Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet322/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
309
Badavniylar bundan o‘zlaricha teran ma’no topib, mamnun ko‘z urishtirib olar edilar. 
Hech kimdan yengilmagan Rustamni o‘g‘li Suhrob yengganligi Abulfazlning ham esiga 
tushar edi-yu, «nahotki bular Akbarni ham Salim yiqitishiga shunchalik umid 
boylasalar?» deb iztirobga tushar edi. Bu mudhish niyatdan Salimning xabari bormikin? 
Hali u endi o‘n to‘rtga kirgan o‘smir-ku. 
Lekin Hindistonning issiq iqlimida Salim tez balog‘atga yetmoqda edi. Alibek Pereyro 
aytib bergan shahvoniy hikoyalar va yashirincha ko‘rsatgan behayo suratlar 
shahzodaning tushlariga kirib chiqadi. Oppoq badanlar surati kechasi goho tirik qizga 
aylanib, shahzodaning qo‘yniga kiradi, uning yuraklari gursillab urib, uyg‘onib ketadi. 
Keyingi paytlarda Alibek uni tezroq uylanishga chorlaydi. 
Biroq Akbar voyaga yetmagan o‘smirlarning uylanishini taqiqlaydigan maxsus qonun 
chiqargan. Chunki Hindistonda o‘n-o‘n bir yashar qizlarni ham erga berish odatlari bor. 
Balog‘atga yetmay qurilgan oilalarda xunuk hodisalar yuz beradi. «Sati» degan bid’at 
ham qancha begunoh ayollarning o‘lgan erlari murdasiga qo‘shilib olovda kuyib 
ketishlariga sabab bo‘lmoqda. Akbar maxsus farmon bilan «sati» odatini ham, o‘n-o‘n 
ikki yoshli qizlarni erga berishni ham qat’iyan man qildi. O‘g‘il bolani o‘n olti yoshdan 
oldin uylantirish, qizlarni o‘n to‘rtga to‘lmasdan erga berish qonun tomonidan taqiqlandi. 
Birbal, Abulfazl kabi allomalar maslahati bilan chiqarilgan bu qonun shahzoda Salimning 
Alibek tomonidan uyg‘otilgan istaklariga qarshi kelib qoldi. Salim va uning tarafdorlari bu 
qonunni chetlab o‘tish uchun qulay fursat poyladilar. 
Navro‘z bayrami Hindistondagi barcha imon-u e’tiqod vakillari uchun barobar bo‘lgan 
umumxalq bayrami tarzida o‘tkazilar edi. Barcha saroy imoratlari, ko‘cha va maydonlar, 
bozor rastalari cho‘g‘day yasatilar, anvoyi shirinliklar, sumalak va «sh» bilan 
boshlanadigan yetti xil tansiq narsalar tayyorlanardi. 
Navro‘zga bir kun qolganda Akbar eng yaqin bek-u a’yonlarini devoni omga yig‘di-da: 
— Har biringiz dilingizga tugib yurgan bitta ezgu tilakni ayting, — dedi, — toki shu 
qutlug‘ ayyomda biz uni bajo keltiraylik. 
Beklar taxtning o‘ng tomonida, podshoning yonida o‘ltirgan Salimga ko‘z tikishdi. U 
barcha a’yonlardan yoshroq — endi o‘n to‘rtga kirgan. Lekin to‘ng‘ich shahzoda bo‘lgani 
uchun keksa amir-u vazirlardan ham yuqoriroqda — Akbardan keyingi ikkinchi o‘rinda 
o‘ltiribdi. Bobur ham, Humoyun ham o‘z to‘ng‘ich o‘g‘lini mana shunday e’zozlab 
o‘stirgani uchun Akbar ota-bobolarining qarzini o‘g‘lida uzmoqda. U birinchi tilak aytish 
huquqini ham Salimga berib: 
— Qani amirzodam, — dedi. 
Salim o‘rnidan turib otasiga yaxshilab ta’zim qilgach: 
— Hazratim, sizdek ulug‘ siymoga o‘g‘il bo‘lganim uchun tangriga shukurlar qilurmen! — 
dedi. — Agar joiz bo‘lsa, dilimdagi bitta tilakni aytgaymen. 
— Joiz, joiz! — dedi Akbar jilmayib. 
Salim otasidan so‘ramoqchi bo‘lgan tilagini mavlono Farid yordamida oldindan pishitib 
kelgani uchun yaxshi yod olgan darsini aytayotgan talabaday ravon so‘zlay boshladi: 
— G‘azni yoki Badaxshon kabi salqin tog‘lar orasida yigitlar ehtimol o‘n olti yoshgacha 
balog‘atga yetmaslar. U yoqdagi qizlarni o‘n to‘rt yoshgacha erga bermaslik to‘g‘ri... 
Ammo Hindiston iqlimida yoshlar tez balog‘atga yeturlar... Azaldan.. odat bor... O‘g‘li-
ngizning tilagi shuki, o‘n olti yoshdan uylanish haqidagi farmoni oliy shimoliy o‘lkalarga 
joriy qilinsa. Bu yerda o‘n to‘rt yoshdan uylanishga ruxsat berilsa... Qizlar o‘n ikki 
yoshdan uzatilsalar... 
Beklar shahzodaning halitdan uylanishni istab qolganini sezishdi-yu, bir-birlariga jilmayib 
qarab qo‘yishdi. Biroq Akbarga birinchi bo‘lib tilak aytgan o‘g‘lining bundan muhimroq 
narsalarni o‘ylamasligi va otasi chiqargan qonunni buzishdan toymasligi juda noxush 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish