O`zbekiston respublikasi oliy va or`ta maxsus ta`lim vazirligi



Download 2,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/435
Sana01.02.2022
Hajmi2,68 Mb.
#422699
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   435
Bog'liq
umumiy psixologiya fanidan lekciya teksti

 
markaziy 
mexanizmlari bir xil nerv markazlarining qo‘zg‘alishi, boshqalarining 
tormozlanishi bilan bog‘liq. Nerv qo‘zg‘alishining kuchi bilan bog‘liq bo‘lgan tashqi ta’sirlarni ajratish 
aynan shu darajada sodir bo‘ladi. Kuchli qo‘zg‘alish u bilan bir vaqtda sodir bo‘lgan kuchsiz 
qo‘zg‘alishni siqib chiqaradi va psixik faoliyatning muvofiq yo‘nalishda kechishini belgilaydi. Lekin bir 
vaqtning o‘zida ta’sir ko‘rsatib, bir-birini kuchaytiruvchi bir yoki ikki seskantiruvchilarning qo‘shilish 
ehtimoli ham mavjud.[2] 
Diqqatning fiziologik asoslari haqida gap yuritilganida, yana ikki muhim hodisa: nerv 
jarayonlarining irradiatsiyasi va dominantlik haqida aytib o‘tish joiz. CH. SHerrington tomonidan 
belgilangan va akademik I.P. Pavlov tomonidan keng qo‘llanilgan nerv jarayonlarining induksiyasi 
qonuniga binoan, bosh miya po‘stlog‘ining biror sohasida yuzaga keladigan qo‘zg‘alish boshqa 
sohalarining tormozlanishiga sabab bo‘ladi (baravar induksiya) yoki miya ushbu sohasining tormozlanishi 
bilan almashinadi (ketma-ket induksiya). Irradiatsiya hodisasi sodir bo‘ladigan bosh miya po‘stlog‘i 
sohasida qo‘zg‘alish uchun qulay sharoitlar yaratilgani uchun darajalar oson ishlab chiqariladi, yangi 
shartli aloqalar samarali tarzda o‘rnatiladi. Bu fiziologik jarayonlar diqqatni ta’minlaydi.
1
1
Г.Югай. Н.Мираширова “Умумий психология” Тошкент 134 б. 


39 
A.A. Uxtomskiy tomonidan oldinga surilgan dominantlik tamoyiliga ko‘ra, miyada doimo ma’lum 
vaqt ichida nerv markazlari faoliyatini belgilab beruvchi va shu bilan inson hulq-atvoriga ma’lum 
yo‘nalganlik bag‘ishlovchi qo‘zg‘alishning vaqtincha hukmron o‘chog‘i mavjud bo‘ladi. Dominantlik 
xususiyatlariga asoslangan holda nerv tizimiga keluvchi impulslar to‘planadi va jamlanadi, shu vaqtning 
o‘zida boshqa markazlar faolligi susayadi, buning hisobiga qo‘zg‘alish kuchaytiriladi. Bu xossalarga 
binoan, dominantlik qo‘zg‘alishning barqaror o‘chog‘i hisoblanadi, bu esa o‘z navbatida diqqat 
jadalligini mustahkamlovchi nerv mexanizmini tushuntirishga imkon yaratadi.[1] 
SHunday bo‘lsada, na nerv jarayonlari induksiyasi qonuni, na dominantlik ta’limoti diqqatning, 
ayniqsa, ixtiyoriy diqqatning mexanizmlarini to‘laligicha ochib bera olmaydi. SHuning uchun, hozirgi 
zamon fanining taraqqiyoti diqqatning fizilogik mexanizmlarini tushuntirib berishga urinayotgan qator 
konsepsiyalarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Hozirgi zamon tadqiqotchilari neyrofiziologik jarayonlarga 
ko‘proq e’tibor ajratadilar. Sog‘lom odamlarda diqqatning zo‘riqishi sharoitlarida miyaning istalgan 
sohasida biolektrik faollikning o‘zgarishlari yuzaga kelishi aniqlandi. Bu faollikni peshona sohasida 
joylashgan neyronlarning alohida turi faoliyati bilan bog‘laydilar. Neyronlarning birinchi turi – «yangilik 
detektorlari» yangi rag‘batlar ta’sirida faollashadilar va ularga o‘rganib qolish darajasiga ko‘ra faollikni 
kamaytiradilar. Ulardan farqli ravishda «kutish» neyronlari organizm dolzarb ehtiyojni qondirish 
qobiliyatiga ega bo‘lgan ob’ekt bilan uchrashganidagina qo‘zg‘aladilar. 
Shunday qilib, diqqat bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan miya tuzilmalarining yaxlit tizimi faolligi 
bilan ta’minlanadi. Diqqat fiziologik mexanizmlarining o‘ta murakkab tuzilishi va uning tabiatiga 
nisbatan qarama-qarshi nuqtai nazarlar diqqatning bir qator psixologik nazariyalarining paydo bo‘lishiga 
olib keldi. 
Diqqatning nazariyalari orasida T. Ribo nazariyasi keng ommalashgan nazariya hisoblanadi, uning 
fikricha, diqqat har doim hissiyotlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular yordamida yuzaga keladi. Uning fikriga 
ko‘ra, ixtiyoriy diqqatning jadalligi va davomiyligi diqqat ob’ekti assotsiatsiyalangan emotsional 
holatning jadalligi va davomiyligi bilan ta’minlaganligi sababli, T. Ribo hissiyotlar va ixtiyoriy diqqat 
o‘rtasidagi alohida uzviy bog‘liqlikni ko‘ra oldi.[2] 
Bundan tashqari, T. Ribo diqqat doimo organizmning jismoniy va fiziologik holatlarining 
o‘zgarishlari bilan birgalikda kechishini uqtiradi. Bunda diqqat tabiatini tushuntirishda Ribo harakatlarga 
alohida o‘rin ajratadi. Uning fikricha, diqqatning jamlanganlik holati organik reaksiyalar bilan birga 
diqqatni ma’lum darajada tutib turishning zaruriy sharti sifatida namoyon bo‘ladigan tana, yuz, gavda, 
oyoq-qo‘llar qismlarining harakatlari bilan birgalikda kechadi. Biror-bir ob’ektda diqqatni jamlash va 
ushlab qolishga ketkaziladigan urinish har doim fiziologik asosga ega bo‘ladi. Bu holatga, Riboning fikri 
bo‘yicha, mushak zo‘riqishi mos keladi, diqqatning chalg‘ishi esa, mushak charchog‘i bilan bog‘liq 
bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, ixtiyoriy diqqat siri, Ribo nuqtai nazariga ko‘ra, harakatlarni boshqarish 
qobiliyatidan iborat. SHuning uchun ushbu nazariya 

Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish