Reja:
1.
Irq bitiglari - adabiy manba sifatida.
2.
Ta‟birlash maxsus fandir.
3.
Turkiy-run va moniy yozuvidagi Irq bitiglarining o„xshash va farqli
jihatlari.
4.
Irq bitigi va turkiy mifologiya.
5.
Irq bitiglari va yozma adabiyot.
Kalit so„z va terminlar:
janr, bashorat, ta‟birnoma, yozma adabiyot, tafakkur,
shomonlik, buddaviylik, ruhshunoslik ilmi, mifologiya, ramziy ma‟no.
Qadimgi turkiy adabiyotdan bizga yana bir janrning mahsuli – Irq bitiglari, ya‘ni
Fol kitoblari etib kelgan.
Odamzodning tabiatga o‗ziga xos qarashi, insonlar o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar
ma‘lum bir voqea-hodisalarga, buyumlarga munosabatlarini kundalik hayot tarzi
bilan bog‗lashga sabab bo‗ldi. Odamlar kundalik turmushda o‗sha tasavvurlarga
tayanadigan bo‗ldilar, tasavvur-tushunchalarini aniq bir maqsadga yo‗naltirdilar.
Odamlarning tasavvurlari, bashoratlari ko‗pincha to‗g‗ri to‗g‗ri natijalar mahsuli
bo‗lib yuzaga chiqdi. SHu sababdan ham hayotiylik kasb etib, turmushdan
mustahkam o‗rin oldi. Bora-bora odamlarning tasavvurlarini va bashoratlarini
ommalashtiradigan shaxslar paydo bo‗lib, ular o‗ziga xos yozma adabiyot turini
yaratdilar. Bu turdagi yozma adabiyot Fol kitoblaridir. Fol kitoblari Ta‘birnoma
deb ham yuritiladi. Qadimgi turkiyda Irq bitig deb nomlangan.
Insonlar Fol kitoblariga qadimdanoq murojaat etganlar. Qadimgi Fol kitobi tushni
ta‘birlaydigan kitob bo‗lgan.
Ta‘birning qudratli kuchi bor. U kundalik turmushdagi shubhalarni o‗rtadan
ko‗taradi. O‗tmishni xotirga soladi, kelajakni oydinlashtirib beradi. Ta‘bir
qadimdan inson dili va tafakkuridagi allaqanday sirli halqadir. Qadimgi Fol
kitoblari insoniyat tafakkurining mahsuli, odamlarga yo‗l-yo‗riq ko‗rsatuvchi omil
sifatida yuzaga kelgani shubhasizdir.
Ta‘bir faqat turkiy qavmlardagina emas, dunyoning ko‗p xalqlarida, asosan, sharq
xalqlarida bor edi. Ossuriya va Bobil davlatlarida, qadimgi YUnonistonda
bashoratgo‗ylar turli fazoviy jismlarga bog‗lab odamlarning taqdiridan bashorat
qilib, voqea-hodisalarning tub ildizlarini izlashga harakat qilganlar. Lekin
bashoratgo‗ylarda bo‗lgan bilim va tafakkur qudratini hamma ham o‗zida namoyon
qila olmagan. Taqdirdan bashorat qiladigan odamlar alohida qatlamni tashkil
qilgan.
Bibliyaning Eski Ahd qismida ta‘birning alohida o‗ziga xos usullari bayon
qilingan. Masalan, Misr fir‘avnining tush ko‗rishi va uning tushini faqat YUsuf
ta‘birlay olgani haqidagi voqea bor. Fir‘avn ko‗rgan tush va YUsufning ta‘biri
haqiqatan hayotda ro‗y berdi. YOki qur‘a tashlash vositasida yuz berajak
voqealardan xabardor qilish va ta‘birlash usullari ham folning alohida turi bo‗lgan
edi. Jumladan, Eski Ahd tarkibiga kirgan ―Levilar‖, ―Sahroda‖, ―Hakamlar‖ va
boshqa qator kitoblarda qur‘a orqali shohliklarning, podshohlarning taqdiri
oldindan belgilab berilgan.
Folbinlik va ta‘birchilikni diniy dunyoqarash ma‘suli deb baholash bir yoqlamadir.
Qadimgi turk davridagi ta‘birchilik bilan islom muhitidagi ta‘birchilik o‗rtasida
shu jihatdan anyaa farqlar bor. Ta‘birchilik aslida o‗ziga xos fandir.
Fol kitoblarining yaratilishidan maqsad – insonlarning o‗ziga xos hayotiy bilimlar
bilan qurollanib, ruhan boyishi, sog‗lom muhit yaratish edi. SHu ma‘noda
Ta‘birnomalarni faqat folbin va ta‘birchilarning o‗ylab chiqargan g‗oyalari emas,
balki hayotiy mazmun kasb etgan amaliy bilimlarining mahsuli, deb qarash
maqsadga muvofiqdir. Ta‘birchilar g‗oyalarni xalqning o‗zlaridan olganlar.
Darvoqe, odamlarning jamiyatga tutgan o‗rni qay tarzda bo‗lmog‗i kerak?
Odamlar o‗rtasidagi munosabatlar qanday asoslarga qurilmog‗i lozim? Odam
martaba, obro‗-e‘tibor, rohatga erishuvi, falokatlarning oldini olishi uchun nima
qilishi darkor? Sevinch, shodlik odamga qay paytda va qay tarzda keladi?
Xastaliklardan forig‗ bo‗lishning yo‗llari bormi va bunda qanday bilish mumkin?
Ana shunga o‗xshash muammolarga folbin va ta‘birchilar javob izlaganlar. SHu
kabi muammolarni hal qilish yo‗l-yo‗riqlari Fol kitoblarining tub mohiyatini
tashkil qilgan. Agar ta‘bir joiz bo‗lsa, Fol kitoblari ruhshunoslik ilmi mahsuli va
yozma adabiyotni o‗zida mujassam etgan asarlardir, deb qarash mumkin.
Fol kitoblari shundan dalolat beradiki, ta‘birchi oddiy, maishiy detallar orqali o‗z
davrining muhim g‗oyalarini ko‗tarib chiqqan. Qadimgi turk davrida fol ochish va
tushni ta‘birlash bitta jarayonning mahsuli edi.
Mahmud Koshg‗ariy
irq
so‗ziga ―birovning dilidagini aytish‖ deb izoh beradi.
Bundan anglashiladiki, X1 asrgacha fol ochish va tush ta‘biri hayotiy bilimlar
sifatida yaxlitlik kasb etgan.
Fol kitoblari aslida shomonlikning mahsulidir. Markaziy Osiyoda shomonlik,
moniylik, nasroniylik, buddaviylik oqimlari bir paytda yoki birin-ketin amalda
bo‗lgani holda, shomonlik boshqa oqimlarga qaraganda qadimiyroq va shu
zaminda shakllangan, shuning uchun mavqei baland edi. Ammo boshqa muhitdan
Markaziy Osiyoga kirib kelgan oqimlar shomonlik qoidalari bilan qorishgan holda
ham amal qilavergan. Jumladan, buddaviylik oqimidagi qadimgi turkiy
yodgorliklarda ham tush va uning ta‘biri davom etgan. Masalan, buddaviylik
mazmunidagi ―Oltun yorug‗‖ asarida ayni Fol kitoblaridagiga monand syujetlar
bor. ―Oltun yorug‗‖da tushga bag‗ishlangan lavha quyidagicha: shahzoda
Mag‗astvi ochlikdan halok bo‗layotgan yo‗lbarsga va uning bolalariga tanasini
qurbon qilgandan keyin, bu voqeadan bexabar xizmatkorlar shahzodaning
yo‗qolganini va uni qidirish uchun yo‗lga otlanayotganlarini shovqin-suron bilan
e‘lon qiladilar. Bu paytda Mag‗astvining onasi – malika tush ko‗rayotgan edi.
Malika tushini quyidagicha bayon qiladi: ―Tushimda ayon bo‗lgan bu alomat. Ikki
ko‗kragim birga butunlay qirqilganini tushimda ko‗ribman – oziq tishim tushib
ketibdi. Ko‗ribman aniq bu azobga tushganimni! YAna tush ko‗ribman: bundan
boshqa uchta kaptar bolasini lochin cho‗qib, uchalasidan bittasini tutib olib ketibdi.
Endi (men ham) ayrildim eng kichigini – suyukli, erkatoy farzandimni. YOmon
alomat oqibati edi u, yolg‗on chiqmadi‖(X 15a).
YOki ―O‗g‗uznoma‖ dostonidagi Ulug‗ Turkning tushi va ta‘biri ham mohiyat
jihatidan ―Oltun yorug‗‖da bayon etilgan tushdan farq qilmaydi. Tush va uning
ta‘biri tuzilish jihatidan birdir.
Qadimgi turk davrida bizgacha ikkita Irq bitigi etib kelgan. Har ikkalasining
yaratilgan sanasi deyarli bir – U111 asrning oxiri va 1X asrning boshlari. Biri
urxun yozuvida bitilgan, ikkinchisi moniy yozuvida bitilgan. Har ikkala Fol kitobi
shomonlik oqimiga tayansa ham, ularning timsollari, talqin va ta‘birlash usullari
bir-biridan farq qiladi.
Moniy yozuvidagi Fol kitobi tushda zohir bo‗lgan hodisalarni ta‘birlaydi. Zotan,
tush ―insoi ruhiyatining ramzlari, ong osti hislari, ongga qalqib chiqmagan, lekin
inson ruhiyatida har doim mavjud, tashki dunyo bilan doimo aloqa qilib turuvchi
hislardir‖
40
. Fol kitobida ikki –oya bosh щrin tutadi: 1. Vujudni saqlamoq va ruhni
ozod tutmoq. 2. Tahlikadan uzoq turmoq va sevinch ichida yashamoq.
Mazkur Fol kitobida o‗n uchta hodisa va buyum ta‘bir qilingan. Asarda moniylik
va shomonlik bilan birga, buddaviylik izlari ham bor. Fol kitobining so‗nggi
misralarida ―Burxonlarga ta‘zim qil!‖ degan da‘vat bor. Burxon - budda xon
atamasining turkcha-mo‗g‗ulchaga o‗zgargan ko‗rinishi bo‗lib, turk-mo‗g‗ul
mifologiyasida burxon har qanday Budda timsolini anglatadi. YUqoridagi
da‘vatdan buddaviylik va moniylik oqimlari Markaziy Osiy madaniy muhitida
―kurashayotgan‖ payt edi. Har ikkala oqim maqsad jihatidan bir-biriga yaqin edi.
Fol kitobidagi tush ta‘biri ostida mifologik motiv yotadi. Mifologik motivning Fol
kitobidagi vazifasi – udumlar, inonch-e‘tiqodlar va hayotiy tushunchalarni yuzaga
chiqarishdan iboratdir. Tush ta‘biri, udumlar va inonch-e‘tiqodlar bu asarda o‗zaro
zich bog‗langan.
Fol kitobidagi har bir buyum va voqea-hodisa ostida inson taqdiri yotadi. Zotan,
tush ob‘ekti va ta‘bir qilinayotgan har bir buyum teskari ag‗darilgan shaxsiyatdan,
buyumning xatti-harakati ham o‗sha shaxsiyatning harakatidan boshqa narsa emas.
Fol kitobidagi ta‘birni ma‘no jihatdan ikki guruhga bo‗lib talqin qilish maqsadga
muvofiqdir:
Inson faoliyati va tuhiy holatiga aloqador ta‘bir. Bu guruhga
uchrashmoq, jang
qilmoq, kamaymoq, yuz o„girmoq, sevinmoq, qarshi kelmoq, huzur-halovat
topmoq, tarbiyalamoq, bola tarbiya qilmoq
kabi tush ta‘birlari kiradi.
Biror jism, joy, tabiiy hodisalarning ta‘biri. Bu guruhga
quyosh, tog„, chuqur
quduq, quyosh nuri, insonlarning uchrashuvi
kabi tush ta‘birlari kiradi.
Fol kitobining birinchi qismi
quyosh
ta‘biri bilan boshlanadi. Asarda bayon
qilinishicha, odam tushda quyoshni ko‗rsa, fazoda o‗zgarishlar bo‗ladi, er yuzida
muvaffaqiyat, shod-xurramlik hukm suradi, tushida quyoshni ko‗rgan odam ulug‗
mansablarga, xoqon yoki beklik lvozimiga ko‗tariladi. Darvoqe, Fol kitobi faqat
maishiy hayotdan yoki taqdirdan bayon qiladigan kitob emas, balki fazoviy yoki
boshqa detallar orqali hayotning ko‗p masalalarini qamrab oladi. Birgina quyosh
timsoli ham fikrimizni tasdiqlaydi. Zaminning gullab-yashnashi, er yuzida
ezgulikning tantana qilishi, odamlarning farovon hayoti va boshqa qator masalalar
40
Эшонқулов Ж. С. Ўзбек фольклорида туш ва унинг бадиий талқини. Филол.фан.докт. илмий даражасини
ллиш учун ѐзилган дисс, автореферати. Тошкент, 2010, 19- б
.
tushda quyosh ko‗rishga bog‗liq qilib qo‗yiladi. Bu ta‘bir odamlarning fazoviy
jismlarni tushunishdan ojizligidan yoki fazoviy jismlar haqidagi tasavvurlari
zaifligidan emas, balki fazoviy jismlarni har tomonlama bilishga va bu jismlar
bilan o‗zlari o‗rtasidagi o‗zaro aloqadorlikni topishga intilishidan paydo bo‗lgan.
Qadimgi turklarda shomonlik mifologiyasiga ko‗ra, ham quyosh ezgulik ramzi
sifatida talqin qilingan. SHu sababdan Fol kitobida aytilishicha, qu
sh nurlari
porlagach, zaminning tuprohi yasharadi, ko‗rk ochadi, oq bulut paydo bo‗lib,
yomg‗ir sochiladi, quyosh nurlarini to‗sib turgan chang-to‗zon yo‗qoladi, oppoq
bulutlar ko‗tarilib, zamin uzra yomg‗ir yog‗adi.
Quyosh timsoli SHarq xalqlari mifologiyasida chuqur ildizga ega. Jumladan,
shumer kosmogonik mifologiyasida quyosh xudosi Utu, Sibir xalqlaridagi vyol
quyosh xudosi, evenklardagi yorug‗lik xo‗jayini quyosh timsoli bilan qadimgi turk
davridagi shomonlik mifologiyasiga asoslangan quyosh kulti o‗rtasida
hamohanglik kuzatiladi. Turk-mo‗g‗ul mifologiyasida quyoshning ezgulik ramzi
sifatida talqin qilinishi tasodifiy o‗xshashlik bilan emas, balki tasavvur-
tushunchalarning bir ildizga egaligi bilan izohlanadi.
Quyosh ta‘biri, ta‘birchining talqiniga ko‗ra, inson hayotida ko‗p
muammolarning hal qiladi. Kimdir faqat beklik yoki xoqonlik martabasigagina
erishib qolmasdan, uning orzu-istaklari ham bajo bo‗ladi:
Hech kim bilmagan noming yuksaladi,
Kichik noming obro‗ topadi,
O‗g‗il bola istasang toparsan,
Mol-dunyo istasang, qo‗lga kiritasan,
Yo‗lingdagi to‗siqlar tuguni echiladi,
So‗zing, amring tinglanadi.
To‗qnashuv hodisasi va bu hodisaning ta‘biri yuqoridagi ta‘birning aksidir.
To‗qnashuv – tushda biron odam bilan duch kelmakdir, deb talqin qilinsa,
ta‘birchining maqsadi toraytirilgan bo‗ladi.yu Moniylik oqimining mohiyatidan
kelib chiqqan holdaYU to‗qnashuv ta‘birini quyidagicha talqin qilish maqsadga
muvofiqdir: bu ta‘birning mohiyati – har qanday ko‗ngilsiz voqea-hodisalarni
bayon qilish, ta‘birning maqsadi esa tushdagi to‗qnashuv oqibatlarini bartaraf
qilishdir.
Xo‗sh, tushda to‗qnashuv yuz bersa nima bo‗ladi? Bunday holda
―Qiyin, qo‗pol so‗z huzuringga keladi,
SHamol ustiga shamol quturib esadi uyingda‖.
Bu pvrcha insonlarning hayotda boshdan kechirishlari mumkin bo‗lgan voqeaga
ishoradir. Odam tushda nomaqul narsalarni ko‗rsa, ko‗ngli vayron bo‗lishi turgan
gap. ―Qiyin, qo‗pol so‗z‖ - bir-biri bilan bushmanlashishi mumkin bo‗lgan
odamlarga ishoradir. ―SHamolning quturib esishi‖ – yuz berishi mumkin bo‗lgan
ko‗ngilsizliklardan xabardir.
Muallif ta‘birni bayon qilish jarayonida so‗z orqali inson ruhiy holatiga ta‘sir
o‗tkazishni maqsad qilib qo‗yadi. Ta‘birning davomida esa insondagi ruhiy
og‗riqlar o‗rnini jismoniy og‗riq egallaydi. ―Xastalik, og‗riqlar ko‗rarsan‖ deydi
muallif va uning boshiga kelishi mumkin bo‗lgan boshqa kulfatlarni ham odam
ko‗z o‗ngida gavdalantiradi:
Seni yaralamoq uchun g‗amga g‗arq qiladi,
Azob bermoq uchun atrofingni xastalik o‗raydi.
SHubhasiz, tushda g‗animga yoki boshqa ko‗ngilsiz hodisaga duch kelgan
odam hamgin bo‗ladi. Bu o‗rinda shuni ta‘kidlash joizki, ta‘birchi odamlar
ishonishi mumkin bo‗lgan g‗oyani ilgari suradi, shu tariqa u asosiy maqsadiga –
moniylik oqimidagi yovuz kuch iblisning qilmishiga ishora qiladi. To‗qnashua
ta‘biri okkultizmning mahsulidir. Okkultizmga binoan, g‗ayritabiiy kuch va
g‗ayritabiiy voqea-hodisalar tush ta‘biriga mos keladi. Ruhiy va moddiy
elementlarning o‗zaro mosligi to‗qnashuv ta‘biridagi singari harakat bilan bog‗liq
ta‘bir uchun xarakterlidir. Ruhiy va moddiy olamni bir-biriga uyg‗unlashtirish,
moddiy olamdagi real voqelikni gavdalantirish ushbu ta‘birning muhim
jihatlaridandir. Ta‘birning davomida shu hodisa yanada aqqol kuzatiladi:
Tanangga xastalik kiradi,
Azob bor tanangda, qayg‗u keltirar,
Vujudingga bir otash tushadi,
Joningni sug‗urib oladigan qayg‗u-alam bor.
Tanada xastalik va azob paydo bo‗lishiga sabab – ruhiy va moddiy unsurlarning
to‗qnashuvidir. Jon tanadan ajralmas ekan, qiyomatgacha poklanish bo‗lmaydi.
Ta‘birning xulosasida shunday yakun yasaladi:
Bunday tahlikali ahvoldan xalos bo‗lajak
Yo‗l, imkon senga ko‗rinmaydi.
Huzur-halovat topolmaysan.
SHu lahzadan boshlab ta‘birchi ruh hokimligiga intiladi, ruhni bosh mavzuga
aylantiradi. Ruh ham moddiyot singari harakatga keladi. Inson ruhini harakatga
keltiruvchi kuch – fazoviy jismlar paydo bo‗ladi. Bu jarayon go‗yo
haykaltaroshning loydan buyum shaklini yasashiga o‗xshab ketadi. Har qanday
jism bir-biriga bog‗liq bo‗lib, bir-birini tebrantirganiday, ruh va fazoviy jismlar
ham o‗zaro aloqadorlikda faoliyat ko‗rsatadi. Bu tasvir psixologik parallelizmning
eng yorqin namunasidir:
Quyosh er ostiga kiradi, nurlari kesiladi,
Ko‗k yuzida parvoz qilgan qushlar ucholmay qoladi.
Go‗yo jism boru ruh mavjud emasday. Iblisning vilmishi ushbu parchada bosh
o‗rin tutgani uchun ruh yaqqol yuzaga chiqmayotganday bo‗lib tuyuladi. CHunki
iblislar quyosh nurlarini o‗g‗irlab, er ostiga – zulmat olamiga kirib ketgan edi. Bu
esa qiyomatdan darak beradi. Ta‘birning ikkinchi satrida iblisning qilmishlari
natijasi natijasi yuzaga chiqadi. Ko‗k yuzidagi qushlar – ruhdir, ya‘ni ruh qafasda.
YUqorida aytganimizday, zohiriy va botiniy mavjudlik, uningostidagi shaxsit
ramzilikdan iborat ekanini bu ta‘bir yana bir bor tasdiqlaydi. Ramziy ma‘no –
quyosh nurlari bilan qushlarni, ya‘ni ruhni bog‗lovchi omildir.
Mazkur ta‘birni bir so‗z bilan aytganda, quyosh nurlarining kesilishi insonning
er ostiga kirishidan, halokatga uchrashidan dalolat beradi. Qadimgi turklardagi
marhumni dafn etish bilan bog‗liq odatlar bu fikrimizni tasdiqlaydi. Qadimgi
turklar odatiga ko‗ra, marhum vafot etganda, dafn qilishdan oldin, tobutning
qopqog‗ini ochib: ―Quyoshga qara!‖ deb murojaat etganlar.
Bu ta‘bir davomida ta‘birchi: ―Qudratli xoqonning yorlig‗i teskari turar
uyingda‖ deydi. YOrliq – xoqonning amri, el-yurtga berilgan farmoyishdir. YOrliq
teskari tursa, mamlakatda parokandalik, noxush voqealar yuz beradi. Bu ta‘bir
bayoni orqali ta‘birchi tushning ijtimoiy mazmuniga ishora qiladi.
Tushda ayn bo‗lgan bu ko‗ngilsiz hodisa nima bilan yakunlanadi? Odam
shunday noxush hodisalar, kulfatlar ichida qolaveradimi? Bunday ko‗nglsizliklarni
bartaraf qiluvchi kuch yana insonning o‗zidir. Moniylikdagi ezgu ruh hukmronligi
tushdagi ko‗ngilsizliklarni bartaraf qiluvchi omildir. YOmon tush yaxshi natija
bilan tugashi uchun odam yaxshi niyatli bo‗lishi lozim. YAxshi niyat esa
moniylikdagi ezgu ruh ta‘limotida. Ta‘birchining o‗giti shunday:
Har qanday ishni qo‗y,
Ezgu va xayrli ishlar bilan mashg‗ul bo‗l.
Qo‗rquv o‗tib ketadi,
Ezgulik kelar.
Mazkur Fol kitobining yuzaga kelishida faqat ta‘birchining shaxsiy
qarashlarigina ahamiyatli bo‗lib qolmay, qadimgi turkiy muhitdagi udumlar, urf-
odatlar ham muhim rol o‗ynagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |