Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
185
«Amirzodam, bog‘da, so‘zlashgan gaplarimizni kimdir otalig‘ingizga yetkazganga 
o‘xshaydir. Men qochmasam qasd olg‘aylar. Valibek yozgan xatni o‘qib ko‘ring. 
muhrlarni xoni xononga qaytarib yubormoqdamen. Mening lavozimim uning odamlaridan 
yana birortasiga kerak, chamasi. Ammo Sizga hamisha sodiqmen, qachon chorlasangiz 
xuzuringizga yetib kelgaymen». Pirmuhammadning nozirlikdan tashqari, panjhazora* 
degan harbiy unvoni va besh ming navkari bor edi. Kechasi qorong‘ida u eng sodiq 
kishilaridan mingtachasini yig‘di-yu, Agradan yashiriqcha chiqib, Gujarat tomonga 
qochdi. 
Bu orada Bayramxonning yaqinlari uni otaliqqa qarshi fitnada ayblab, hibs qilish 
haqidagi buyruqqa qo‘l qo‘ydirgan edilar. Tun yarmidan oshganda qamash uchun kelgan 
odamlar uni topolmadilar, so‘ng mol-u mulkini musodara qildilar. O‘zi topilmagani uchun 
oila a’zolarini Biana qal’asiga eltib hibs qildilar. 
Bayramxonning yonida katta lavozimga ko‘z tikib yurganlardan biri eronlik Hoji 
Muhammad Seyistoni edi. Ikki kun o‘tmasdan Bayramxon bu odamni Pirmuhammadning 
o‘rniga ichki ishlar noziri* qilib tayin etdi. Agrada Akbar suyanadigan sirdosh nozirul 
muluk endi yo‘q, uning o‘rnini Bayramxonning yana bir ashaddiy tarafdori egalladi. 
Akbar Pirmuhammadning oila a’zolari, jumladan, xotini Hakima bibi hibsga olinganini 
eshitib, Bayramxonning huzuriga kirdi: 
— Xonbobo, Hakima bibi ham menga oq sut bergan enaga! Unda ayb yo‘q! Hibsdan 
bo‘shatmoq kerak. 
— Amirzodam, Pirmuhammad atkangiz menga qarshi fitna uyushtirganidan siz 
xabardormidingiz? 
— Men uni bu yomon yo‘ldan qaytargan edim. 
— Ammo u qaytmabdir. Aybi bo‘yniga qo‘yilishini sezib qochibdir. Oilasi esa bu ishda 
unga yordam beribdir. 
— Atkaning qochishiga sizning nomingizdan yozilgan mana bu maktub sabab 
bo‘lmishdir! — deb Akbar Valibekning Pirmuhammadga do‘q qilib yozgan haqoratomuz 
xatini otalig‘iga ko‘rsatdi: — Xonbobo, atrofingizdagi ba’zi janoblar sizga erkalik qilib, 
haddidan oshib ketmoqdalar. Siz menga «Inonma» radiflik g‘azalingizni o‘qib bergan 
edingiz. «G‘arazgo‘ylarga inonmang» degan gapni endi men ham sizga aytmoqchimen! 
— Ammo siz menga inonasizmi, amirzodam? Pirmuhammad meni davlat tepasidan 
ag‘darmoqchi bo‘ldi. Xotini ham bu ishda unga hamkor. Shuning uchun hibs qilindi. 
Bunga inonmasangiz, demak, menga inonmaysiz! 
— Enagam menga onam o‘rnida. Ikkovingizga ham inonib o‘rganganmen! 
— Ammo hokimiyatning barcha tizginlarini bitta odam o‘z ilkida tutib turmasa, davlatni 
boshqarib bo‘lmagay, amirzodam! Siz hali bu ming g‘ildirakli ulkan aravani boshqarish 
qanchalik qiyinligini tasavvur etolmaysiz. Hokimiyat o‘zi nima? Soddaroq qilib aytganda, 
minglab asov otlar qo‘shilgan ulkan arava! Ming g‘ildirak hammasi tinimsiz harakatda, 
ming otning tizginlarini kimdir to‘g‘ri yo‘lga solib turmog‘i lozim. Sal bexabar qolsangiz, 
otlarning bir qismi aravani boshqa yoqqa olib qochib ketgay, botqoqqa botqizib qo‘yg‘ay, 
hatto jarga ag‘dargay. Oraga boshqa odamlar suqulsa-yu, tizginlarning bir qismini bu 
yoqqa bursa, bir qismini u yoqqa bursa, arava sarson bo‘lib, jarga qulab tushmagaymi? 
Bayramxon Akbarning ko‘zlariga sinovchan nazar bilan tikildi: 
— Agar siz shu ming g‘ildirakli aravani mendan yaxshiroq boshqargaymen desangiz, 
agar minglab asov otlarning tizginlarini ilkingizda mendan yaxshiroq tutib tura olsangiz, 
marhamat, men hammasini sizga topshirgaymen! Davlat ishlari meni behad charchatdi. 
Bir umrga yetadigan mol-mulkim bor. Boshqa ne kerak? Dam olay, ash’or yozay. Jang-u 
jadallarda qonlar to‘kib, gunohlar qilganmen. Shu gunohlardan poklanmoq uchun hajga 
borib kelay. Oling, barcha tizginlarni, hokimiyatni o‘zingiz boshqaring! 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish