Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
100
____________ 
* U l u f a — ish haqi, maosh.
* * * 
Musofirlikda ham o‘z yurtdoshlarining tirnog‘i tagidan kir kavlaydigan odamlar 
Humoyunning shoh Tahmaspga bog‘liq bo‘lgan mushkul ishlarini yanada 
murakkablashtirdi. Boshqa bir yurt hukmdorining qovog‘iga qarab mute bo‘lib 
yashashning qanday ruhiy azoblari borligini u birinchi bor Mashhadda qirq kun shohning 
navbatdagi ko‘rsatmasini kutib qolganda sezgan edi. Uni birga olib yurgan Ja’far Sulton 
Humoyunning shia mazhabiga o‘tishini va o‘ng ikkita qirmizi yo‘l-yo‘li bor dostor kiyib, 
imom Rizo masjidiga ziyoratga borishini maslahat berdi. Biroq Humoyun otasining 
Samarqandda shia dostorini boshiga kiyib ko‘rinish bergani qanday yomon oqibatlarga 
olib kelganini unutgan emas. Shuning uchun Ja’far Sultonga: 
— Janob beglarbegi, chin e’tiqod dostorda emas, dilda bo‘lur, — dedi. 
O‘shanda shoh oilasining eng ma’rifatli vakili bo‘lgan Som mirzo oraga tushib, 
Humoyunni mazhab bobidagi ortiqcha tazyiqlardan xalos qildi. 
Chunki halol odamlarni faqat sunniy mazhabiga o‘tmagani uchungina quvg‘in qiladigan 
o‘ta tajovuzkor shialar — mamlakatdagi ko‘p isyonlar va alg‘ov-dalg‘ovlarga sabab 
bo‘lgan edi. Shohning o‘zi ham o‘ta johil mazhabdoshlariga qarshi farmonlar chiqarishga 
va kurash e’lon qilishga majbur bo‘lgan edi. Ayniqsa, Xurosonda va yangidan qo‘shilgan 
Shirvonda safaviylar sunniy aholini o‘zlariga el qilish uchun mazhab janjallaridan baland 
turadigan siyosat yurgizishga intilishlardi. 
Oxiri mana shu siyosat Humoyurga ham qo‘l keldi. Shoh Tahmasp Humoyunga va uning 
yaqinlariga mazhab borasida ortiqcha tazyiq o‘tkazmaslik haqida ko‘rsatma berdi. 
Humoyun shohdan harbiy yordam so‘ragan, Qazvindagi muzokaralar Bayramxon 
yordamida durust boshlangan, Tahmasp kattagina ko‘mak va’da qilgan edi. Mana shu 
orada shoh tomoniga qochib o‘tgan Ravshan ko‘ka bilan Xo‘ja G‘ozilarning ig‘vosi 
boshlandi-yu, amal-taqal bilan zo‘rg‘a yechilayotgan muammolar battar chigallashib 
ketdi. Shoh muzokaralarni to‘xtatdi va bir oygacha Humoyunni qabul qilmadi. Bu orada 
Shirvondan noxush xabarlar keldi. 
Bundan besh-olti yil avval shimoldagi Ozarbayjon yerlari — Hazar dengizi bo‘yidagi 
Boku, Kuraning o‘ng qirg‘og‘idagi Shamaxi, Mug‘an dashti bari shirvonshohlar hukmi 
ostida edi. Shoh Tahmasp shirvonshohlarni yenggandan so‘ng shimoldagi ozarbayjon 
yerlari janubdagi viloyatlar bilan birlashdi. Ilgari Kura daryosining ikki qirg‘og‘i ikki 
davlatga qarar va ularning o‘zaro adovati el-ulusga tashvish keltirar edi. Endi har ikki 
qirg‘oq bir davlat bo‘lib birlashgandan so‘ng Kura ustiga qurilgan mashhur Xudofarin* 
ko‘prigi juda serqatnov bo‘lib qolgan, uning ikkala tomonidagi ozarbayjonliklar, ichki 
urushlardan bezor bo‘lgan zahmatkash va ziyoli odamlar tinch bir istiqbolga umid bog‘lay 
boshlagan edi. Ammo avvalgi shirvonshohlarning tarafdorlari hali u yerda, hali bu yerda 
bosh ko‘tarishardi. Hatto shoh Tahmaspning inisi Alqas mirzo ham Shirvonga beglarbegi 
bo‘lib borgandan so‘ng o‘zicha mustaqil davlat tuzishga urinib ko‘rgan edi. Bundan xabar 
topgan shoh Tahmasp Qazvindan Shirvonga o‘n ming qo‘shin bilan bordi. To u inisini 
qattiqqo‘llik bilan o‘ziga itoat ettirib, Xudofarin ko‘prigi orqali Qazvinga qaytib kelguncha 
Humoyun uning yo‘liga qarab kutib o‘ltirdi. 
Nihoyat, sumbula kirgan kunlarda Tahmasp uni o‘zining Chilsutun qasrida qabul 
qiladigan bo‘ldi. O‘sha vazir Validbek Humoyunni shohning xonayi xosiga boshlab kirdi. 
— Hazrati shahanshoh, Shirvondagi yangi g‘alabalar bila sizni chin dildan muborakbod 
etgali keldim, — deb gap boshladi Humoyun. 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish