Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti sapayeva feruza davlatovna


(Ma’ruza mashgʻulotini oʻqituvchi tomonidan oldindan



Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/162
Sana27.01.2022
Hajmi7,5 Mb.
#414202
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   162
Bog'liq
matnshunoslik fanidan maruza mashgulotlarini tashkil etish (1)

 (Ma’ruza mashgʻulotini oʻqituvchi tomonidan oldindan 
topshiriq asosida tayyorlanib kelgan talaba davom ettirib oʻqiydi. 
Bu usul auditoriya iqlimini muvozanatda ushlashga yanada 
samarali yordam beradi. Sababi, boshqa talabalarda ham ma’ruza 
56


oʻqish, oʻz bilimini namoyish etish hissi uygʻonadi, ijobiy raqobatni 
yuzaga kelishiga zamin yaratadi) 
Oʻzbek matnshunosligi shu paytgacha, shubhasiz, salmoqli 
yutuqlarni qoʻlga kiritdi. Bu yutuqlar, ayniqsa, ulugʻ mutafakkir 
Alisher Navoiy asarlarini oʻrganishda yaqqolroq koʻzga tashlanadi. 
Porso Shamsiyev, Gʻulom Karimov, Hamid Sulaymon, Aziz 
Qayumov, Suyima Gʻaniyeva singari ustoz olimlarning bu boradagi 
faoliyati tahsinga loyiq. “Xamsa”, “Mezon ul-avzon”, “Majolis un-
nafois” kabi benazir asarlarning ilmiy-tanqidiy matni yaratilgani 
navoiyshunoslikni yangi bosqichga yuksaltirgani bugun hech kimga 
sir emas. Matnshunoslikda erishilgan bu yutuqlar keyingi davrda 
Bobur, Ogahiy, Furqat va boshqa mumtoz shoirlar, ijodkorlar merosi 
misolida davom ettirilayotgani quvonarli hol. Biz bunga ikkita misol 
keltirish bilan cheklanamiz. Birinchisi, Muhammad Rizo Ogahiyning 
dunyoda 
yagona 
qoʻlyozma 
nusxasi 
Sankt-Peterburgda 
saqlanayotgan “Shohid ul-iqbol” asarining matnshunoslik aspektida 
tadqiq qilingani, asar matnining ilmiy izohlar, koʻrsatkichlar bilan 
nashr etilgani bu sohada soʻnggi yillarda qoʻlga kiritilgan salmoqli 
yutuqlardandir. Ikkinchisi, Mutribiyning “Tazkirat ush-shuaro” 
hamda “Nusxayi zeboyi Jahongir” asarlari tadqiqi asosida yaratilgan 
monografiya. Salohiyatli olimlar Nafas Shodmonov va Ismoil 
Bekjonovning bu ishlari faqat muayyan asarlarning teran 
oʻrganilgani bilangina emas, matnshunoslikning bir qancha nazariy-
metodologik masalalari hal etilgani bilan ham ahamiyatlidir. Oʻzbek 
matnshunosligining asosiy yoʻnalishlaridan biri ulugʻ shoir va 
mutafakkir Alisher Navoiy asarlari matnini tayyorlashdir. Bu sohada 
muayyan ishlar qilingan. Shoirning bir qancha asarlarining ilmiy-
tanqidiy matnlari yaratilgan. Lekin hali qilinadigan ishlar koʻp. 
Jumladan, Navoiyning nasriy merosi orasida hali ilmiy-tanqidiy 
matnlari tuzilmagan asarlar bor. Mana shu yoʻnalishda tadqiqotlar 
olib borish mazkur asarlarning barcha ilmiy talablarga javob 
beradigan yuqori saviyadagi ilmiy-tanqidiy matnlarini tayyorlash 
navoiyshunos olimlar oldida turgan muhim vazifalardan sanaladi. 
Mazkur ishlarni amalga oshirishda bizga ibrat, namuna, ayni paytda, 
tajriba maktabi boʻlib xizmat qiladigan tadqiqotlar bor. Bu oʻrinda 
biz “Mahbub ul-qulub”ning atoqli olim Kononov tomonidan 
tayyorlangan ilmiy-tanqidiy matni yoki “Majolis un-nafois”ning 
57


taniqli adabiyotshunos olima Suyima Gʻaniyeva tomonidan 
tayyorlangan 
ilmiy-tanqidiy 
matni 
singari ishlarni 
nazarda 
tutmoqdamiz. Matnshunoslikning klassik (mumtoz) namunalari 
boʻlib qolgan bunday ishlar hech qachon oʻz qimmatini yoʻqotmaydi. 
Bugun respublikamizda faoliyat koʻrsatayotgan fondlarning 
deyarli barchasida mavjud qoʻlyozma va toshbosma manbalarning 
ichki katalogini tuzish ishi nihoyasiga yetgan, har bir manba haqidagi
dastlabki ma’lumotlar elektron shaklda yigʻilgan. Navbatdagi 
bosqichda mazkur manbalar boʻyicha qilinayotgan turli sathdagi 
ilmiy 
tadqiqotlarni 
monografik 
planda 
chuqurlashtirish, 
matnshunosligimizning ilmiy-tanqidiy matn tuzish yoʻlida orttirilgan 
boy tajribalaridan foydalanib, oʻtgan avlod shiddat bilan boshlagan 
ishni himmat va shijoat bilan davom ettirishimiz lozim. Ana 
shundagina ota-bobolarimizdan meros qolgan bu bebaho ilm 
xazinasining haqiqiy vorisiga aylanamiz.
Ba’zan mumtoz adabiyot matnlarining eski oʻzbek yozuvidan 
joriy alifboga tabdilida, mazkur matnlarning talqinida yoppasiga 
savodsizlikni kuzatamiz. “Yoppasiga” deyishimizdan maqsad, tabdil 
qilingan ayrim matnlardagi xatolar nafaqat shaklda, balki ma’noda 
ham, talqinda ham bir yo ikki oʻrinda emas, ketma-ket, qatorasiga 
sodir 
etiladi. 
Ayniqsa, 
arabiy 
soʻz, 
jumla, 
matnlarni 
oʻzbekchalashtirishda oʻta e’tiborsiz va mas’uliyatsiz yondashuvlar, 
tarjimada oʻzbek tilini dominant sifatida bilmaslik va natijada oʻzbek 
tilining talaffuz tabiatini hisobga olmasdan boshqa tillarga sun’iy 
tarzda moslashtirishlar, maxsus tushuncha va istilohlarni izohsiz, 
bilib-bilmasdan qoʻllash tufayli qoʻpol xatolarga yoʻl qoʻyilyapti. 
Masalan, yozma va ogʻzaki nutqda joriy boʻlgan, tilimizga 
allaqachon oʻzlashib ketgan “Olloyor” soʻzini yozuvda “Ollohyor”, 
“Allohyor” deb yozish va zoʻrma-zoʻraki talaffuz qilishga oʻzni 
majburlashning sababi nimada?
28
Agar buni e’tiqodga daxldor 
masala deb qaralayotgan boʻlsa, kamida kaltabinlik qilinayotgan 
boʻladi. Sogʻlom aqida koʻr-koʻrona taqlid bilan emas, xolis ilm 
bilan barpo boʻladi. Dunyodagi barcha xalqlar, qabila-elatlar oʻziga 
xos tili bilan yaratilgan. Ona tili, uning tabiati, barcha qonun-
28
Мисоллар

Сувонқулов И. Сўфи Оллоҳёр ва унинг адабий анъаналари

фил.фан.док.дисс.Т.

1997; Баратова Н. Сўфи Оллоҳёрнинг бадиий-маънавий 
қарашлари.С.

2002; Сўфи Аллоҳёр. Халқаро илмий анжуман материаллари. «Ал-Ҳудо»-
«Мовароуннаҳр»

Теҳрон –Тошкент

2005.) 
58


qoidalari har bir xalqning belgilab qoʻyilgan daxlsiz huquqi. Bu 
haqqa tajovuz qilish haqiqatga qarshi borishdan boshqa narsa emas.
Arabcha izofali birikmalar imlosida ham tilimizda xilma-xilliklar 
kuzatilyapti.
29
Masalan, 

Download 7,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish