Nasimxon rahmonov


“O„g„uznoma”da mifologiya



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

“O„g„uznoma”da mifologiya
. ―O‗g‗uznoma‖ dostonining asosini shomonlik 
mifologiyasi bilan bog‗liq motivlar, obrazlar tashkil qiladi. Zotan, mifologiya 
sinkretik xususiyatga ega bo‗lib, ―ibtidoiy insonning ham ilmiy, ham diniy va ayni 
paytda, ham badiiy qarashlarni mujassamlashtiradi. Dostonda O‗g‗uzxonning 
tug‗ilishi shunday tasvirlanadi: ―SHunday bo‗lsin dedilar. Uning qiyofasi 
shundaydir (SHu joyda buqa yoki yirtqichning surati berilgan). SHundan so‗ng 
sevindilar. Kunlardan bir kun Oy xoqonning ko‗zi yorib bolaladi, o‗g‗il tug‗di‖. 
Mazkur parchadan ko‗rinib turibdiki, O‗g‗uzning tug‗ilishida va uni dunyoga 
keltirgan Oy xoqonda mifologik mazmun mujassamlashgan. Oy xoqon timsolida 
akkad va shumerlar tangrilarining onasi Ishtarni ko‗rish mumkin. Bu tangri 
timsolida onalik urug‗idan otalik urug‗iga o‗tish davri aks etganligini ta‘kidlash 
lozim. Qadimgi turkiylar tasavvuriga ko‗ra, Quyosh – erkaklik ibtidosi, Oy – 
ayollik ibtidosidir. YOqut tilida ―Oy (Ay)‖ so‗zi 
yaratmoq, borliqqa keltirmoq
ma‘nolarini bildiradi. SHunga muvofiq, Oy hoqonni ―yaratuvchi‖ sifatida talqin 
qilish mumkin. 
Dostondagi diqqatga sazovor yana bir mifologik motiv O‗g‗uzning o‗rmonda 
bahaybat yirtqich bilan kurashuvidir. Bu kurash motivining ildizi Markaziy 
Osiyodagi qavmlar epik ijodidagi ezgu va yovuz ruhlar o‗rtasidagi kurashga borib 
taqaladi. Jumladan, ―Avesto‖dagi yovuzlik timsoli bo‗lgan Axriman bilan ezgulik 
timsoli Xurmuzdning kurashi bunga misol bo‗la oladi. Zardushtiylikdagi ayni shu 
aqida moniylikda ham bor. ―O‗g‗uznoma‖dagi O‗g‗uzning yirtqich bilan kurashi 
ertaklardagi kurash motivini yodga soladi. O‗g‗uz yirtqichni qo‗lga tushirish uchun 
birinchi kuni, bug‗uni, ikkinchi kuni ayiqni daraxtga bog‗lab ketadi. Uchinchi kuni 
esa O‗g‗uz o‗zi yolg‗iz daraxt tagiga borib o‗tiradi va yirtqichni engadi. Er yuziga 
yovuzlik urug‗ini sochgan yovuz timsol – ana shu yirtqich, O‗g‗uz esa ezgulik 
timsolidir. 
O‗g‗uzning tug‗ilishidan yirtqichni o‗ldirgunga qadar bo‗lgan lavha mifologik 
syujet asosiga qurilgan bo‗lib, bu birinchi qatlamni hosil qiladi. ―Avesto‖dagi ezgu 


va yovuz ruhlar o‗rtasidagi kurash g‗oyasi va ezgulikning g‗alabasini ham, 
zardushtiylikning ta‘sirini ham, ertaklar sxemasini ham ana shu birinchi qatlamda 
uchratish mumkin.
Ikkinchi qatlam epos xususiyatlariga xos syujetlardan tashkil topgan. O‗g‗uz 
xonning uylanishi bilan bog‗liq voqealar shundan dalolat beradi. ―Kunlardan bir 
kun O‗g‗uz xoqon bir erda Tangriga yolvorayotgan edi. Qorong‗u tushganda, 
ko‗kdan bir ko‗k nur tushdi. Quyoshdan yorug‗, oydan yorqinroq edi. O‗g‗uz 
xoqon u tomonga yurdi. Ko‗rsaki, o‗sha yorug‗likning orasida bir qiz bor edi. 
Boshida otashga o‗xshash yorug‗ bir xoli bor edi. Xuddi oltin qoziq yulduziga 
o‗xshash edi. U qiz shunday chiroyli ediki, kulsa ko‗m-ko‗k osmon kulardi, 
yig‗lasa, ko‗m-ko‗k osmon yig‗lardi». Qadimgi turkiy kosmogonik mifologiyasiga 
binoan, tangri yaratuvchidir. Kosmogonik mifologiya ibtidoiy inson olamning 
qurilishi, koinotning yaralishi, odamning paydo bo‗lishi haqida tasavvurlari 
samarasidir. SHubhasiz, hozir bizga ma‘lum bo‗lgan va oddiy 
hol 
bo‗lib 
ko‗ringan hodisalar ular uchun g‗ayritabiiy edi. Tangridan, ya‘ni osmondan 
tushgan qizdan O‗g‗uz xon uch o‗g‗il ko‗rdi va ularning ismlarini ham 
kosmogoniyaga bog‗liq holda Kun, Oy, YUlduz deb qo‗ydi. 
O‗g‗uz xonning ikkinchi ayolga uylanish lavhasi ham kosmogonik mifologiyani 
o‗zida ifodalaydi. SHu bilan birga, bu lavhada uch qavatli olam modeli o‗z 
ifodasini topgan. ―Kunlardan bir kun O‗g‗uz xoqon ovga ketdi. Bir ko‗lning 
o‗rtasida, o‗z qarshisida bir daraxt ko‗rdi. Bu daraxtning ostida bir qiz bor edi, 
yolg‗iz o‗tirar edi. CHiroyli bir qiz edi. Uning ko‗zlari ko‗k edi, uning tishi inju 
edi. SHunday chiroyli ediki, oh-oh, o‗laman, deb sutni qimizga aylantirardi». 
O‗g‗uz xoqon bu qizga uylanib, undan ham uch farzand ko‗rdi va Ko‗k, Tog‗, 
Dengiz deya ism qo‗ydi. 
Bu ismlarda uch qavatli olam modeli namoyon bo‗ladi. Ko‗k – yuqori olamni, 
Tog‗ – o‗rta olamni, Dengiz – quyi olamni ifodalaydi. ―O‗g‗uznoma‖dagi uch 
qavatli olamning ibtidosi daraxt kultidadir. Jahon mifologiyasida ―olam daraxti‖ 
yoki uning bir varianti bo‗lgan ―hayot daraxti‖ 
hosildorlik daraxti, markaz daraxti, 
samoviy daraxt, bilish daraxti, shomonlik daraxti
va h. nomlar bilan yuritiladi. 
Ma‘no hamda vazifa jihatdan ham turlichadir: olam o‗qi, olam ustuni, dunyo tog‗i, 
birinchi inson va b. Dunyo mifologiyasida daraxt kultining gorizontal va vertikal 
ma‘noda o‗ziga xos ma‘nolari bor
41
.
―O‗g‗uznoma‖dagi daraxt kulti, xususan, O‗g‗uzxonning ikkinchi xotinining 
daraxt bilan bog‗langani shundan dalolat beradiki, bu kultda nikoh 
munosabatlarining umumiy modeliga aloqadorligini anglash mumkin. Kengroq 
ma‘noda olib qaralsa, avlodlarning vorisiylik aloqalari, yoki umuman olganda 
urug‗larning nasabnomasini ifoda etadi. Daraxt kultidan kelib chiqqan qizdan 
tug‗ilgan farzandlar - Ko‗k, Tog‗, Dengiz ismlari va ular anglatgan uch qavatli 
olam modeli nasabnomaning davomiyligi bilan birga, hayot daraxtining gorizontal 
va vertikal tuzilishini anglatadi. O‗g‗uz xonning har ikkala xotinidan tug‗ilgan 
o‗g‗illar ismi shunday tuzilish borligini ko‗rsatadi. Aslida daraxt kultida uch 
41
Древо мировое. – Мифы народов мира. Москва, 1991, том 1, с. 399-400.


qavatli olamning asosiy hududlari – yuqori (samoviy shohlik yoki Ko‗k), o‗rta (er 
yoki Tog‗), quyi (er osti shohligi yoki Dengiz) aks etgan deb, qarash maqsadga 
muvofiqdir. Qadimgi turkiy kosmogonik mifologiyasining mazkur ko‗rinishi 
qadimgi turkiylarda fazoviy olamni xaos, ya‘ni bo‗shliq olamidan ajratadi. Bundan 
tashqari, ―O‗g‗uznoma‖dagi kosmogonik mifologiya sxemasi kosmik olamni 
tartibga keltiruvchi ―mifopoetik‖ sonlardan iborat. Biz 
uch
sonini nazarda tutamiz: 
O‗g‗uzning 
uch
kun davomida yirtqichni poylagani voqeasi, O‗g‗uz xon 
o‗g‗illarining ismida aks etgan vertikal yo‗nalishdagi 
uch
qavatli olam, O‗g‗uz xon 
tushida 
uch
kumush o‗qni ko‗rgani, o‗g‗illari topib olgan oltin yoyni 
uch
ga bo‗lib 
o‗g‗illariga bergani, Ko‗k, Tog‗, Dengiz yo‗lda 
uch
ta kumush o‗q topib olganlari 
va O‗g‗uz xon o‗qlarni 
uch
ala o‗g‗illariga bo‗lib bergani.
Mifopoetik davr uchun olam daraxti yana shunisi bilan diqqatga sazovorki, u 
koinot (makrokosm) va inson (mikrokosm) o‗rtasida bog‗lovchi bo‗g‗in sifatida 
yuzaga chiqqan bo‗lib, ularning kesishuv joyi hisoblanadi
42
. ―O‗g‗unoma‖da 
daraxt kultining qizni O‗g‗uz xon eliga keltirish lavhasi ayni shu davrni o‗zida 
ifoda etadi.

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish