Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
102
* X u d o f a r i n — bu ko‘prik hozir ham Eron bilan Ozarbayjon chegarasida turibdi. 
* X a n s i — qaysi. 
* B u r a — bu yerga. 
* D ye y il — emas.
* * * 
Ov uchun Elbrus tog‘ining xatarli uchmalari ko‘p bo‘lgan va mashhur temir daraxtlari 
o‘sadigan o‘rmonzor yonbag‘irlari tanlandi. Ovga chiqqan qizilbosh beklari orasida Yoqub 
Sherafkan nomli pahlavon yigit ham bor edi. U Mozandaron o‘rmonlarida yo‘lbars bilan 
olishib, uni yenggan, terisini shilib, shohga taqdim qilgan edi. Tahmasp unga Sherafkan 
deb nom bergan, yo‘lbars terisining eni yarim qarich keladigan uzun bir parchasini uning 
o‘ziga esdalik qilib qaytargan edi. Yoqub Sherafkan hozir ovda ham o‘sha bir tilim 
yo‘lbars terisini o‘ng yelkasiga bog‘lab, ikki uchini belidagi kamarining oldiga va orqasiga 
mahkam qistirib olgan edi. Bayramxon uni uzoqdan Humoyunga ko‘rsatdi-yu, qulog‘iga 
shivirladi: 
— Xundor dushmaningiz ana o‘sha! Bundan yigirma besh yil oldin uning amakisi Bobur 
hazratlaridan qasd olmoqchi bo‘lganda, shoh Ismoil qo‘ymagan ekan. 
— Bunisi endi mendan kimning qasdini olmoqchi emish? 
— O‘sha otasining qasdi. Qarshida begunoh aholini qatliom qilgan ashaddiy shialardan 
biri shu Yoqubning otasi ekan. Keyin Hisorda sizning otangiz uni shu ishi uchun o‘limga 
buyurgan ekan. Bu hodisalar bo‘lgan paytda siz ham, Yoqub Sherafkan ham ikki-uch 
yashar bola bo‘lgansizlar. Lekin bularda odat shundayki, qasd olinmaguncha xundor 
dushmanlik avloddan avlodga o‘tavergay. 
— Bu qasd — bizga qarshi suiqasdga aylansa-chi? Shohning bundan xabari bormikin? 
Bayramxon tasdiq ma’nosida bosh irg‘adi. 
— Menga Som mirzo yashiriqcha aytdi. Oraga tushgan sovuqlikni Validbek istifoda 
qilmishdir. Agar shoh qat’iy man etsa, Yoqub uning aziz mehmoniga tajovuz qila olmas 
edi. Biroq o‘zimiznikilar oraga nifoq soldilar. Shundan keyin shoh ko‘rsatma beribdir: 
«Yoqub pahlavon kuchini ko‘rsatsa mayli, ammo o‘q otilmasin, qurol ishlatilmasin», 
debdir... Bu tog‘da buzuq zovlar, o‘ngirlar ko‘p ekan. Juda ehtiyot bo‘lgaysiz, hazratim. 
Hasanali eshik og‘a, men, yana yigirma qo‘riqchi yigit sizning himoyangizda sobitmiz. 
Yoqub Sherafkanning ham yigirmadan ortiq yigiti bor. Siz arxar ovlaganda, ular sizni 
ovlashlarini unutmang. 
Bunday xatarli damlarda Humoyun o‘zining butun vujudida alohida bir safarbarlik sezar, 
borlig‘i ko‘zga va quloqqa aylanib ketganday, har bir sharpani juda tez ilg‘ardi. Bugun u 
tog‘larda yaxshi yuradigan eng baquvvat va hushyor jiyron qashqa badaxshoniy otini 
minib chiqqan edi. O‘zining yosh yigitlik paytida Badahshonda, Pomir tog‘lari orasida ot 
choptirib orttirgan barcha tajribasi yodiga tushmoqda edi. Arxarlar tog‘ning baland 
qoyatoshlari orasida bo‘lar, maxsus odamlar ularni shoh Tahmasp va Humoyun turgan 
yonbag‘irlarga haydab tushishga harakat qilishardi. Lekin bu chaqqon jonivorlar toshdan 
toshga sakrab, yana baland uchmalar tomonga qochishardi. Humoyun shohning oldida 
qo‘rqoq ko‘rinmaslik uchun o‘sha uchmalardan birining tepasiga ot choptirib chiqdi-yu, 
to‘rtta arxardan birini yoy o‘qi bilan urib yiqitdi. U bilan ketma-ket chiqib kelgan 
Bayramxon va Hasanali ham bittadan arxar otishdi. Ular ov shavqiga berilib, o‘zlarining 
ketidan pisib kelayotgan Sherafkanni unutgan edilar. Qarshidagi toshloq yonbag‘irda 
yana bir kiyik Humoyunning ko‘ziga tashlandi. Tog‘ning musaffo havosida uzoqlar ham 
yaqin ko‘rinadi. Humoyun, «pastdagi jilg‘adan o‘tsam, narigi yonbag‘irga bir lahzada 
yetaman», deb o‘yladi-yu, qizishib terlagan otining jilovini soy tomonga burdi. Biroq 
unga oddiy jilg‘a bo‘lib ko‘ringan pastdagi soy — uch terak bo‘yi keladigan uchurimli tosh 
jar ekan, uning tagidan oqayotgan suvning faqat guvillashi eshitilar, ammo o‘zi 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish