Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
181
— Bille! — dedi. — Damudor! Bille!* 
Nihoyat, Damudor o‘ng oyog‘ini tizzasidan bukdi-da, keng, doira shakl qora tovonini 
Akbarga tutdi. Akbar shu tovonga oyog‘ini qo‘ydi-da, qo‘lini yuqoriga cho‘zib, filning 
qalin qulog‘idan tutganicha, uning bo‘yniga chiqdi. Akbar uni o‘rmonga sayrga olib bordi, 
daryoda cho‘miltirdi. Filning xovurini bosib, yana filxonaga qaytarib olib keldi. 
Shundan keyin filbonlar Akbarning mahavatlik* iste’dodi va jur’atiga tan berdilar. La’l 
Chand unga fil urishtirishni ham o‘rgata boshladi. 
Harbiy fillarni jangga tayyorlash uchun ularni mast qilib, maxsus bir maydonda urishtirib 
ko‘rish odati Hindistonda qadimdan bor edi. Fillar urishayotganda uning ustida mahavati 
bo‘ladi. Katta maydon o‘rtasida tuproqdan ko‘tarma qilinadi. Ikki fil ko‘tarmaning ikki 
tomonidan kelib, avval bir-birini xartumi va tishi bilan ura boshlaydi. Ularning ulkan 
oyoqlari ostida tuproq ko‘tarma nurab, qulab tushadi. Mahavatlarning har biri o‘z filiga 
buyruq berib, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatib turadi. Fillar goho bir-biriga shunday qattiq uriladiki, 
mahavat bo‘shroq o‘ltirgan bo‘lsa, xasday uchib ketadi. G‘azabnok fil o‘z raqibini yengish 
uchun avval uning ustidagi mahavatini yiqitishga, uni xartumi bilan urib tushirishga 
harakat qiladi. Chunki mahavati urib tushirilgan fil yengilgan hisoblanadi. Katta 
balandlikdan yiqilgan mahavat esa biron joyi sinib mayib bo‘ladi, goho urishayotgan 
fillarning oyog‘i tagida toptalib, o‘lib ketadi. 
Shuning uchun filini urishtirishga olib chiqadigan filbon xuddi o‘limga ketayotgan 
odamday uyidagi yaqinlaridan va filxonadagi hamkasblaridan rozi-rizolik so‘rab, hamma 
bilan xayrlashib maydonga chiqadi. 
O‘smirlik olovligi tufayli Akbar mana shu xatarli fil urishiga birinchi marta mahavat bo‘lib 
qatnashganda o‘n to‘rt yoshda edi. 
Bayramxon fil urishida Akbarga biron kor-hol bo‘lishiga xavotirlanib, avval unga ruxsat 
bermadi. 
— Tojdoru shahzodalarga, hatto, chavgon o‘ynash mumkin emas, — dedi Bayramxon. — 
Chunki muxolif tomon qasddan go‘y va chavgoncho‘p bilan urib, tojdorga shikast 
yetkazishi mumkin. Fil urishtirish esa chavgondan ming hissa xatarliroq! 
Lekin Akbar mast fillarni qanday dadillik va ustalik bilan mina olishini otalig‘i ham ko‘rdi. 
Akbar Damudor nomli o‘sha zo‘r filni mastligi tarqagandan so‘ng Bayramxonga in’om 
qildi. Bundan mamnun bo‘lgan otaliq, nihoyat, Akbarning mahavat bo‘lib fil urishtirishiga 
ham ruxsat berdi. 
Akbar Jhalpa degan jangovar filni minib maydonga chiqdi. Lakna degan ikkinchi mast 
filni La’l Chand mindi. Bayramxon raqib tomonga ataylab Akbarni yaxshi ko‘radigan va 
uni ehtiyot qiladigan mahavatni qo‘ygan edi. Fillar bir-birlarini tishlari va xartumlari bilan 
urib bir yarim soat olishdilar, ammo mahavatlarini yiqitolmadilar. Shuning uchun olishuv 
durang bilan tugadi. 
Shundan keyingi to‘rt yil davomida Akbar yana ancha mast fillarni mindi va ularning 
ayovsiz janglariga ham qatnashdi. U Agradagi keskin ziddiyatlardan va otalig‘i bilan 
ikkovining orasini buzayotgan bek-u a’yonlarning fisq-u fasodlaridan ta’bi kir, ko‘ngli 
g‘ash bo‘lgan paytlarda fil minib ko‘ngil yozar edi. 
_______________ 
* B i l l e — oyog‘ingni tut, «mindir» degani. 
* M a h a v a t — filshunos, filbon.
* * *
Akbar Mankotda yurganda Bayramxon uch kun to‘y berib, Salima begimga uylangan edi. 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish