Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet318/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
305
degan kishi Behzod qo‘li bilan sakkizta surat chizilgan Sharafiddin Yazdiy asarini olib 
kelgan edi. Akbar uni sahhof belgilagan narx bilan uch ming rupiyga sotib oldi. 
Badaxshondan kelgan Farruhbek degan kishi Hiloliyning «Sifotul oshiqon» nomli kitobini 
Akbarga bir ming to‘qqiz yuz qirq besh rupiyga sotganini Badavniy ko‘rgan. Farruxbek 
shu birgina kitobning puliga bosh-oyoq kiyim va boshqa talay narsalar olishi mumkin 
edi, chunki bozorda bir juft atlas o‘n rupiy, bir qop bug‘doy yetti rupiy, bitta qo‘y uch-
to‘rt rupiy turardi*. 
Kitoblar shunchalik qimmat bo‘lgani uchun Akbar ularni hasharot va sichqonlar 
tegolmaydigan xushbo‘y sandal yog‘ochidan ishlangan qutichalar va javonlarda asraydi. 
Badavniy bu xushbo‘y qutichalar yonida o‘ltirib ishlashni yaxshi ko‘radi. Saroy 
kutubxonasida shoir Fayziy bosh kitobdorlik vazifasini o‘taydi. Akbarning topshirig‘i bilan 
Naqibxon degan olim Badavniyga qo‘shilib «Ramayana»ni tarjima qilmoqda. Fayziyning 
o‘zi «Injil»ni yunonchadan forschaga masnaviy she’r shaklida tarjima etmoqda. 
Hindlarning to‘rtta muqaddas kitoblaridan biri sanalgan «Axtarvaveda»ni sanskritdan 
forschaga ag‘darish Xo‘ja Ibrohim Sirxindiga topshirilgan. 
Akbar haftada bir marta kutubxonaga kelib, qalam ahlini xonayi xosga yig‘adi-da, eng 
yaxshi tarjimalardan namunalar o‘qitadi. Ulug‘ hind dostonlari «Ramayana» va 
«Mahabxorat» goh Firdavsiy «Shohnoma»sini, goh Navoiy «Xamsa»sini eslatuvchi 
ulug‘vor aruz vaznida jaranglar ekan, Akbar o‘z qarshisida o‘ltirgan mavlonolarga maroq 
bilan qarab qo‘yadi. Bu davra «Xamsa»dagi Chin shahzodasi Farhod arman malikasi 
Shirin, yunon faylasufi Arastu, eronlik Shopur, arabistonlik Qays kabi turli xalq 
vakillarining Navoiy qalbida va ijodida bir-biriga yaqin qadrdonlarga aylanganini 
eslatmaydimi? Akbar shu savolga javob izlab, qarshisida o‘ltirgan Abulfazlga, roja 
Birbalga, Aziz ko‘kaga, Todar Malga, Abdurahim xoni xononga, Badavniyga bir-bir ko‘z 
tashlab chiqdi-da: 
— Ajab! — deb so‘z boshladi. — Birimizning ajdodimiz arab, birimizniki hind... Birimiz — 
afg‘on, birimiz — turkiy ulusdanmiz. Diniy adovatlar tufayli «Ramayana»day ulug‘ 
doston ming yillardan buyon qo‘shni tillarnnig birortasiga tarjima etilmabdir. Holbuki, 
barchamizga barobar bo‘lgan umum bir til topish mumkin ekan-ku! Roja Todar Malga 
balli, butun davlat ishlarini forsiy tilda olib borishga Agrani ham, Panjobni ham
Gujaratni ham, Bangolani ham ko‘ndirdi. 
Roja Birbal luqma tashladi: 
— Hazratim, ko‘nmaganlarni Todar Mal qanday dalil bilan ko‘ndirganini eshitganmiz? 
— Yo‘q. Qani, eshitaylik? 
— Todar Mal ularga sizni ibrat qilib ko‘rsatmishdir. «Sen uyingda panjobcha 
so‘zlashsang, podshomiz turkiycha so‘zlashurlar. Lekin davlat idorasida ikki tomonga 
ham barobar forsiy tilda ish olib borishga podsho ko‘nsa-yu, sen ko‘nmasang, o‘zingni 
hazratdan baland olgan bo‘lmaysenmi?» — degan. Qani, bu dalildan hayiqmay ko‘rsin! 
Sho‘x ohangda aytilgan bu gapdan ko‘pchilik bir kulib oldi. Akbar ham kulib turib dedi: 
Har qalay, ko‘p til bilmoq — fozillik alomatidir. Buni bizning tutungan farzandimiz 
Abdurahimning shuhrati ham ko‘rsatib turibdir. Abdurahim otasi Bayramxon kabi hazrat 
Navoiydan ibrat olib chiroyli turkiy she’rlar yozdi. Yana forschada, arabchada bitgan 
she’rlari ham mashhur bo‘ldi. So‘nggi yillarda Abdurahimning hind tilida yozgan 
dohalari* odamlar orasida maqol yanglig‘ aytib yurilganiga, mana, biz guvohmiz. Turli 
imon-u e’tiqodlarni teng ko‘rishning eng yaxshi samarasi shu emasmi? 
Akbar to‘satdan Abduqodir Badavniyga murojaat qildi: 
— Mavlono, bir vaqtlar siz «Ramayana» bilan «Mahabxorat»ni «imonsiz kitoblar» deb 
kamsitgan edingiz. Endi bu asarlarni tarjima qilish davomida fikringiz o‘zgargan bo‘lsa 
kerak? Shunday ulug‘ dostonlar yaratgan xalqning imoni kuchli, ruhi qudratli ekanini 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish