Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet317/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
304
muhim voqealarni daftariga yozib borardi. Bir kun emas bir kun Akbarning nazari 
Badavniyga ham tushishi va uning ham Abulfazlday ko‘tarilib ketishi ehtimolga yaqin 
tuyulardi. Shuning uchun Badavniy «Muntaxabut tavorix» (ya’ni, tanlangan tarixlar) deb 
atalgan yozuvlarining bosh qismlarini Akbarga ixlosmand odam sifatida yozdi: «Hazrati 
oliylari ko‘p yillar davomida qarama-qarshi fikrlarni bir-biriga muqoyasa qilib, ularning 
orasidan haqiqatni topishga o‘rgandilar. Hazratimning yangicha e’tiqodlari xuddi toshga 
o‘yilgan suratday uzoq o‘ylar, munozaralar natijasida asta-sekin shakllanib bordi. Bu 
e’tiqod bo‘yicha, aqlli odamlar hamma millatlar orasida ham bor, ularni yig‘ib yakdil 
qilmoq savobli ish emasmi?» 
Badavniy Akbar tomonda turib o‘zicha bu savolni bergan paytlarda hali ma’naviy 
zilzilalar va shayxlar isyoni boshlanmagan edi. Mulla Abduqodir Ajmirdagi mashhur 
Muyiniddin Cheshti maqbarasining peshvosi bo‘lish umidida edi. Bu maqbaraga 
Akbarning o‘zi ham piyoda ziyoratga borar va katta ehsonlar qilar edi. Buni ko‘rgan bek-
u a’yonlar va boshqa odamlardan nazr-u niyozlar daryoday oqib kelardi. Bu yerda 
peshvo bo‘lishning boyligidan tashqari, katta nufuzi ham Badavniyni o‘ziga tortardi. 
Lekin Fathpurdagi ibodatxonada bo‘lgan diniy munozaralarda Badavniy bir necha marta 
Ansoriy tomonida turib, shayx Muborak bilan munozara qildi. Bir marta hatto qiziqqonlik 
qilib, shayx Muborakni dahriylikda aybladi. Akbarga uning shu ishlari yoqmagan ekan. 
Abulfazl otasiga yon bosib, Badavniyni podshoga yomon ko‘rsatgan bo‘lishi kerak. Akbar 
Ajmirdagi mashhur maqbaraga shayx Muborakning tarafdori bo‘lgan boshqa bir odamni 
peshvo qilib tayinlatdi. Keyin Ansoriyning shayxulislomligi bekor bo‘ldi-yu, unga yaqin 
imomlar ham ishsiz qoldi. Shu imomlardan biri bo‘lgan Abduqodir Badavniy saroy 
kutubxonasiga tarjimon bo‘lib ishga kirdi. Ro‘zg‘or tebratish uchun o‘zi suymaydigan 
g‘ayridinlarning kitoblarini forscha she’rga solishga majbur bo‘ldi. 
Shundan keyin uning Akbardan juda ko‘ngli qoldi. Lekin podshoga qarshi norozilik 
bildirish ham xatarli. Isyon ko‘targan shayxlarning yostig‘i qurigani Badavniyni ehtiyot 
bo‘lishga undaydi. U kunduz kutubxonada tarjima bilan shug‘ullanib qaytgach, kechasi 
uyida eshikni ichdan bekitib, derazaga parda tortadi va xira yiltiragan sham yorug‘ida 
Akbarga qarshi dilida to‘plangan noroziliklarini qog‘ozga to‘ka boshlaydi. Uning nazarida, 
Ansoriy nohaq quvg‘in qilinganday, Abulfazl esa imonini podshoning islohotlariga qurbon 
qilib katta martabaga erishganday ko‘rinadi. «Men islomga sodiq bo‘lganim uchun 
hanuzgacha kosam oqarmay, muhtojlikda yuribmen», deydi u ichida va Akbarning 
xatolarini fosh qilish bilan o‘zini Abulfazldan ma’nan ustun sezadi. 
Chunki Abulfazl Akbar davri haqida rasmiy kitob yozayotgani saroy ahliga ma’lum. Bu 
kitobda Abulfazl o‘z homiysini faqat maqtashga majbur, uning ayblarini fosh qilishga 
jur’at etolmasligi aniq. Mayli, Abulfazl boylig-u shon-shuhrat ichida cho‘milib yurgan 
bo‘lsa ham, adolat va jasorat bobida Abduqodir Badavniy o‘zining undan ustun ekanini 
isbot qiladi. Mana shu o‘y unga ilhom beradi, kechalari allamahalgacha jon chekib asar 
yozadi. 
Ammo chala uxlab, ertasi kuni kutubxonaga ishga borganda uni Akbar to‘plagan 
kitoblarning salobati bosa boshlaydi. Yigirma mingdan ortiq kitobning ko‘pchiligi — 
qimmatbaho qo‘lyozma nusxalar. Alohida javonda turgan yunoncha va farangicha kitob-
lar yonidan moskvalik mehmon keltirgan ruscha kitob ham o‘rin olgan. Forscha, 
arabcha, turkiy va sanskrit tillaridagi kitoblarning bir qismi Akbarga ota-bobolaridan 
meros qolgan. Boshqalarini esa uning o‘zi bittalab yiqqanini Badavniy biladi. Akbarning 
kitobga ishqi balandligini uzoq yurtlarda turib eshitgan odamlar goho Erondan, goho 
Turondan kamyob kitoblar olib keladilar. Darbor kunlari «hazratimga nodir kitob 
ko‘rsatmoqchimen» degan odamni uning huzuriga tezroq kiritadilar. Akbar kitobni 
sinchiklab ko‘rgach, narx qo‘yishni xolis bir sahhofga buyuradi. Sherozlik Husayn Inju 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish