Nasimxon rahmonov


“O„g„uznoma”da tush motivi



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

“O„g„uznoma”da tush motivi
. ―O‗g‗uznoma‖da tush motivi ham doston 
tuzilishida alohida ahamiyatga ega. Qadimgi turkiylar tushni azaldan kundalik 
turmush bilan bog‗laganlar. Tush - g‗ayribatiiy hodisa, Fol kitoblari buning 
dalilidir. ―O‗g‗uznoma‖da tush lavhasi quyidagicha ifodalanadi: ―Ammo yoddan 
ko‗tarilmasinki, ma‘lum bo‗lsinki, O‗g‗uz xoqonning yonida oq soqollig‗, och 
sochlik, uzun bo‗yli, epchil bir keksa kishi bor edi, uquvli, dono bir odam edi, 
afsungar edi. Uning oti Ulug‗ Turk edi. Kunlardan bir kun Ulug‗ Turk uyqusida bir 
oltin yoy ko‗rdi, yana uch kumush o‗q ko‗rdi. Bu oltin yoy kun chiqishdan kun 
botishgacha tortilgan edi, yana bu uch kumush o‗q qorong‗ulik tomonga ketar edi. 
Uyqudan so‗ng Ulug‗ Turk tushida ko‗rganini O‗g‗uz xoqonga bildirdi‖. Ulug‗ 
Turk – shomon, tushni ta‘birlash aynan shomonlarga xos. Ulug‗ Turk tushining 
ta‘birini O‗g‗uz xoqonga shunday bayon qiladi: ―Ey xoqonim, senga uzoq umr ato 
qilsin. Ey xoqonim, senga davlating buyursin, abadiy ko‗k tangri berdi menga 
tushimda ayon, ezgulik keltirsin, qo‗lgan kiritilgan erlarni urug‗iga bo‗lib bersin, 
dedi. O‗g‗uz xoqon Ulug‗ Turkning so‗zini ma‘qul ko‗rdi‖. 
Tush va uning ta‘biri insoniyatning kundalik hayotni va kelajakni bilish 
haqidagi qarashlari ifodasidir. Ulug‗ Turkning tushi ―O‗g‗uznoma‖ dostoni 
voqealarining echimini hosil qiladi. O‗g‗uz xon Ulug‗ Turkning tushi ta‘biriga 
amal qilgan holda, mamlakatni o‗g‗illariga bo‗lib berdi. Mamlakatni qonun-
qoidalar va marosimlarga rioya qilgan holda bo‗lib berdi. Zotan, ―O‗g‗uznoma‖da 
mamlakatni o‗g‗illarga bo‗lib berish voqeasi, qadimgi davr an‘analariga ko‗ra, 
ma‘lum bir udumlarga, urf–odatlar va inonch–e‘tiqodlarga tayangan holda amalga 
oshirildi. CHunki shomon Ulug‗ Turkning tushi aynan inonch–e‘tiqodlarga ishora 
qiladi.
―O‗g‗uznoma‖ning nihoyasida O‗g‗uz xoqon udumlar va an‘analarga rioya qilgan 
holda mamlakatni o‗g‗illariga bo‗lib beradi. YAna aytdiki, ey mening o‗g‗illarim, 
42
Древо мировое. 

Мифы народов мира, том 1, с. 405.


ko‗nglim ov qilmoqni istaydi, keksayganim uchun shuhratim yo‗qdir. Kun, Oy, 
YUlduz, tong sariga sizlar boringlar. Ko‗k, Tog‗, Dengiz, tun sariga sizlar 
boringlar, dedi. SHundan keyin uchovi tong sariga ketdilar, yana uchovi tun sariga 
ketdilar. Kun, Oy, YUlduz ko‗p kiyiklar, ko‗p qushlar ovlaganlaridan keyin, yo‗lda 
bir oltin yoyni topdilar, oldilar, otasiga berdilar. O‗g‗uz xoqon sevindi, kuldi, yana 
uni uchga bo‗ldi. YAna aytdiki, ey inilar, yoy bo‗lsin sizlarniki, yoydan o‗qlarni 
ko‗kka otinglar, dedi. SHundan keyin Ko‗k, Tog‗, Dengiz ko‗p kiyiklar 
ovlaganlaridan keyin, yo‗lda uch kumush o‗q topdilar. O‗qlarni olib, otasiga 
keltirib berdilar. O‗g‗uz xoqon sevindi, kulib yana o‗qlarni uchoviga bo‗lib berdi. 
YAna aytdiki, ey inilar, o‗qlar bo‗lsin sizlarniki. YOy o‗qni otdi. O‗qlarday sizlar 
bo‗ling, dedi...‖ Oltin yoy – O‗g‗uz xoqon qo‗lga kiritgan davlatlar, uch kumush 
o‗q esa uning kichik xotinidan tug‗ilgan uch o‗g‗li Ko‗k, Tog‗, Dengiz. Birinchi 
xotinidan tug‗ilgan o‗g‗illariga - Kun, Oy, YUlduzga yoyni - er yuzini bo‗lib 
berdi, kichik xotinidan tug‗ilgan uch o‗g‗liga - Ko‗k, Tog‗, Dengizga ishora 
qilingan tun esa boshqacha ma‘noni ifoda etadi. Uchta o‗q, umuman, o‗q turkiy 
mifologiyada buyruqlarni etkazish uchun foydalanilgan
43
. Bundan kelib chiqadiki, 
O‗g‗uz xoqon o‗z o‗g‗illari Ko‗k, Tog‗, Dengizga kumush o‗qlarni bo‗lib bergan 
ekan, ularni buyruqchi yoki elchi lavozimiga tayinlagan. 
Dunyo mifologiyasida yoy va o‗q timsoli keng tarqalgan. Ayniqsa, shomonlik 
mifologiyasida va shomonlik udumlarida yoy va o‗qning muhim roli bor. 
Masalan,, Sibir shomonlari doirasi hali paydo bo‗lmasdan oldin, marosimlarning 
asosiy quroli yoy bo‗lgan edi. SHomonlar doira chalib o‗tkazadigan marosimlar 
yoy va o‗q vositasida o‗tkazilgan. SHor, oltoy tillarida shomon ―o‗qchi‖, 
―yoyandoz‖ ma‘nolarini bildiradi. SHuningdek, yoy shomon kosmologik sxema 
(vertikal olam modeli) bilan ham bog‗liq.
44
Mazkur tush motivi dostondagi o‗ziga xos mifologik mazmunni yanada 
boyitgan. Ulug‗ Turuk – O‗g‗uz xon qavmining shomoni bo‗lib, ularning alohida 
vazifasi bor edi. SHomonlar xalqning yoki hukmdorlarning keyingi taqdiridan 
bashorat qilganlar, ularning maslahatisiz katta ishlarga kirishilmagan.

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish