O`zbekiston respublikasi oliy va or`ta maxsus ta`lim vazirligi



Download 2,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/435
Sana01.02.2022
Hajmi2,68 Mb.
#422699
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   435
Bog'liq
umumiy psixologiya fanidan lekciya teksti




O`ZBEKiSTON RESPUBLİKASI OLIY VA OR`TA MAXSUS 
TA`LIM VAZIRLIGI 
A`JINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT
PEDAGOGIK INSTITUTI 
Boshlang`ish ta`lim fakulteti 
Umumiy pedagogika va psixologiya kafedrası 
UMUMIY PSIXOLOGIYA
fanidan 
Barcha b
akalavriat 
ta`lim 
yonalish
lari ushun muljallangan 
LEKTSIYA TEKSTI
 
 
 
 
Fan o`qituvshisi: 
M.Matkarimova -
«Umumiy pedagogika va psixologiya» 
kafedrasining assistent o`qituvshisi 

Nukus -2021 



1.1. Psixologiya fanining predmeti 
va vazifalari 
 
I MAVZU: PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI VA RIVOJLANISH TARIXI. 
PSIXOLOGIYASINING TADQIQOT METODLARI VA TARMOQLARI 
REJA: 
1.1. Psixologiya fanining predmeti va vazifalari. 
1.2. Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining asosiy bosqichlari. 
1.3. Psixologiyaning tuzilishi, psixologiya soxalariga psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni. 
1.4. Psixologiya fanining taraqqiyot tarixi va rivojlanish bosqichi. 
1.5.Psixologiya fanining yirik ilmiy yo‘nalishlari va maktablari
1.6.O‘zbekistonda psixologiya fanining rivojlanish tarixi. 
1.7. Psixologiya sohasida ilmiy tekshirish olib borishning o‘ziga xosligi. 
1.8. Psixologiyaning asosiy tamoyillari 
1.9 Psixologiyaning tadqiqot metodlari 
Psixologiya oliy o‘quv yurtlarda o‘quv predmeti va 
fan sifatida o‘rganiladi. O‘quv predmeti sifatida ta’lim 
muassasi o‘quv rejasiga kiritilgan bo‘lib, talabalarning 
umumkasbiy tayyorgarligiga yo‘naltirilgan o‘quv fanlari 
tizimidan joy olgan, uni o‘rganish uchun ma’lum o‘quv 
soatlari ajratilgan va turli shakldagi mashg‘ulotlar: ma’ruza, seminar va laboratoriya-amaliy, shuningdek, 
nazorat ishlari va imtihonlar ko‘zda tutilgan. 
Psixologiyani fan sifatida o‘rganish bilan uning qanday fan ekanligi, xususiyatlari va nimalarni 
o‘rganishi haqida bilimlarga erishiladi. Psixologik bilim va malakalarni o‘zlashtirish talabalarga atrofdagi 
odamlarni ular bilan muloqot amaliyotida, munosabatlarda, o‘zaro hamkorlik faoliyatida bilish uchun; 
ularning fikri, maqsadi, kechinmalari, qiziqish va qobiliyatlari, ehtiyoj va motivlari va h.k.larini bilish va 
qo‘llash uchun zarurdir. Psixologik bilim va malakalar talabalarning kelajakdagi kasbiy faoliyati, oilaviy 
hayoti, bolalar tarbiyasi va boshqalarda asqotadi. Va, nihoyat, eng muhimi, psixologik bilimlar 
talabalarga o‘zlarini anglashda, o‘z ustilarida ishlashda va qiziqish, ijodiy imkoniyatlarini 
dolzarblashtirishlarida, barkamol shaxs bo‘lib shakllanishlarida ahamiyat kasb etadi. 
Psixologiya fani o‘ziga xos fan bo‘lgani uchun oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rganadigan ilmiy 
fanlar tizimida alohida o‘rin egallaydi. Psixologiyaning fan sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlari 
quyidagilardan iborat: birinchidan, bu fan hozircha inson uchun noma’lum bo‘lgan, eng murakkab – 
psixika, insonning ichki olami haqidagi fandir, ikkinchidan, bu fanda bilishning ob’ekti va sub’ekti 
tutashib ketgan. Bu holat va fikrni shunday ifodalash mumkin: avval inson o‘z fikrlarini tashqi dunyoga 
yo‘naltirib, so‘ngra o‘ziga murojaat qiladi. Bunda fikr o‘ziga qarata burilish yasagani uchun 
psixologiyaning vazifalari boshqa fan vazifalari bilan taqqoslab bo‘lmaydigan darajada murakkabdir. Va, 
uchinchidan, psixologiyaning o‘ziga xosligi uning noyob amaliy oqibatlarga ega bo‘lishidir. Axir biror 
narsani anglash – uni egallab, boshqarishni o‘rganishdan iborat. Insonning o‘zida kechayotgan psixik 
jarayonlar, ularning vazifalari, qobiliyatlarini boshqarishni o‘rganish, misol uchun, koinotni zabt etishdan 
ko‘ra o‘ta murakkab va muhim vazifa bo‘lib hisoblanadi. Bunda inson o‘zini anglab borgani sayin o‘zini 
va atrofidagilarni o‘zgartirib borishini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. SHuning uchun, psixologiya – 
insonni faqatgina anglovchi emas, balki uni yaratuvchi fan.
1
[4] 
Biz har qanday fanni ikki katta asosiy guruhlarga bo’lishimiz mumkin: Positiv Fanlar va Normativ 
Fanlar. Fizik va hayotiy fanlar positiv fanlar deb atalishiga qaramasdan, logika, falsafa va etika kabi 
fanlar tabiy fanlar kategoriyasiga kiradi.
Normativ fanlarni positive fanlar bilan taqqoslasak, positive fanlar faktlarni o’rganadi, “nima?”ligini 
tasvirlaydi va “nima bo’lishi kerak” degan savollarga javob beradi. 
Psixologiya hech qanday shubhasiz Positive fanlar guruhiga kirib ketadi.
2
1
S.K.Mangal: “General Psychology” 2013y.5 p 
2
S.K.Mangal: “General Psychology” 2013y.5 p 




Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish