Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti sapayeva feruza davlatovna


nashrlar mumtoz adabiyotning qimmatini bir oz tushiradi



Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/162
Sana27.01.2022
Hajmi7,5 Mb.
#414202
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   162
Bog'liq
matnshunoslik fanidan maruza mashgulotlarini tashkil etish (1)

nashrlar mumtoz adabiyotning qimmatini bir oz tushiradi
, xolos. 
Matnshunoslik bir yozuvdan boshqasiga harf agʻdarishdan 
iborat emas.
Yoki duch kelgan matnni olib, majmua yasashdan ham 
hech kim naf koʻrmaydi. Matnshunos, birinchi navbatda, matnni did 
va savodxonlik bilan tayyorlash malakasiga ega boʻlsa, majmua 
tuzuvchilar uchun ham, kelgusi avlodlar uchun ham katta ish qilgan 
boʻladi. Matndagi xato majmuada ham davom etaversa, bora-bora 
mumtoz adabiyotning qiyofasiga dogʻ tushadi. Ikkinchidan, matn 
talabaga yoki keng ommaga moʻljallanganda, albatta, lugʻat va 
izohlar bilan ta’minlanishi kerak. Umuman, matn tayyorlash va shu 
asosda majmualar tuzish bir-biriga bogʻliq jarayon ekanini har doim 
e’tiborda tutishimiz lozim. 
55


Bugungi kunda matnshunosligimiz oldida jiddiy vazifalar turibdi. 
Jumladan, koʻplab asarlarning ilmiy-tanqidiy matnlarini tayyorlash 
zarur. Shu kungacha Lutfiy, Sakkokiy singari shoirlar asarlari bosilib 
chiqqan. Biroq ular devonlarining mukammal nashrlarini tayyorlash 
lozim. Mana, yaqinda Lutfiyning avvalgi nashrlariga kirmay qolgan 
she’rlarini Anqara nashri asosida chop etildi. “Majolis un-nafois” 
izohlari bilan nashr qilinmoqda. Kelgusida Lutfiy devonining 
mukammal nashrini tayyorlashimiz lozim. Sakkokiy va yana boshqa 
koʻp shoirlarning mukammal nashrlarini tayyorlashni yoʻlga qoʻyish 
zarur. Alisher Navoiy asarlari nashrlari ustida ham amalga 
oshiriladigan ishlar talaygina. Masalan, shoir asarlarining akademik 
(ilmiy), ilmiy-ommabop nashrlarini tayyorlash kerak. Ularni 
tayyorlashda, albatta, shu kungacha chiqqan nashrlardan foydalanish 
bilan birga qoʻlyozmalarga ham qayta murojaat etish lozim. 
Matnshunoslikdagi ilmiy-tanqidiy matn, chogʻishtirma matn, ilmiy 
nashr, ilmiy-ommabop nashr kabi tushunchalarni, ular oʻrtasidagi 
farqlarni tushunib yetishimiz kerak. Chop etilayotgan asarga ilova 
qilinadigan sharh va izohlar, lugʻatlar ham shunga qarab belgilanishi 
lozim. Shu paytgacha bizda “Xazoyin ul-maoniy”ning ilmiy matni 
mavjud emas. Bizning nazarimizda, keyingi yillardagi dastlabki 
mukammal nashr hisoblangan “Xazoyin ul-maoniy” (1959 – 1960), 
keyingi 20 jildlikka kirgan devonlar ham ilmiy-tanqidiy matn asosida 
chop etilmagan. Albatta, ularni tayyorlash uchun koʻp mehnat 
sarflangan, katta-katta olimlarimiz jiddiy izlanishlar olib borganlar. 
Shunday boʻlsa-da, “Xazoin ul-maoniy”ning ilmiy-tanqidiy matnini 
yaratish bugungi kunning dolzarb muammolaridan. Yana, “Xamsa” 
dostonlarini izohlari bilan qayta nashr etishga ehtiyoj bor. 
Nashrlardagi kichik xatolarni izlab vaqt sarflash oʻrniga, kattaroq – 
xalq uchun foydaliroq ishlar bilan shugʻullanish kerak. Tarjima 
asarlarning tabdilini tayyorlayotganda asliyatga solishtirishdan 
erinmaslik kerak. Matnshunoslik, manbashunoslik sohalari shoshma-
shosharlikni yoqtirmaydi… 
* * * 

Download 7,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish