Umar ibn Xattob Qur’onni yod bilgan
qorilarning oʻlimi tufayli Qur’on oyatlari unutilishidan qoʻrqadi.
Abu Bakr Siddiq Umar ibn Xattobdan Qur’onni jam qilishga
buyurishini soʻraydi. Qur’on matni unutilish, qoʻshilish yoki
buzilishidan xavflanib, qayta koʻchirildi. Bu ish Zayd ibn
Sobitga topshiriladi. U xurmo poʻstloqlariga, toshlarga yozilgan
oyatlarlarni yigʻib, oyatlarni yod olgan odamlardan eshitib,
Qur’onni jamlay boshlaydi. Qur’on sahifalari dastlab Abu Bakr
Siddiqda, uning vafotidan soʻng Umar ibn Xattobda, soʻngra
Umar ibn Xattobning qizi Hafsada saqlandi.
Soʻngra Usmon ibn Affon xalifaligi davriga kelib qiroatda ixtilof
paydo boʻlishi sababli sahobalar orasida xavfsirash kuchaydi.
Shuning oqibatida Usmon ibn Affon Umar ibn Xattobning qizi
Hafsadan Mushafni koʻchirib olish uchun berib turishini soʻraydi.
Umar ibn Xattob Zayd ibn Sobit, Abdulloh ibn Zubayr, Said ibn Os,
Abdurahmon ibn Horis va Ibn Hishomga Mushafdan nusxalar olishni
buyurdi. Ular Mushaf nusxalarini koʻpaytira boshladilar. Usmon ibn
Affon koʻchirilgan nusxalarni dunyoning toʻrt tarafiga joʻnatdi va
Qur’onning ushbu nusxalaridan boshqa barcha nusxalarini yoqib
yuborishni buyurdi. Zayd ibn Sobit Qur’onni jamlagan birinchi kotib
hisoblanadi.
34
Mushaf matnini tayyorlashda eng yaxshi yozadigan, arab tilini
yaxshi biladigan hamda Qur’on quraysh tilida nozil boʻlganligi
sababli qurayshlik ilm kishilari tanlangan. Abdusattor Shayxning
“Abdulloh ibn Mas’ud” kitobida Qur’on matnini jamlashdagi
usmoniy usulning asosiylari quyidagilar deb koʻrsatiladi:
1.
Qur’on matni uchun Hafsa onamizda saqlangan Qur’on
juz’lariga suyanish asos boʻldi. Bu juz’lar Paygʻambar alayhissalom
buyruqlari bilan yozilgan asliyatga toʻla muvofiq edi.
2.
Har bir oyatning manbasi aniqlandi. Ixtilofli hollarda quraysh
lugʻatiga murojaat etildi.
34
Қаранг
:
Абдусаттор Шайх. Абдуллоҳ ибн Масъуд
.
Таржимон ва изоҳлар
муаллифи Абдурашид Зоҳид. –Т.
:
Мовароуннаҳр
,
2004. –Б.104 –105.
70
3.
Qur’onni jamlash hay’ati Paygʻambar alayhissalomdan sobit
boʻlgan muborak soʻz yo jumlani yozishda uni bitta jihat bilan
chegaralab, qusurli qilib qoʻyadigan har qanday alomatdan saqlandi.
4.
Bosh Mushafni kitobat qilish ishi tugagach, endi barcha
mushaflar bosh Mushafdagi tartibda koʻchirilishi uqtirildi. Zayd ibn
Sobit bosh Mushafni bir necha marta sinchkovlik bilan koʻzdan
kechirdi. Keyin musulmonlar xalifasining oʻzi ham bu Mushafni
e’tibor bilan koʻchirib chiqdi va hech narsa unutib qoldirilmaganini
ta’kidladi
35
.
Bundan koʻrinadiki, Qur’on matnini tiklashda matn tarixi tanqidi
masalasi asosiy boʻlib, manbaning tashqi va ichki jihatlari tekshiruv
obyekti hisoblangan. Ilmiy-nazariy va amaliy metodlar bilan manba
matniga mantiqan yondashilgan. Qur’on matnini tiklash ishlari
filologik tekshiruvlar ham edi. Usmoniy Mushaf keng tarqalgach,
soʻzlardagi xilma-xillikka barham berildi, sahobalardan hech kim
Qur’on qiroatida lafziy ixtilofga bormadi.
A.Habibullayev ilk islom davri madaniyatida matnni tiklash
ishlari uch xil shaklda bajarilganligini qayd etadi. Olimning
tekshiruvlari boʻyicha, bular: mavjud matnlarni aynan koʻchirish,
asarning mazmunini oʻz talqinida bayon etish va folklor
matnshunoslikdir.
36
Yana qoʻshimcha qilish mumkinki, islom
dunyosida matniy ishlarning rivoji bevosita Qur’onning mushaf
holiga keltirilishi bilan bogʻlanar ekan, matn mazmuni, shaklining
mukammal va tugal boʻlishi asosiy edi. Chunki Qur’on boshqa qayta
tuzilmadi. Bu islom madaniyatidagi matn bilan bogʻliq ishlarning
eng kattasi, mas’uliyatlisi va e’tiborlisi boʻldi.
Matnshunoslik tarixiy taraqqiyotini kuzatish uchun Qur’on matni
ma’nosini yechish, sharhlash, tafsir etish yoki hadislar matnini
yigʻish kabi jarayonlar tahlili muhim manba boʻla oladi.
Matnshunoslikning shakllanib borishi yana qomusiy olimlar Abu
Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib,
Mahmud Qoshgʻariylarning manbalarni yigʻish, saqlash va, asosiysi,
matn yaratishdagi ilmiy-nazariy xulosalari hamda olib borgan amaliy
ishlari bilan bogʻlanadi. Xususan, Forobiyning falsafa, arifmetika,
35
Қаранг
:
Абдусаттор Шайх. Абдуллоҳ ибн Масъуд. Таржимон ва изоҳлар
муаллифи Абдурашид Зоҳид. –Т.
:
Мовароуннаҳр
,
2004. – Б.110–112.
36
Қаранг
:
Ҳабибуллаев А. Адабий манбашунослик ва матншунослик.–Т.
:
Тошкент
давлат шарқшунослик институти
,
2000. – Б.97.
71
handasa, musiqa, tabiat, kimyo, tibbiyot kabi fanlar sohasidagi
kashfiyotlari bilan birga tilshunoslik, she’riyat, notiqlik san’ati,
xattotlikka oid asarlari keng tarqalgan. U “Xattotlik haqida kitob”
(“Kitob fi san’at at-kitobat”) asarida aynan yozuv turlari va xattotlik
mahorati masalalariga ahamiyat qaratgan.
XI asrning mashhur mutafakkir shoirlaridan Yusuf Xos Hojib
“Qutadgʻu bilig” asarida bitigchi, ya’ni kotib toʻgʻrisida mulohaza
qilib, uning jamiyatdagi mavqeidan shunday bahs yuritadi:
Kotib bilimli, zakovatli boʻlishi kerak,
Xati chiroyli, soʻzga usta, ezgu fol boʻlishi kerak.
Maktubda xat chiroyli boʻlsa, koʻngil ochiladi,
Boqsa oʻqigisi keladi, koʻngil quvonadi.
Agar fasohat bilan (xush) xat tenglashsa,
Bu yozma nutq tili juda ezgu til boʻladi.
Ilaning sirga yaqini nima deydi, eshitgin:
Yozma nutq usuli juda yaxshi usuldir.
Barcha ezgu soʻzlar yozuvda boʻladi,
Yozilgan boʻlganligi uchun soʻz unutilmaydi, (abadiy) qoladi.
37
Shu bilan birga, Yusuf Xos Hojib hamma el ishini xat izga
solishi, yozuv tufayli barcha daromadlar qoʻlga kiritilishi, davlat
boshqarilishi ham qalam bilan boʻlishini ta’kidlaydi. Shoir kotib tilni,
yozuvni buzsa, xoʻjasining boshini yeydi yoki boshini olgudek
boʻladi, deb aytish orqali kotibning mas’uliyati qanchalik katta
ekanligini koʻrsatadi. Yusuf Xos Hojib bunday fikrlarini quyidagicha
bayon etadi:
Kotib ichimlik ichsa, bilimdan yanglishadi,
Bilimdan yanglishgan yozuvda xato qiladi.
Kotib kechasi ham kunduzi elda (boʻlishi) kerak,
Qachon talab qilinsa, oʻsha paytda (boʻlishi) kerak.
Bu ikki kishini odamlar orasidan tanlab ol,
Soʻng ularga bu ikki ishni bergin.
Biri – xati aniq kotib,
Biri – tili mavzun elchi.
Yaqin-yovuqda yoki yot, begona (ellar)orasida,
Adovat sodir boʻladigan boʻlsa, bulardan koʻrgin.
Ish orqaga ketsa, shu ikki kishi tufayli ketadi,
37
Юсуф Хос Ҳожиб. Қутадғу билиг. – Т.
:
Фан
,
1971. – Б.431– 433.
72
Ishga rivoj bersa, shu ikki kishi beradi.
Biri – yozuvda soʻzdan yanglishganda,
Biri – tili bilan (shu) soʻzni tuzatsa.
Kotib bu yangligʻ (boʻlishi) kerak, ey elig,
Unga ishonsa, qoʻl bersa[ya’ni ish topshirsa] boʻladi.
38
Shoirning mulohazasi, bir tomondan, kotib xulq-atvori uning
xatida ham namoyon boʻlishini ta’kidlashi bilan diqqatga sazovor
boʻlsa, ikkinchi tomondan, xat matni aniq va ravshan yozilmasa,
soʻzni anglashda yanglishlik paydo boʻlib, koʻngilsiz voqealarga
sabab boʻlishiga ham ishoradir.
Temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat bilan birga qoʻlyozma
nusxalarga boʻlgan munosabatlar ancha rivoj topdi. Shohrux
zamonida Hirot shahri davlatning siyosiy markaziga aylandi.
Shohruxning oʻgʻli va ayni vaqtda vaziri Boysungʻur mirzo
nihoyatda nozikta’b, adabiyot va san’at muxlisi, hunar ahlining
jonkuyar homiysi edi. “Mirzo Ulugʻbek astronomiya va handasada
oʻz davrida yagona boʻlgani kabi Boysungʻur mirzo she’r va xatda
oʻz davrining eng mashhur kishisi edi”
39
.
Boysungʻur mirzo Hirotda ulkan kutubxona ta’sis etadi.
Kutubxonada 40 nafar yetuk hunar egalari toʻplanadi. Bular:
xushnavis xattotlar, kitob tuzish uchun qogʻoz tayyorlovchilar,
muqovasoz, ya’ni sahifalarni toʻplab kitob holiga keltiruvchilar,
kitob koʻchirilib, muqovalangach, sahifalarga surat chizuvchilar,
oltinrang bilan naqshlovchilar, nodir kitoblarga charm yoki boshqa
bir qimmatbaho matodan jild yasovchilar, toʻzigan kitoblarni qayta
tiklovchilar, sahifalar hoshiyasi va yozuv oralariga oltin yoki kumush
rang purkab bezatuvchilar kabi hunarmand kishilar edi. Boysungʻur
mirzoning oʻzi ham mohir xattot boʻlib, u olti xil yozuvni mukammal
bilgani, ayniqsa, suls yozuviga mohirligi haqida ma’lumotlar bor.
Boysungʻur mirzo kutubxonasida kitob koʻchirish bilan birga
qoʻlyozma nusxaning yigʻma matnini tiklash ishlari ham olib
borilgan. Boysungʻur mirzo boshliq hunar egalari Firdavsiy
“Shohnoma”sining turli qoʻlyozma nusxalarini toʻplab birinchi bor
toʻliq va mukammal nusxada koʻchiradilar. Mazkur qoʻlyozma Ja’far
Tabriziy tomonidan 1425 –1430-yillari koʻchirilib, musavvirlar uni
38
Юсуф Хос Ҳожиб. Қутадғу билиг. – Т.
:
Фан
,
1971. – Б.437.
39
Муродов А. Ўрта Осиё хаттотлик санъати тарихидан. – Т.
:
Фан
,
1971. – Б.51.
73
yigirmata
surat
bilan
tasvir
etadilar.
Boysungʻur
mirzo
“Shohnoma”ning bu nusxasiga muqaddima yozadi va u adabiyot
tarixida “Boysungʻur muqaddimasi” nomi bilan mashhurdir. Mazkur
“Shohnoma” va oʻsha davrda koʻchirilgan “Kalila va Dimna”ning
nodir nusxasi (unda 35 surat bor, 1460-yili koʻchirilgan) ayni
zamonada Tehrondagi Guliston saroyi muzeyida saqlanmoqda.
40
Do'stlaringiz bilan baham: |