Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti sapayeva feruza davlatovna


Umar ibn Xattob Qur’onni yod bilgan



Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/162
Sana27.01.2022
Hajmi7,5 Mb.
#414202
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   162
Bog'liq
matnshunoslik fanidan maruza mashgulotlarini tashkil etish (1)

Umar ibn Xattob Qur’onni yod bilgan 
qorilarning oʻlimi tufayli Qur’on oyatlari unutilishidan qoʻrqadi. 
Abu Bakr Siddiq Umar ibn Xattobdan Qur’onni jam qilishga 
buyurishini soʻraydi. Qur’on matni unutilish, qoʻshilish yoki 
buzilishidan xavflanib, qayta koʻchirildi. Bu ish Zayd ibn 
Sobitga topshiriladi. U xurmo poʻstloqlariga, toshlarga yozilgan 
oyatlarlarni yigʻib, oyatlarni yod olgan odamlardan eshitib, 
Qur’onni jamlay boshlaydi. Qur’on sahifalari dastlab Abu Bakr 
Siddiqda, uning vafotidan soʻng Umar ibn Xattobda, soʻngra 
Umar ibn Xattobning qizi Hafsada saqlandi. 
Soʻngra Usmon ibn Affon xalifaligi davriga kelib qiroatda ixtilof 
paydo boʻlishi sababli sahobalar orasida xavfsirash kuchaydi. 
Shuning oqibatida Usmon ibn Affon Umar ibn Xattobning qizi 
Hafsadan Mushafni koʻchirib olish uchun berib turishini soʻraydi. 
Umar ibn Xattob Zayd ibn Sobit, Abdulloh ibn Zubayr, Said ibn Os, 
Abdurahmon ibn Horis va Ibn Hishomga Mushafdan nusxalar olishni 
buyurdi. Ular Mushaf nusxalarini koʻpaytira boshladilar. Usmon ibn 
Affon koʻchirilgan nusxalarni dunyoning toʻrt tarafiga joʻnatdi va 
Qur’onning ushbu nusxalaridan boshqa barcha nusxalarini yoqib 
yuborishni buyurdi. Zayd ibn Sobit Qur’onni jamlagan birinchi kotib 
hisoblanadi.
34
Mushaf matnini tayyorlashda eng yaxshi yozadigan, arab tilini 
yaxshi biladigan hamda Qur’on quraysh tilida nozil boʻlganligi 
sababli qurayshlik ilm kishilari tanlangan. Abdusattor Shayxning 
“Abdulloh ibn Mas’ud” kitobida Qur’on matnini jamlashdagi 
usmoniy usulning asosiylari quyidagilar deb koʻrsatiladi:
1.
Qur’on matni uchun Hafsa onamizda saqlangan Qur’on 
juz’lariga suyanish asos boʻldi. Bu juz’lar Paygʻambar alayhissalom 
buyruqlari bilan yozilgan asliyatga toʻla muvofiq edi. 
2.
Har bir oyatning manbasi aniqlandi. Ixtilofli hollarda quraysh 
lugʻatiga murojaat etildi.
34
Қаранг

Абдусаттор Шайх. Абдуллоҳ ибн Масъуд
.
Таржимон ва изоҳлар 
муаллифи Абдурашид Зоҳид. –Т.

Мовароуннаҳр

2004. –Б.104 –105.
70


3.
Qur’onni jamlash hay’ati Paygʻambar alayhissalomdan sobit 
boʻlgan muborak soʻz yo jumlani yozishda uni bitta jihat bilan 
chegaralab, qusurli qilib qoʻyadigan har qanday alomatdan saqlandi.
4.
Bosh Mushafni kitobat qilish ishi tugagach, endi barcha 
mushaflar bosh Mushafdagi tartibda koʻchirilishi uqtirildi. Zayd ibn 
Sobit bosh Mushafni bir necha marta sinchkovlik bilan koʻzdan 
kechirdi. Keyin musulmonlar xalifasining oʻzi ham bu Mushafni 
e’tibor bilan koʻchirib chiqdi va hech narsa unutib qoldirilmaganini 
ta’kidladi
35

Bundan koʻrinadiki, Qur’on matnini tiklashda matn tarixi tanqidi 
masalasi asosiy boʻlib, manbaning tashqi va ichki jihatlari tekshiruv 
obyekti hisoblangan. Ilmiy-nazariy va amaliy metodlar bilan manba 
matniga mantiqan yondashilgan. Qur’on matnini tiklash ishlari 
filologik tekshiruvlar ham edi. Usmoniy Mushaf keng tarqalgach, 
soʻzlardagi xilma-xillikka barham berildi, sahobalardan hech kim 
Qur’on qiroatida lafziy ixtilofga bormadi.
A.Habibullayev ilk islom davri madaniyatida matnni tiklash 
ishlari uch xil shaklda bajarilganligini qayd etadi. Olimning 
tekshiruvlari boʻyicha, bular: mavjud matnlarni aynan koʻchirish, 
asarning mazmunini oʻz talqinida bayon etish va folklor 
matnshunoslikdir.
36
Yana qoʻshimcha qilish mumkinki, islom 
dunyosida matniy ishlarning rivoji bevosita Qur’onning mushaf 
holiga keltirilishi bilan bogʻlanar ekan, matn mazmuni, shaklining 
mukammal va tugal boʻlishi asosiy edi. Chunki Qur’on boshqa qayta 
tuzilmadi. Bu islom madaniyatidagi matn bilan bogʻliq ishlarning 
eng kattasi, mas’uliyatlisi va e’tiborlisi boʻldi. 
Matnshunoslik tarixiy taraqqiyotini kuzatish uchun Qur’on matni 
ma’nosini yechish, sharhlash, tafsir etish yoki hadislar matnini 
yigʻish kabi jarayonlar tahlili muhim manba boʻla oladi.
Matnshunoslikning shakllanib borishi yana qomusiy olimlar Abu 
Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, 
Mahmud Qoshgʻariylarning manbalarni yigʻish, saqlash va, asosiysi,
matn yaratishdagi ilmiy-nazariy xulosalari hamda olib borgan amaliy 
ishlari bilan bogʻlanadi. Xususan, Forobiyning falsafa, arifmetika, 
35
Қаранг

Абдусаттор Шайх. Абдуллоҳ ибн Масъуд. Таржимон ва изоҳлар 
муаллифи Абдурашид Зоҳид. –Т.

Мовароуннаҳр

2004. – Б.110–112.
36
Қаранг

Ҳабибуллаев А. Адабий манбашунослик ва матншунослик.–Т.

Тошкент 
давлат шарқшунослик институти

2000. – Б.97.
71


handasa, musiqa, tabiat, kimyo, tibbiyot kabi fanlar sohasidagi 
kashfiyotlari bilan birga tilshunoslik, she’riyat, notiqlik san’ati, 
xattotlikka oid asarlari keng tarqalgan. U “Xattotlik haqida kitob” 
(“Kitob fi san’at at-kitobat”) asarida aynan yozuv turlari va xattotlik 
mahorati masalalariga ahamiyat qaratgan.
XI asrning mashhur mutafakkir shoirlaridan Yusuf Xos Hojib 
“Qutadgʻu bilig” asarida bitigchi, ya’ni kotib toʻgʻrisida mulohaza 
qilib, uning jamiyatdagi mavqeidan shunday bahs yuritadi:
Kotib bilimli, zakovatli boʻlishi kerak,
Xati chiroyli, soʻzga usta, ezgu fol boʻlishi kerak. 
Maktubda xat chiroyli boʻlsa, koʻngil ochiladi,
Boqsa oʻqigisi keladi, koʻngil quvonadi. 
Agar fasohat bilan (xush) xat tenglashsa,
Bu yozma nutq tili juda ezgu til boʻladi. 
Ilaning sirga yaqini nima deydi, eshitgin:
Yozma nutq usuli juda yaxshi usuldir.
Barcha ezgu soʻzlar yozuvda boʻladi,
Yozilgan boʻlganligi uchun soʻz unutilmaydi, (abadiy) qoladi.
37
 
Shu bilan birga, Yusuf Xos Hojib hamma el ishini xat izga 
solishi, yozuv tufayli barcha daromadlar qoʻlga kiritilishi, davlat 
boshqarilishi ham qalam bilan boʻlishini ta’kidlaydi. Shoir kotib tilni, 
yozuvni buzsa, xoʻjasining boshini yeydi yoki boshini olgudek 
boʻladi, deb aytish orqali kotibning mas’uliyati qanchalik katta 
ekanligini koʻrsatadi. Yusuf Xos Hojib bunday fikrlarini quyidagicha 
bayon etadi:
Kotib ichimlik ichsa, bilimdan yanglishadi,
Bilimdan yanglishgan yozuvda xato qiladi. 
Kotib kechasi ham kunduzi elda (boʻlishi) kerak,
Qachon talab qilinsa, oʻsha paytda (boʻlishi) kerak. 
Bu ikki kishini odamlar orasidan tanlab ol,
Soʻng ularga bu ikki ishni bergin. 
Biri – xati aniq kotib,
Biri – tili mavzun elchi.
Yaqin-yovuqda yoki yot, begona (ellar)orasida,
Adovat sodir boʻladigan boʻlsa, bulardan koʻrgin. 
Ish orqaga ketsa, shu ikki kishi tufayli ketadi,
37
Юсуф Хос Ҳожиб. Қутадғу билиг. – Т.

Фан

1971. – Б.431– 433. 
72


Ishga rivoj bersa, shu ikki kishi beradi. 
Biri – yozuvda soʻzdan yanglishganda,
Biri – tili bilan (shu) soʻzni tuzatsa. 
Kotib bu yangligʻ (boʻlishi) kerak, ey elig,
Unga ishonsa, qoʻl bersa[ya’ni ish topshirsa] boʻladi.
38
 
Shoirning mulohazasi, bir tomondan, kotib xulq-atvori uning 
xatida ham namoyon boʻlishini ta’kidlashi bilan diqqatga sazovor 
boʻlsa, ikkinchi tomondan, xat matni aniq va ravshan yozilmasa, 
soʻzni anglashda yanglishlik paydo boʻlib, koʻngilsiz voqealarga 
sabab boʻlishiga ham ishoradir.
Temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat bilan birga qoʻlyozma 
nusxalarga boʻlgan munosabatlar ancha rivoj topdi. Shohrux 
zamonida Hirot shahri davlatning siyosiy markaziga aylandi. 
Shohruxning oʻgʻli va ayni vaqtda vaziri Boysungʻur mirzo 
nihoyatda nozikta’b, adabiyot va san’at muxlisi, hunar ahlining 
jonkuyar homiysi edi. “Mirzo Ulugʻbek astronomiya va handasada 
oʻz davrida yagona boʻlgani kabi Boysungʻur mirzo she’r va xatda 
oʻz davrining eng mashhur kishisi edi”
39

Boysungʻur mirzo Hirotda ulkan kutubxona ta’sis etadi. 
Kutubxonada 40 nafar yetuk hunar egalari toʻplanadi. Bular: 
xushnavis xattotlar, kitob tuzish uchun qogʻoz tayyorlovchilar, 
muqovasoz, ya’ni sahifalarni toʻplab kitob holiga keltiruvchilar, 
kitob koʻchirilib, muqovalangach, sahifalarga surat chizuvchilar
oltinrang bilan naqshlovchilar, nodir kitoblarga charm yoki boshqa 
bir qimmatbaho matodan jild yasovchilar, toʻzigan kitoblarni qayta 
tiklovchilar, sahifalar hoshiyasi va yozuv oralariga oltin yoki kumush 
rang purkab bezatuvchilar kabi hunarmand kishilar edi. Boysungʻur 
mirzoning oʻzi ham mohir xattot boʻlib, u olti xil yozuvni mukammal 
bilgani, ayniqsa, suls yozuviga mohirligi haqida ma’lumotlar bor. 
Boysungʻur mirzo kutubxonasida kitob koʻchirish bilan birga 
qoʻlyozma nusxaning yigʻma matnini tiklash ishlari ham olib 
borilgan. Boysungʻur mirzo boshliq hunar egalari Firdavsiy 
“Shohnoma”sining turli qoʻlyozma nusxalarini toʻplab birinchi bor 
toʻliq va mukammal nusxada koʻchiradilar. Mazkur qoʻlyozma Ja’far 
Tabriziy tomonidan 1425 –1430-yillari koʻchirilib, musavvirlar uni 
38
Юсуф Хос Ҳожиб. Қутадғу билиг. – Т.

Фан

1971. – Б.437. 
39
Муродов А. Ўрта Осиё хаттотлик санъати тарихидан. – Т.

Фан

1971. – Б.51.
73


yigirmata 
surat 
bilan 
tasvir 
etadilar. 
Boysungʻur 
mirzo 
“Shohnoma”ning bu nusxasiga muqaddima yozadi va u adabiyot 
tarixida “Boysungʻur muqaddimasi” nomi bilan mashhurdir. Mazkur 
“Shohnoma” va oʻsha davrda koʻchirilgan “Kalila va Dimna”ning 
nodir nusxasi (unda 35 surat bor, 1460-yili koʻchirilgan) ayni 
zamonada Tehrondagi Guliston saroyi muzeyida saqlanmoqda.
40

Download 7,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish