www.ziyouz.com kutubxonasi
134
Komron akasi bilan xafalashib yurganda bu satrlarni unga qarshi qaratgani rost edi.
Lekin hozir u she’rdagi kinoyani o‘ziga oldi:
— Bu satrlarda men o‘zimga murojaat etmishmen, hazratim! Yodingizda bo‘lsa
jannatmakon otam bir qancha masnaviylarni o‘zlariga qarata bitgan edilar. Sekrida may
ichishdan tavba qilganda o‘zlariga murojaat etib aytgan masnaviylarini eslang:*
— O‘zingizga murojaat etganingiz — bizga ham murojaat qilganingiz emasmu,
amirzodam? — dedi Humoyun kulimsirab. — Axir biz hammamiz bir xon avlodidanmiz.
— Bu rost, ammo men avvalgi da’volarimdan voz kechib, o‘zligimdan forig‘bol bo‘ldim.
Himmat — barini olishda emas, baridan voz kechishda ekanini endi astoydil his etdim.
— Bu his sizga ham tanish bo‘lsa kerak, hazratim?— deb Hindol Humoyunga Agrani
eslatdi. — O‘shanda siz hatto taxtingizni, butun hazinangizni saqqo yigit Nizomga berib
qo‘ygan ekansiz. Afsuski, biz o‘shanda yoshlik qilib bu yuksak himmatning qadriga
yetmagan ekanmiz.
— Endi qadriga yetdingizmi, axir? — kulib so‘radi Humoyun. Bu savolga har uchala ini
tasdiq javob berdilar.
— Undoq bo‘lsa, to‘rttalamiz bu kecha mana shu saroparda ichida birga uxlagaymiz.
Damni olib, ertaga Kobulga hazrat otamning qabrini ziyorat qilgani borgaymiz.
Humoyun ataylab bek-u a’yonlarni oraga qo‘shmaslikka harakat qilar, chunki ularning
Komronga bog‘liq gina-kuduratlari ko‘p — Bopusxon qamal paytida birining akasini
o‘ldirtirgan, birining singlisini benomus qilgan, lekin odamlar buni Komrondan ko‘rar edi.
To‘rt og‘ayni qo‘riqchi yigitlari bilan Kobul ko‘chalarini to‘ldirib o‘tdilar, minglab
odamlarning e’tibori ostida baland tepalik ustidagi Bobur maqbarasiga ko‘tarildilar.
Otalari hayotligida tog‘dagi chashmalardan bu yergacha ariq qazdirib, suv olib kelgan va
to‘rtta chinor ektirgan edi. Yigirma yil ichida ular yuqoriga bo‘y cho‘zib, katta daraxtlarga
aylangan.
Bu xushhavo joyga shimoldan — Amudaryo va Sirdaryo tomondan esgan shamollar
Bobur tug‘ilib o‘sgan joylarning ezg-u isini olib kelardi. Janubdan esgan shamollar esa
Bobur Kobul daryosi bo‘yida va Jamna qirgoqlarida barpo etgan bog‘larning muattar
hidini keltirib turganday bo‘lardi.
Otalarining vasiyatiga binoan, uning xoki Agradan hind tuprog‘i bilan birga keltirilib qabr
ichiga solingan edi. Qabr ustidagi oltinrang marmar esa Samarqandning G‘ozg‘onidan
tuyalarga ortib kelingan va Kobulda tarashlanib, sayqal olgan edi. To‘rt o‘g‘il maqbara
ichiga chuqur sukut bilan kirib, qabr toshining ikki yoniga va oyoq tomoniga cho‘k tushib
o‘ltirdilar va tilovat qildilar. Humoyun otasining o‘lmas ruhini tirik his qilib, unga
hayotligidagidek murojaat etdi:
— Hazrat otajon, shukur, mana, barcha o‘g‘illaringiz sog‘, omon. Huzuringizga birga
kelish orzusida edik. Bugun shu orzuga yetdik. — U inilariga yuzlandi: — Padari
buzrukvorning ruhlari oldida ahd qilaylik, Komron, Askariy, Hindol — barchamiz minba’d
ahillikni hech buzmaylik! Hech bir kimsa oramizga nifoq sololmasin. Omin!
— Omin!
Hindol akasining so‘zlaridan qattiq ta’sirlanib, ko‘ziga yosh oldi.
Komron esa bosiqlik bilan:
— Omin! — dedi-yu, ichida hindolni «hali ham bola» deb qo‘ydi. Askariy ham
Komrondek bosiq. U Humoyundan ko‘ra Komronni tezroq tushunadi. Humoyunning
odam erishib bo‘lmaydigan narsalarga ishonishi va intilishi, hozirgiday otalarining qabri
oldida tirik odamga so‘zlagandek gapirishlari Komron bilan Askariyga kitobiy bir
xayolparastlikdek tuyuladi. Agrada Humoyunnig oliy tabaqani «ahli davlat», «ahli
saodat», «ahli murod» kabi qismlarga bo‘lganlari, butun jamiyatga esa tabiatdagi chor
unsur asosida tartib bermoqchi bo‘lganlarini, eshkakchi Nizomni podsho qilib
Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov
Do'stlaringiz bilan baham: |