Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet326/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
313
degan turli ellarga mansub rassomlar «Boburnoma» voqealari asosida xilma-xil rasmlar 
chizmoqda edilar. Akbarning buyrug‘i bilan musavvirlar Alisher Navoiyning «Xamsa»sini 
ham chiroyli suratlar bilan bezagan edilar. Yangidan ko‘chirilgan «Xamsa» sahifalaridan 
birida Farhod o‘z suyukli yori Shirinni oti bilan birga ko‘tarib daryodan o‘tkazib qo‘ygani 
ko‘rsatilgan edi. Akbarning ko‘rsatmasi bilan ishlangan yana bir suratda Navoiyning o‘z 
«Xamsa»sini tugatib, Husayn Boyqaroga keltirib berayotgan payti ifoda etilgan edi. Ulug‘ 
xamsanavis shoirlardan Nizomiy va Xisrav Dehlaviylar tepadan ularga zavq bilan qarab 
turganlari ham suratda ta’kidlab ko‘rsatilgan edi. 
Salim «Mahabxorat» va «Ramayana»ga ishlanayotgan afsonaviy suratlarni ham qiziqib 
tomosha qilgandan keyin Xo‘ja Abdusamad unga otasining suratlarini ko‘rsatdi. Qalam 
bilan chizilgan xomaki bir suratda Akbarning ko‘zlari yarim yumuq, qattiq o‘yga tolgan 
payti xuddi hayotdagidek aniq ko‘rsatilgan edi. Yana bir suratda Akbar Farangistondan 
kelgan qora kiyimli ruhoniylarni qabul qilgan payti. Gilam ustida Sinay tog‘idan 
keltirilgan muqaddas toshlar yotgani nafis bo‘yoqlar bilan tasvir etilgan edi. Shahzoda 
Salim musavvirlarning ishiga astoydil qiziqayotganini payqagan Abulfazl uning 
tasvirxona orqali otasiga ruhan yaqinlashtirib, maslakdosh qilish fikriga bordi.
— Amirzodam, agar istasangiz, san’atkorlar sizning ham suratingizni chizmoqlari 
mumkin, — dedi. 
— Ittifoqo, qiyofalari ham hazrat otalariga o‘xshash, — dedi Xo‘ja Abdusamad. 
Biroq Salim o‘z suratining otasinikidan butunlay boshqacha tarzda chizilishini istar edi. 
Akbarning suratlari unga hayotda bor narsalardan nusxa ko‘chirilganday jo‘n ko‘rinardi. 
Salim esa afsonaviy ko‘tarinkilikni yaxshi ko‘rardi. U «Mahabxorat»ning afsonaviy 
voqealarini tasvir etgan rassomlarga o‘zining shu haqdagi istagini aytdi: 
— Tushimda Xo‘jai Xizrga o‘xshagan nuroniy bir mo‘ysafid menga kitob bergan edilar. 
O‘sha paytda baland bir joyda o‘ltirgan ekanmen. Pastimda qanotli odamchalar uchib 
yurganini ko‘rdim. Farishtalar bo‘lsa kerak. Ana shu hodisani tasvir etish mumkinmi? 
Musavvirlardan biri shahzodaning bu istagini darhol bajo keltirishga kirishdi. Yana bir 
rassom Salimning onasi rajputlardan ekanini, uning tog‘a avlodlarida Sinx, ya’ni sher 
degan nomlar ko‘pligini nazarda tutib, shahzodani kulcha bo‘lib yotgan yuvosh bir 
sherning ustida tikka turgan holda yovlariga kamondan o‘q otayotgan afsonaviy botir 
jangchi qiyofasida tasvirladi. 
Salimga bu suratlar behad yoqqani uchun ularni chizgan rassomlarga katta in’omlar 
berdi. Abulfazl esa shahzodaning tashqi qiyofasi otasiga o‘xshasa ham, siyrati boshqacha 
ekanini bu suratlar orqali sezib lol bo‘lib qoldi.
Akbar o‘zi haqidagi suratlarning mumkin qadar haqqoniy bo‘lishini istaydi. U ota-
bobolarining suratlarini chizdirganda ham, birortasiga Xo‘jai Xizr yoki farishtalarni 
qo‘shdirgan emas. Holbuki, «Akbarning jilovida Xizr yurgay», deb ishonadiganlar ko‘p. 
Biroq o‘zini nazarkarda qilib tasvirlatish Akbar uchun o‘ta nokamtarlik bo‘lib tuyuladi.
Salim esa halitdan o‘zini Xizr nazar qilgan farishtalar yorlaqagan, sher yelkasiga 
mindirgan afsonaviy botir qilib tavirlatsa, keyin nima bo‘ladi?
Abdulfazl o‘zining mana shu andishasini Akbarga borib aytdi. 
— Mashaqqat chekmay o‘sgan bola o‘zini bosib olishi qiyin bo‘lar ekan-da! — deb, Akbar 
uh tortdi: — Qattiq gapiray desang, dili nozik, darrov ko‘ngli qolgay. Biz shu yoshda 
qancha azoblarni boshdan kechirgan edik. Bularning zamonasi boshqa. Otasining davlati 
soyasida faqat rohat-farog‘atda yashashni o‘ylaydir. Nachora? Biz yoshlikda ko‘rmagan 
rohatlar ham o‘g‘illarimizga nasib qilgan ekan-da. Salimning tomirida rajput qoni ham 
bor, juda tez ulg‘aymoqda, uylanishga shoshilayotgani ham shundan bo‘lsa kerak. 
Qaynog‘amiz Bhagvan Dasning chiroyli qizi bor. Ismi Man Bay. Salimning shunga ishqi 
tushgan emish. Hozircha unashtirib qo‘yaylik. o‘n oltiga to‘lganda nikohlab bergaymiz. 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish