Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti sapayeva feruza davlatovna



Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/162
Sana27.01.2022
Hajmi7,5 Mb.
#414202
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   162
Bog'liq
matnshunoslik fanidan maruza mashgulotlarini tashkil etish (1)

َ بوبحم
َ
َ بولقلا
) birikmasi yasalgan.
Bir guruh olimlar bu masalada “izofali birikmalarning arab 
tilidagi yasalish holati imkon qadar oʻzbek tilida ham aks etishi 
mantiqqa yaqinroq” degan qarashni ilgari suryaptilar va amalda 
quyidagi shaklni qoʻllayaptilar: “Mahbubu-l-qulub”. Bu muqobil bir 
necha jihatdan tilimiz tabiatiga muvofiq emas.
Birinchidan
, mazkur birikma orfografik jihatdan noqulay. Asliyat 
yozuvida tabiiy ravishda bitta tushunchani ifodalagan butun birikma 
(
َ بوبحم
َ
َ بولقلا
) oʻzbek tilining kirill yozuviga muvofiqlashtirilgan 
alifbosida ajratuvchi ikkita kichik chiziqcha vositasida uch mustaqil 
boʻlakka boʻlib tashlangan: (mahbubu); (l); (qulub).
Ikkinchidan
, tavsiya qilinayotgan bu shakl fonetik jihatdan tilga 
ogʻir. Asliyat talaffuzida ikki nafasda oʻqiladigan birikma tavsiya 
qilinayotgan mazkur shakl natijasida uch nafasda (uchta pauza bilan) 
oʻqilishi lozim boʻlib qoldi. Bu esa oʻzbek tilining talaffuz tabiatini 
buzishga olib kelgan.
29
Бу фикрнинг тасдиғи учун қўлланма охирида келтирилган адабиётлар рўйхатидаги 
изофали бирикмалар имлосига назар солиш кифоя. 
59


Uchinchidan
, oʻzlashayotgan soʻz oʻz qatlam leksikasiga 
moslashish uchun mezbon til qonuniyatlarini toʻla qabul qilishi, balki 
toʻla ravishda uning qoidalariga boʻysundirilishi shart. Oʻzlashma 
soʻzning imlo va talaffuzi oʻz leksika tarkibida noqulayliklar 
tugʻdiradigan murakkabliklardan xoli, imkon qadar sodda va ixcham 
boʻlishi lozim. Toʻgʻri, balki tor doirada, muayyan ixtisoslikka oid 
ilmiy matnlarda nisbiy bir transkripsiyani ifodalash uchun bu shaklni 
qoʻllasa boʻlar. Ammo ommaviy tartibda bunday shaklning joriy 
etilishi tilimizning talaffuz tabiatini buzadi, har tomonlama 
qiyinchilik tugʻdiradi.
Shuningdek
, “Mahbub ul-qulub” 
va 
“Mahbub ul qulub”
shakllarida ham ayni jihatdan noqulayliklar mavjud. Bizningcha, 
chetdan kirib kelayotgan soʻz imlosini qabul qilishda chet tilning 
grammatik xususiyatlari emas, balki oʻsha soʻzning oʻqilishi va uni 
oʻzbek tili talaffuziga moslashtirish e’tiborga olinishi lozim. Aks 
holda, chet soʻz oʻzlashayotgan tilning emas, oʻzining lisoniy 
qonuniyatlariga qanchalik muvofiqlashtirilsa, uning muhojirligi
shunchalik davom etadi. Bunday harakat tabiiy jarayonni sun’iy 
qiyinlashtirishdan boshqa narsa emas. Shu jihatlarni hisobga 
olganda, yuqoridagi birikmaning imlosi 
“Mahbubul qulub”
shaklida 
boʻlishi maqsadga muvofiq.
Koʻpincha oyat va hadislarning joriy imlodagi ifodasida hatto 
ularning tarjimalarida shunday jiddiy xatolar koʻzga tashlanadi. 
Avvalo, Qur’ondan keltirilayotgan iqtibos mutaxassis nazaridan 
oʻtishi kerak. Qolaversa, oyatlarni kirill harfida yoki originaldan 
boshqa harfda ifodalash shu paytgacha yaxshi natija bermagan. 
Shuning uchun ilmiy nashrlarda Qur’on oyatlarining asliy imlodagi 
shaklini, soʻngra tarjimasini, ommaviy nashrlarda esa faqat 
tarjimaning oʻzini bergan maqul, aslida shu bilan maqsad hosil 
boʻladi.
Soʻfi Olloyorning “Sabotul ojizin” asari matni tabdilida ham 
koʻplab noaniqliklarni kuzatish mumkin. Bunga dalil sifatida 
“Sabotul ojizin”ning 1991-yilning yanvar oyida “Choʻlpon”
30
va shu 
yili mart oyida “Mehnat”
31
nashriyotlarida chop etilgan matnlardan 
30
Сўфи Оллоёр. Саботул ожизин
(
Нашрга тайёрловчи Рашид Зоҳид)

Т.

“Чўлпон” 
1991 
31
Сўфи Оллоёр. Сабот ул-ожизин
(
Нашрга тайёрловчилар Ҳожи Пўлатқори 
Муҳаммад Али

Маҳмуд Ҳасаний

Мирсолиҳ Қосим)

Т.

“Меҳнат” 1991 
60


ayrim misollar keltiramiz. “Choʻlpon” nashrida “Muhabbatsiz 
kishidan qochmoq bayoni” boʻlimida shunday bayt keltiriladi:
Na kim tuzganiga tushsa boʻlur tuz 
Ki andin oʻtsa necha kecha-kunduz
.
 
Baytni izohlab koʻraylik: 
nimaiki, tuzgan yoʻliga tushib olsa, 
oradan qancha muddat oʻtsa ham, toʻgʻri boʻladi
. Mazmun oʻta joʻn. 
Mayli, 
tuzgan yoʻlga
birikmasini 
tuzuk yoʻlga
deb ham koʻraylik. 
Baribir, ma’no ravshan emas. Sababi, birinchi misradagi 
tuzganiga
soʻzi notoʻgʻri oʻqilgan va xato nashrda aynan aks etgan. Aslida bu 
soʻz 
tuz koniga
deb oʻqilishi kerak edi. Shunda ma’no quyidagicha 
boʻladi: nimaiki tuz koniga tushsa, bir necha muddat oʻtib tuzga 
aylanadi. Endi mazmun oydinlashdi va u oldingi baytda keltirilgan 
“yaxshilarga ergashish, yaxshilar suhbatida boʻlish, albatta oʻz 
ta’sirini oʻtkazadi” degan ma’noning mantiqiy davomi boʻlib ulandi. 
Tabiiyki, mazkur soʻzlarning eski oʻzbek yozuvida bir xil shaklda 
ifodalanishi nashrga tayyorlovchini chalgʻitgan. Ammo matnshunos 
uchun bu holat uzr sanalmaydi. 
“Mehnat” nashrida “Nafsi shum bayoni” boʻlimida keltirilgan 
ushbu bayt undan ham oʻtib tushadi:
Riyozat bandigʻa berkit oyogʻin,
Koʻtarma boshidin taqvo tuyogʻin

Taqvo tushunchasi oʻzining asos e’tibori bilan yuksak maqomni 
ifodalaydi. Bu maqomni topgan inson qadriyati shu qadar 
koʻtariladiki, oyogʻi zamindan uzilmasdan, nazari samolarga yetadi, 
yerda turib, Haqqa bogʻlanadi. Shuning uchun ham Qur’oni 
karimning avvalgi suralari, avvalgi oyatlaridanoq taqvo haqida soʻz 
boradi, bu ulugʻ Kitobning faqat taqvo egalarini toʻgʻri yoʻlga 
boshlashi eslatiladi. Tabiiyki, taqvo tushunchasi zamiridagi bu oliy 
mazmun mumtoz matnlarda butun badiiyati bilan baland pardalarda 
vasf etilgan. 

Download 7,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish