Manaviyat asoslari Lotin pv doc



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

Mahmudxo‘ja Behbudiy
– ma’rifatparvar, Turkiston jadidchi-
lik harakatining rahnamosi. U yangi zamon o‘zbek madaniyatining 
asoschisi: yangi maktab g‘oyasining nazariyotchisi va amalyotchisi, 
o‘zbek dramachiligini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrchi, 
noshir, jurnalist.


219
Yoshligidan ilm-fanga qiziqdi, hisob, huquq, din sohasini, shu-
ningdek, arab, fors, rus tillaridan chuqur saboq oldi. U Makkaga
Madinaga bordi, haj ziyoratini ado etib, Misr va Turkiya shaharlarida 
bo‘ldi. Peterburg, Minsk, Qozon, Ufa, Orenburg va Nijniy Novgorod 
kabi Rossiya shaharlarida yangi davr madaniyati bilan tanishdi. 
Yosh Behbudiy dunyoqarashining shakllanishida Rossiya jadid-
chilik harakatining asoschisi Ismoilbek Gaspirinskiyning ta’siri katta 
bo‘lgan. 
Mahmudxo‘ja Behbudiy bolalarga diniy va dunyoviy ilm berish 
bilan birga, millat farzandlarini zamonaviy ilm olish uchun taraqqiy 
topgan mamlakatlardagi o‘quv yurtlariga yuborish kerak, degan 
masalani o‘rtaga tashladi. U quyidagi uch qoidani olg‘a suradi: 
1.
Zamon talablaridan kelib chiqib, ish ko‘rish. 
2.
Millat taqdiri va istiqbolini belgilovchi milliy kadrlarni 
etishtirish. 
3.
Milliy biqiqlikdan chiqib, dunyo miqyosida fikrlay oladigan, 
chet ellar bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy munosabatlarda 
jahon andozalari darajasida ish yuritadigan millatga aylanish. 
Uning tashabbusi bilan yangi usul maktablari ochildi. Adib bu 
maktablar uchun 1904-1909-yillarda «Risolai asbobi savod», «Risolai 
jug‘rofiyai umroniy», «Risolai jug‘rofiyai Rusiy», «Kitobat ul atfol», 
«Amaliyoti islom», «Muxtasar tarixi islom» kabi darslik va o‘quv 
qo‘llanmalar yozadi. 
Mahmudxo‘ja Behbudiy ma’rifatni o‘stirish uchun maktabning 
maorif sohasidagina xizmat qilib qolmasdan, dramaturgiya va
matbuotni ham yo‘lga qo‘yadi. Uning «Padarkush» (1913) asari 
o‘zbek dramasining ilk namunasidir. Muallifning «Milliy fojiya» 
deb atalgan 3 parda, 4 manzarali bu dramasi hajman ixcham, tili 
ravon va nihoyatda sodda edi. Bu asar o‘qimagan bolaning buzuq 
yo‘llarga kirib, o‘z otasini o‘ldirgani, nodonlik va jaholat pand 
berganligi haqida hikoya qiladi. «Padarkush» dastlab Samarqandda 
1914-yili 15-yanvarda sahnaga qo‘yiladi. Avloniyning «Turon» teatr 
truppasi tomonidan Toshkentda 1914-yiln 27-fevralida namoyish 
qilinadi. Boy rolini Abdulla Avloniy ijro etadi. O‘z maishatiga 
o‘ralib, dunyoni unutgan millatdoshlarga spektakl kuchli ta’sir 
ko‘rsatadi.


220
Xalqning dunyoqarashi, milliy ongni yuksaltirishda matbuotning 
o‘rni juda muhimligini bilgan Mahmudxo‘ja Behbudiy 1913-yildan
matbuot ishlari bilan shug‘ullana boshlaydi. 
U «Samarqand» gazetasi va «Oyna» jurnalini nashr etishda 
bosh-qosh bo‘ldi. «Nashriyoti Behbudiya» nomi bilan o‘z xususiy 
nashriyotini ochdi. 
1914-yilning 29-mayidan boshlab Mahmudxo‘ja Behbudiy 
ikkinchi bor arab mamlakatlari bo‘ylab sayohat qiladi. Sayohat 
xotiralari har jihatdan g‘oyat to‘kis bo‘lib, «Oyna» jurnalining 1914-
yil sonlarida chop etiladi. «Oyna» jurnali ma’rifat va madaniyat 
tarqatishda juda katta xizmat qildi. Unda millat va uning haq-
huquqlari, tarixiga, til, adabiyot masalalariga, dunyo ahvoliga doir 
qiziqarli maqolalar, bahslar berib borildi. Ayniqsa, til masalasi 
muallifning hamisha diqqat markazida turgan. Mahmudxo‘ja Behbu-
diy millat taraqqiyoti uchun bir necha tilni bilish shart deb, 
hisoblaydi. Uning publitsist sifatidagi faoliyati adib iste’dodini juda 
yorqin bir qirrasini tashkil etadi. O‘zining millat va vatan, jamiyat va 
axloq haqidagi fikrlarini yuzlab maqola va chiqishlarida teran ifoda 
etdi. Ijtimoiy-siyosiy mavzudagi bu maqolalarning aksariyati o‘zbek 
xalqining yangi yo‘nalishdagi milliy tafakkuri shakllanishida, 
hayotga, turmushga yangicha qarashlari tug‘ilishida, haq-huquqlarini 
tanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. «Turkiston idorasi», «Turkis-
tonda maktab jarida», «Buxoroda usuli jadid», «Yoshlarga murojaat», 
«Ehtiyoji millat», «Ikki emas, to‘rt til kerak» kabi publitsistik 
maqolalari ana shunday xususiyatlarga ega.
Mahmudxo‘ja Behbudiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida ma’-
rifatparvarlik g‘oyalari asosiy o‘rin tutadi. Mahmudxo‘ja Behbudiy 
ilmu ma’rifat xalq ommasi tomonidan o‘zlashtirib olingandagina 
ijtimoiy taraqqiyotda hal qiluvchi kuchga aylanadi, deb fikr yuritadi.
Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Ayni vaqtda bugungi murak-
kab va shiddatli zamonda jahonda o‘z o‘rnini topishga intiladigan
har qanday xalq va millat umumbashariy taraqqiyot yutuqlarini har 
tomonlama chuqur va puxta egallashi shartligini barchamiz yaxshi 
tushunamiz. Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy 
o‘tgan asrning boshidayoq «Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va 
ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga 
poymol bo‘lur», degan haqqoniy fikrlar bilan Turkiston ahlining ongu 


221
shuurini uyg‘otishga da’vat etgani bejiz emas, albatta. Bu so‘zlarning 
qanchalik haqiqat ekanini bugungi yuksak tafakkur va texnologiyalar 
zamoni ham isbotlamoqda».
1

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish