Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
184
mahramga o‘xshagan qizilboshlarni yig‘ib olgan. Ularga eng katta lavozimlar-u jogirlarni 
bergan. Har biri siz-u bizdan boy! Qachongacha bu bedodlikka chidagaysiz, amirzodam? 
Axir siz podshosiz! Xazina sizniki, barcha viloyatlarda sizning nomingiz xutbaga qo‘shib 
o‘qilmoqda. Ammo xazinaga sizning muhringiz bilan qog‘oz olib borilsa pul berilmaydir! 
«Faqat vakili saltanat Bayramxonning imzosi-yu ijozati bilan pul berilsin!» degan farmon 
bor. Xazinachi bu farmonni buzsa, jazo olgay! Axir bu adolatsizlik emasmi? Bu farmonni 
qachon bekor qilursiz? Hamma joyda sizning muhringiz bilan ish olib borilmog‘i kerak-
ku! Buyuring, sodiq bek-u a’yonlaringiz buni joriy etsinlar! 
Pirmuhammad atka aytgan bu ishni joriy etish — davlat to‘ntarishi yasashday mushkul 
va xatarli edi. Bayramxonning fe’li ma’lum. Atrofidagilar hech balodan qaytmaydigan 
shafqatsiz odamlar. Ular Turdibekni chodirda qanday o‘ldirganlari Akbarning ko‘z oldiga 
keldi. Uzoq jimlikdan so‘ng Akbar: 
— Hali shoshmaylik, — dedi. — Men o‘ylab ko‘rmog‘im kerak. 
* * * 
O‘sha kuni kechasi Muborizxon — Afzalbek bu gaplarni oqizmay-tomizmay Hasht Bihisht 
bog‘idagi Bayramxonga yetkazib bordi. Bayramxon avval bir olovlandi, keyin mulohaza 
qilib ko‘rib, Akbarning vazminligiga tan berdi. U otalig‘iga Salima begim haqida ham 
haligacha biror og‘iz so‘z aytgani yo‘q. Salima begim Akbarga qarindosh, ko‘rishib, gap-
lashaman desa, hech kim taqiqlay olmaydi. Lekin ikki oradagi ishkallikni battar 
qo‘zg‘amaslik uchun Akbar Bayramxonning haramidagi ammabachchasidan ataylab 
o‘zini uzoq olib yuribdi. Bayramxon goho bu yigitdagi bardoshga hayron qoladi. «Qonida 
bor shekilli-da»,— deb o‘ylaydi. Bobur ham shu yoshda termizlik Boqi Chag‘oniyoniyning 
avvalgi yaxshiligini unutolmay, uning qancha gunohlarini kechirgani, Humoyun o‘z inilari 
bilan munosabatda qanchalik bardoshli bo‘lgani Bayramxonning xayolidan o‘tadi. 
Ammo Akbarni Bayramxonga qarshi qo‘zg‘atmoqchi bo‘lgan Pirmuhammad atka jazosini 
olmog‘i kerak! 
Ertasi kuni Bayramxon uni o‘z devoni xosiga chaqirtirdi. Nozirul muluk Pirmuhammad 
ertalabdan Bayramxonning avzoyi yomonligini odamlardan eshitgan va o‘zini kasalga 
solib, uyiga borib yotgan edi. Uning kasali yolg‘onligini fosh qilish uchun Bayramxon 
uch-to‘rt yaqin mulozimlari bilan otlanib to‘g‘ri Pirmuhammadning uyiga yo‘l oldi. Hovli 
darvozasi oldida turgan qorovul: 
— Beruxsat kirgizmang deb buyurgan edilar, — dedi-da, darvozani ochmadi: — Men 
hozir ichkariga kirib, ruxsat so‘rab chiqgaymen! 
Qorovul Bayramxonni tanimasligi mumkin emas edi. Davlat boshlig‘ini bekik darvoza 
oldida kuttirib qo‘yish Bayramxon bilan birga kelgan shayx Gadoyi va Shohquli mahram 
tomonidan uchiga chiqqan odobsizlik deb baholandi. Bayramxon qorovulning qaytib 
chiqishini kutib turmasdan otining jilovini orqaga burdi. Saroyga qaytgach, Valibek uning 
nomidan Pirmuhammadga qisqa bir xat yozib yubordi: 
«Sen janobi xoni xononning huzuriga kelganingda yupun kiyingan bir mullocha eding. 
Xoni xononning tavsiyasi bilan atka bo‘lding. Bu ulug‘ zot seni nozirul muluk lavozimiga 
ko‘tardilar. Endi sen buning hammasini unutdingmi? Bilib qo‘y, bizning qarshimizda 
sening bir piyola suvchalik holing bor, vakili saltanat chimchilog‘i bilan bir ursalar 
to‘kilib, sochilib ketgaysen. Agar joningdan umiding bo‘lsa tezroq aqlingni yig‘ib, tavba 
qilgani kelgaysen!» 
Pirmuhammad xat keltirgan kishiga: «Ertaga ertalab borgaymen», deb javob berdi. 
Kechki payt Akbarning nomiga maktub yozib, voqeani bayon qildi: 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish