Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet328/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
315
bilan qichqirib: 
— Sen shu fojianing sababchisisen! — dedi. — Malakday juvonning uvoli sening 
bo‘yningda! Tog‘alaringning oldida bizning ham yuzimiz shuvit! Bu og‘ir gunohni faqat 
fidoyilik bilan yuvmog‘ing mumkin. Shaybonizodalar Badaxshonga bostirib kirmishlar. 
Haybar dovonida yusufzaylar bizga qarshi isyon ko‘tarmishlar. Endi o‘shalarning ustiga 
qo‘shin tortgaysen! Janglarda o‘lim bilan olishib poklangaysen! Bor, yo‘l tayyorligini ko‘r! 
Salim e’tirozga og‘iz ocholmay ta’zim qilganicha chiqib ketdi. Ammo uning yusufzaylar 
bilan ham, shayboniyzodalar bilan jang qilishga xohishi yo‘q edi. Shayx Farid bilan 
Alibek ham: 
— Zinhor Haybar dovoniga bormang! — deb shivirladi. 
— Roja Birbalning o‘limi ozmi, sizni ham otangiz shunday xatarli joyga yubormoqchi? 
Roja Birbal Qorakar dovonida halok bo‘lgan, ravshaniylar tog‘-u toshlar orasidan tinimsiz 
hamlalar qilib, Akbar qo‘shiniga katta talafot yetkazgan edilar. Qorli tog‘lar orasida 
sarkardasiz qolgan qo‘shin orqaga chekinishga majbur bo‘lgan edi. Buni yaxshi biladigan 
Salim Haybar dovoniga jo‘nash haqidagi buyruqni bajarmay Agradagi qal’asiga qaytib 
bordi-da, o‘zini kasalga solib yotib oldi. 
Undan xabar olishga yuborilgan Abulfazl Salimning Jamna bo‘yidagi Hasht Bihisht 
bog‘ida yana o‘sha Mehriniso bilan uchrashib, visol zavqini surib yurganini bilib keldi. 
Akbar endi g‘azabini bosolmadi. Mehrinisoning otasi e’timodxon Akbar qo‘shinida 
mingboshi edi. Akbar uni chaqirtirdi-da: 
— Qizingizni kimga uzataylik? — deb so‘radi. — Salimdan boshqa kimni kuyovlikka 
munosib ko‘rursiz? 
e’timodxon podshoning avzoyi yomonligini sezib, uning ra’yiga qaradi: 
— Qizimizga Aliquli Istojli degan ozarbayjon yigitning ko‘ngli bor, — dedi. — Sherni 
yiqitgani uchun Aliquli Sherafkan degan laqab olgan. O‘zi menda yuzboshi. 
Akbarning buyrug‘i bilan Mehrinisoni ertasi kuniyoq o‘sha Sherafkanga nikohlab berdilar. 
Akbar bu yigitni Bixardan nari Bangoladagi viloyat hokimi Qutbiddinning ixtiyoriga 
mingboshi qilib jo‘natdi, Mehriniso ham bir kechada eri bilan Bangolaga ketib g‘oyib 
bo‘ldi. Agradan Bangolagacha otda bir oylik yo‘l. Salim Mehrinisodan butunlay ayrildi. 
Akbar uni Agradan o‘z huzuriga chaqirib oldi-da, past tovush bilan: 
— Nechun buyruqni bajarmadingiz, amirzoda? — deb sizlab gapirdi. Ammo uning 
muloyim qilib «siz»lashidan qo‘rqqulik edi. Salimning ovozi titrab: 
— Bemormen... — dedi. — Shu ahvolda jangga borsam... ko‘nglim sezib turibdir... men 
ham roja Birbaldek halok bo‘lgaymen!.. 
Akbar ko‘ngil sirlarini aytib dardlashadigan suyukli musohibi roja Birbalni yusufzaylarga 
qarshi jangga yuborganidan ming-ming pushaymon edi. Qorakar dovonida isyonchilar 
bilan jangga kirib qaytib chiqmagan Birbal benom-u nishon yo‘qolgan edi. Qishda 
Qorakar va Haybar dovonlari bekilib qoldi. Yozda dovonlar ochilgandan keyin Akbar 
yuborgan olti ming kishilik qo‘shin shayx Jaloliddinni G‘azni tomonlarga qochishga 
majbur qildi. Akbar afg‘on qabilalarining talabiga binoan Man Sinxni Kobuldan chaqirib 
olib, o‘zining ko‘kaldoshi, asli afg‘onistonlik tojik Zayniddin ko‘kani Kobulga hokim qilib 
tayinladi. Yusufzaylar u bilan tez til topishdilar va murosa yo‘liga o‘tdilar. Shundan so‘ng 
dovonlar ochilib, karvonlar qatnovi tiklandi. 
Faqat roja Birbalni ikki oy izlab, hech joydan jasadini ham topolmadilar. Bu mash’um 
hodisadan Akbar uzoq vaqt musibat chekib yurdi.
O‘g‘lining so‘nggi gapi undagi o‘sha musibat tuyg‘usini uyg‘otdi-yu, qahrini sal bosdi. 
— Bemor emish!.. — deb Akbar yumshagan tovush bilan kinoya qildi: — Hasht Bihisht 
bog‘ida yangi ma’shuqa bilan kayf-u safo qilib yurganingizni biz bilmaymizmi? Sizdagi 
bemorlik — shahvatparastlikdir! Men ham farishta emasmen, ko‘p xotin olib og‘ir 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish