ob’ektiv olamning
sub’ektiv tasviri.
Psixika individning hulq-atvori va faoliyatida shakllanadi, rivojlanadi va namoyon
bo‘ladi. SHunday ekan, psixikani ob’ektiv voqelikning insonning tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirini
tartibga keltiruvchi ideal obrazlarda sub’ektiv aks etishi, deb ta’riflash mumkin mojno. Psixikaning
mazmuni o‘zida
psixik obrazlar
nigina (his-tuyg‘uli va maqsadga muvofiq) emas, balki,
obrazdan
tashqari tarkibiy qismlar
ni – shaxsning umumqadriyatlarni nazarda tutib ish ko‘rishini, hodisalarning
mazmun, mohiyatini, shuningdek, aqliy faoliyatni ham jamlaydi.
L.M. Vekkerning fikriga asosan, psixikaning empirik belgilari sifatida quyidagilar namoyon
bo‘ladi:
predmetlilik
– obraz tashuvchining emas, balki, psixik obrazning yakuniy xususiyatlarini ob’ekt
xossalarining atamalarida ifodalash;
sub’ektlilik
– psixik obraz yoki ko‘rinishda organning rivoji
ko‘rsatilmagan taqdirda
; tuyg‘ularga erishib bo‘lmaslik
– obrazni emas, ob’ektning o‘zini ko‘ramiz; jonli
mavjudotlar (hayvonlar)ning tirik organizmlarning xususiy shakli sifatidagi
ichki sabab natijasida
vujudga keladigan faolligi
.
Shunday qilib, ilmiy tilda
psixikani
miyaning tashqi, shuningdek, ichki olamni aks ettirish va shu
asosda harakatni, hulq-atvorni tartibga solish qobiliyati
sifatida ta’riflash mumkin. M.I. Enikeevning
ta’rifiga ko‘ra, inson psixikasi – bu umuminsoniy tajribani o‘zlashtirish asosida uning atrof-olam bilan
faol o‘zaro ta’sirini ta’minlovchi aks ettirib-tartibga soluvchi faoliyati.
Psixikaning paydo bo‘lishini sxema tarzida quyidagicha tasavvur qilish mumkin:
fizik
,
moddiy,
voqelik jismoniy jarayonlar
psixikada aks etishi
(birlamchi va ikkilamchi obrazlar).
SHu asosda, hodisalar mustaqil fan hisoblanmish psixologiyaning predmeti bo‘lib xizmat qiladilar.
Psixik hodisalar
sifatida tuyg‘ular, fikrlar, istaklar, hislar, kechinmalarni o‘z ichiga olgan insonning ichki,
sub’ektiv tajribasi qabul qilinadi.
Bunday tajribaning asosiy xossasi bo‘lib bevosita sub’ektga taqdim
etilganlik hisoblanadi
bu esa:
psixik jarayonlarning faqat o‘zimizda sodir bo‘libgina qolmasdan, balki,
bevosita bizga ayon bo‘lishini
anglatadi: biz faqat ko‘rib, his etib, fikrlab, xotirlab, istab qolmasdan,
ko‘rishimiz, his etishimiz, fikrlashimiz va shu kabilarni bilamiz; intilib, ikkilanib yoki qaror qabul qilib
qolmasdan, shu intilishlar, ikkilanishlar, qarorlar haqida bilamiz ham.
Psixologiya yaxlit va mustaqil fan
sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning
shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga
aloqadorligi
uning
shu
yo‘nalishdagi
muammolarni ma’lum ma’noda o‘rganadigan
barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqazo
etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar
fan sohalari bo‘lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o‘ziga xos va etakchidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |