бет
.
185
sergak bo‘lishlari zamon talabi. Buning uchun yoshlarimiz ongiga
mustaqillik g‘oyasini chuqur singdirishimiz lozim. Toki ular milliy
ildizlari baqquvvat, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon taraqqiyoti
bilan baravar qadam tashlaydigan insonlar bo‘lib etishsin. Ana shunda
johil aqidaparastlarning «da’vati ham, axloqni rad etadigan, biz uchun
mutlaqo begona g‘oyalar ham ularga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydi.
Prezidentimizning «Turkiston-press» axborot agentligi muxbiri-
ning savollariga javoblarida ta’kidlaganlaridek, «O‘sha mudhish
voqealar munosabati bilan Oliy Majlisda bo‘lib o‘tgan hukumat
yig‘ilishida men yoshlarimizni hech kimning qo‘liga berib qo‘ymay-
miz, degan qat’iy fikrni bildirgan edim. Shu fikrni rivojlantirib
aytamanki, men O‘zbekiston rahbari sifatida qandaydir yovuz kuchlar
muqaddas islom dinimizni, ota-bobolarimiz e’tiqodini, musulmon
fuqarolarimizni tahqirlashiga, jamiyatimiz hayotiga xavf tug‘dirishiga
hech qachon yo‘l qo‘ymayman»
1
.
Prezidentimiz aytganlaridek har birimiz hamisha, har soniyada
ogoh bo‘lishimiz lozim. Bu mustaqil yurt fuqarolarining muqaddas
burchi bo‘lmog‘i lozim. «...muqaddas dinimiz sha’niga dog‘ tushir-
moqchi bo‘lgan, undan g‘arazli siyosiy maqsadlarda foydalanishni
istaydigan kimsalar va kuchlar bilan hech qachon murosa qilolmay-
miz».
2
Har bir fuqaro shuni anglab yetishi kerakki, O‘zbekistonning
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida o‘ziga xos va mos yo‘li bo‘lgani kabi
madaniy-ma’naviy rivojlanishida ham o‘z yo‘li bor. Bu o‘ziga
xoslikni dinga, diniy qadriyatlarga munosabatlarimizda, ulardan
ma’naviy tarbiyada foydalanishimizda ham ko‘rishimiz mumkin.
Bu yo‘l Prezidentimiz asarlarida bayon qilib berilgan. Uning
mohiyati, mo‘tadil dindorlik, islom ma’rifatini rivojlantirish, ichki
botiniy olamni poklab, Allohni dilda saqlab, aqlu tafakkur, ilmu urfon
bilan kamolot sari borish, o‘z merosiy qadriyatlarimiz va dunyoviy
ilmni egallab, zamon bilan hamohang olg‘a borish. Mustaqillik
bergan hidoyat yo‘lini turli yot unsurlardan asrash, ularga berilmaslik,
ularning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Taraqqiyot yakdillik,
fidoiylik va umummilliy g‘oyalarimizning moddiy kuchga aylanishi-
dadir.
1
Каримов
И
.
А
.
Биз
келажагимизни
ўз
қўлимиз
билан
қурамиз
.
Асарлар
тўплами
. 7-
жилд
.
Т
.:
Ўзбекистон
1999. 353-354
бетлар
.
2
Каримов
И
.
А
.
Озод
ва
абод
Ватан
,
эркин
ва
фаровон
ҳаёт
-
пировард
мақсадимиз
.
Асарлар
тўплами
8-
жилд
.
Т
.:
Ўзбекистон
2000. 342-
бет
.
186
Do'stlaringiz bilan baham: |