www.ziyouz.com kutubxonasi
93
Hamida bonu orqaga — Akbarning oldiga qaytishni qanchalik istamasin, endi Humoyun
o‘zining inilari bilan yarasholmasligini sezib turardi. U bolasini sog‘inib, yig‘lab-siqtab
bo‘lsa ham eri bilan birga shimolga — Xurosonga qarab ketib borardi. Yosh ona har kuni
Akbarni emizadigan mahalda siynasiga sut to‘planib, chidab bo‘lmas darajada og‘riy
boshlardi. Shunda Hamida Oysha bibi bilan xoli joyga chiqib, sutini qorga sog‘ib
tashlardi. Oppoq qorda sut ko‘zga tashlanmasa ham uning issiq tapti sovuq qorda hovur
chiqarardi. Jigarbandining nasibasi hayf ketayotganidan yuragi qon bo‘lgan Hamida
bonu:
— Bizni shu ko‘yga solganlani ona sutining uvoli ko‘r qilsin! — deb pichirlardi.
___________
* Sh o m i l i s t o n — beluj va afg‘on qabilalari yashaydigan o‘lka.
* Besh t o sh — sakkiz chaqirim.
Do'stlaringiz bilan baham: |