Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet325/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
312
kitoblaridan misol keltirdi: 
— Inson hayotida yechib bo‘lmaydigan tugunlar hamisha bo‘lgan, ular har bir kishining 
dilida bor, — deb Akbarni ishontirdi... 
Rang-ro‘yi o‘chgan, o‘rmonda ozib ketgan otasi g‘alati bir ahvolda Birbal bilan birga 
saroyga qaytganini Salim ham ko‘rgan edi. Akbar bu voqealarning sababini o‘g‘lidan sir 
tutardi. Hozir ham u Salimga pardali qilib gapirdi: 
— Men ko‘rgan ruhiy qiynoqlarni ilohim sen ko‘rmagin, o‘g‘lim! Shu niyatda senga Salim 
otaday insofli pok bir odamning nomini qo‘yganmen. 
Salim hamon boshini egib jim turibdi. Ammo endi labining ikkinchi cheti ko‘tarilib, yana 
kinoyali jilmaydi. U Salim otaning o‘ttiz yoshda suyaklari urib sindirilgan nogiron odamga 
aylanib, hassaga suyanib qolganini mavlono Fariddan eshitgan. Buning nimasiga havas 
qilib bo‘ladi? Salim yigitlik kuchining bepoyonligi jihatdan otasiga o‘xshashni, balki 
undan ham o‘zishni istaydi. 
Akbar o‘g‘lining avzoyidan so‘nggi gapi bekor ketganini sezdi-yu, ota-bobolarining 
tajribasini guvohlikka chaqirdi: 
— Axir sen ham o‘zingday yaxshi o‘g‘il ko‘rmog‘ing uchun yoshing yetilmog‘i kerak! 
Mana, qara: sen tug‘ilganda men yigirma yetti yoshda edim. Bobur bobomiz tug‘ilganda 
otalari Umarshayx mirzo ham yigirma yetti yoshda ekanlar. Men tug‘ilganda hazrat otam 
o‘ttiz uch yoshda bo‘lganlar. 
Salim endi boshini ko‘tarib, otasiga ma’yus bir nazar tashladi. Nahotki otasi uni yigirma-
o‘ttiz yoshlargacha bo‘ydoq yurgin demoqchi? 
— Hech bo‘lmasa, o‘n oltidan oshgin, — dedi Akbar. — Nazarimda, hozirgi muallimlaring 
seni to‘g‘ri yo‘lga sololmayotganga o‘xshaydir. Endi Abulfazlni senga bosh tarbiyachi qilib 
tayin etgaymen. 
Salimga Agrada alohida qasr qurib berilgan. Shahzodalik udumiga binoan yuzlab odam 
uning itoatida edi. 
Abulfazl shahzoda Salim ixtiyoridagi qasrga borib, unga tarixdan, falsafadan dars berib 
yurgan kezlarda Akbar o‘zining yangi maslagini e’lon qildi. Abulfazl birinchilardan bo‘lib 
uni qabul qildi-yu, Salimni ham otasining yo‘liga yurgizishga intildi. 
Salim yana kinoyali kulimsiradi: 
— Biroq men hali yoshmen, yangi maslakni balog‘atga yetganlar qabul qilsin. 
— Ob-bo, hazratim uylanishga shoshilma deganlaridan haligacha xafa bo‘lib yuribsizmi, 
a? Ammo hushyor bo‘ling. Tojdor ota bilan voris o‘g‘li orasida kichkina bir joy darz ketsa 
shunga darhol pona qoqib, yoriqni jarga aylantiruvchilar bor! 
— O‘shalar kimlar? — o‘smoqchilab so‘radi Salim.— Todar Malmi? Tog‘alarim Man Sinx 
bilan Bhagvan Dasmi? 
— Xudo saqlasin! — xitob qildi Abulfazl. 
— Axir ular ham dini ilohiyni qabul qilmabdirlar-ku?! 
— Amirzodam, yangi maslakni qabul qilish ixtiyoriy. Agar majburiy bo‘lganda 
tog‘alaringiz qabul qilardi. Ammo hazratimning yangi e’tiqodlarini «bhaqti» tarafdori 
bo‘lgan ming-ming dehqon-u kosiblar, navkar-u zahmatkashlar ixtiyoriy qabul 
qilmoqdalar. Bu borada turli shahar-u qishloqlardan kelgan axborotlarni sizga ham 
ko‘rsatmog‘im mumkin. Abduqodir Badavniyni bilsangiz kerak. Badqovoq imomlardan 
bo‘lgan shu odam ham «mamlakatning avom xalqidan yarmisi yangi maslakka o‘tishi 
mumkin»* deb qo‘rqib yuribdir. 
— Mavlono, menga avomlarni ibrat qilib ko‘rsatmang. Undan ko‘ra tasvirxonaga boshlab 
boring. 
Salimda musavvirlikka qiziqish borligini sezgan Abulfazl uni tasvirxonaga boshlab keldi. 
Bu yerda Xo‘ja Abdusamad, Basavan, Kesu Gujarati, Farruhbek Qalmoqi, Jagan Nath 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish