“Oltun yorug„” o„gitlari
. ―Oltun yorug‗‖da burxonning e‘tirof etishicha,
Xo‗rmuzd jamiki insonlarni qilmishlari, gunohlari uchun pushaymon qildirib,
tavbaga olib keladi. U, insonlarni yovuz qilmishlaridan poklagin, deb burxondan
iltimos qiladi (111, 2b). Xo‗rmuzdning bu ishini Tangrilar tangrisi ma‘qullaydi va
jamiki insoniyat gunohlaridan poklanishi uchun qanday amallarni bajarish
lozimligi to‗g‗risida Xo‗rmuzdga yo‗l–yo‗riq beradi. Bu amallar – hamma
burxonlarga ta‘zim qilish, ya‘ni izzat–hurmat qilish, zehni ochilganlarga ta‘zim
qilish, maxayana ta‘limotini targ‗ib qiluvchilarga ta‘zim qilish va hokazolardan
iborat. Ammo amallar faqat shulardan iborat emas, balki insonlar qilgan
gunohlarini e‘tirof etib tavba qilishlari ham lozim. Zotan, insonlar buddaviylik
qonunlari paydo bo‗lmasdan ilgari, yovuz, yomon qonunlarga ergashib, hatto
do‗zaxga ham tazyiq o‗tkazgan, g‗azabnok bo‗lib, nafrat va nodonligi tufayli
jonzotlarga zulm qilgan, yaxshi–yomon ishlarni ajrata olmay, tana xohishi bilan ish
qilib jonzotlarga jabr qilgan, tiliga erk berib, ko‗nglida yomon ishlarni keltirib
gunoh qilgan, yomon niyat bilan burxonning tanasidan qon chiqargan, to‗g‗ri,
haqiqiy no‗mdan nafratlangan, no‗mdan nafratlanib, undan yuz o‗girgan, sof
niyatli ruhoniylar orasida ig‗vo qo‗zg‗ab, janjal chiqargan, hatto ota–onasini yo‗q
qildirgan, gunohu ayblarni faqat o‗zi qilib qolmay, boshqalarni ham shunday
yaramas ishlarga undagan va o‗zi bu qilmishlaridan xursand bo‗lgan, pok
odamlarga illatu gunohlarni to‗nkagan, yomonni yaxshi deb maqtab, yaxshini
yomon deb qo‗llab–quvvatlab, u nuqsonlidir, u shaytondir, deb hukm chiqargan.
Xullas, dunyoda nimaiki illatlar bo‗lsa, insoniyat shularning hammasi ijrochisi.
SHunchalik qabohatga botgan insoniyatning gunohlari uchun afv so‗rab, Xo‗rmuzd
burxon oldida vositachi bo‗ladi (go‗yo Muso payg‗ambar barcha Isroil xalqining
gunohlari uchun afv so‗rab Xudoga iltijo qilganday). SHunday qilib, Xo‗rmuzd
katta ijtimoiy vazifa bajaradi – burxondan insoniyat uchun baxt so‗raydi,
insoniyatni to‗g‗ri yo‗lga solishdan, yaxshilik ildizini mustahkam qilishdan iborat
39
Ïàì’èêè – èáëèð íàöìîðèìè áèëäèðàäè.
vazifani amalga oshirishni burxondan iltimos qiladi va jamiyatda sog‗lom muhit
yaratish uchun kurashadi.
Burxonning bergan o‗gitlari, yo‗l–yo‗riqlari hamma bo‗disatvlarning hayoti uchun
mezon, ular bu yo‗lni kundalik vazifa singari qabul qilishlari kerak. Inson
bo‗disatvga aylangandan keyin u komillikning eng yuqori nuqtasiga erishadi. Endi
u o‗zini emas, boshqalarning rohat- farog‗atini o‗ylashi, boshqalarning tashvishi
bilan yashashi lozim: ―Besh olamdagi jonzotlar uchun o‗z tanasining shu tariqa
shodligini, xursandchiligini, oziq–ovqatini, qurol–yarog‗ini (ko‗zda) tutmaydilar,
jonlarini, boshlarini fido qilib, hayotini berib, sabr qilib, chidaydilar. SHu tariqa
bo‗distavlar bu singari (voqealar) bo‗lishini biladilar, o‗zlari tinch, shod bo‗ladigan
sabablar orqali ham eng (qattiq) azoblarni tushunib etadilar. jonzot bezovtalansa,
azoblansa, u tinchlikni, xursandchilikni istamaydi. (Ular) o‗zlarining tanalarini fido
qilib, boshqalar (esa bundan) ezgulik, xursandchilik topadigan bo‗lsa, tanalarini,
hayotlarini shunchalik ayamaydilar. SHunday qilib, bu taxlitda bo‗disatvlar
o‗zlarining tinchligini, shodligini tilamaydilar, tanalarini, hayotlarini ayamaydilar,
shu bilan o‗zidan yuqori turadiganlarning qo‗rquv, azoblarini, o‗zidan
quyidagilarning xo‗rliklarini, yomon niyatli dushmanlarning azob–uqubatga
solishini (va shunga o‗xshash) ko‗p (azoblarning) turlariga sabr qiladilar, bardosh
beradilar. SHudir o‗zlarining tinchligini, xursandchiligini istamasdan, tanalarini,
jonlarini ayamaslikka ishonib, sabr qilmoq fazilatiga erishmoq (degani)‖ (1V 14a).
Zervan, Xo‗rmuzd, ularning atrofiga yig‗ilgan barcha tangrilar insoniyatning
xaloskori, muhofaza etuvchisi bo‗lish bilan birga, ―oltun nur‖ni – buddaviylik
aqidalarni yoyuvchilardir. Bu nurga itoat etib, uning yo‗l–yo‗rig‗idan yuradigan
yurtning xalqi, podshohi katta manfaat topadi. Ular faqat ruhiy madad olib qolmay,
bu olamda insoniyat xotirjamligi uchun zarur bo‗lgan ko‗p narsalarga erishadilar:
―birinchidan, sog‗–salomat, xavf–xatarsiz bo‗ladi, ikkinchidan, umri uzun bo‗ladi,
uchinchidan, lashkarining kuch–qudrati oshib ko‗payadi, dushmanlari bo‗lmaydi,
to‗rtinchidan, el–ulus shod–xurram, to‗g‗ri, qonun–qoida bo‗yicha yashaydi‖ (III,
33 a,b).
Bu va‘da emas, balki amalga oshishi mumkin bo‗lgan haqiqatdir. Qolaversa,
haqiqat faqat shundan iborat emas. Burxonning o‗gitlari, Zervanga, Xo‗rmuzdga
va tangrilar orqali bergan o‗giti yurtni, insonlarni ma‘naviy tomondan sog‗lom
qiladi, molparastlik illatidan xalos qiladi, illatlardan xalos bo‗lishning mahsuli
sifatida insonlar bir–birlariga mehr–oqibatli bo‗ladilar. Hukmdorga o‗zining xalqi,
atrofdagi dushmanlar ham sovg‗a–salom keltirib, do‗st tutinadigan bo‗ladilar,
buning natijasi o‗laroq shon–shuhratga erishadilar, o‗zligini namoyon qiladilar,
hammaning izzat–hurmatiga sazovor bo‗ladilar. Podshohdan tortib xalqigacha
uzoq umr ko‗radilar, tinch–omon yashaydilar (111 35 a,b – 36 a,b).
Zervan, Xo‗rmuzd va to‗rt maxaranch tangrilari, xuddi ertak, epos qahramonlari
singari, insoniyatni baxt–saodatga eltuvchi qudratli kuch bo‗lish bilan birga,
ularning dushmanlarini, ezgulikka qarshi kuchlarni tumtaraqay qochiradilar. Zotan,
azaldan – yaratilish davridan beri Zervan bilan Xo‗rmuzdning vazifasi shunday
bo‗lgan edi. ―Xuastuanift‖ning boshlanishidagi Xo‗rmuzd bilan Zervanga oid
voqealar ham buning dalilidir. Ayni paytda ular insoniyat qalbidan joy olib,
―bahodirlik, merganlik, fazilat, mahorat, bilimni ularning ko‗ngillariga jo qilish―
uchun burxonga va‘da beradilar. Bu fazilatlar faqat ruhiy ma‘noda emas, balki
jisman inson qalbida jo bo‗lishi lozim. Ellarning hukmdorlaridan tortib xalqigacha
jismonan sog‗–salomat yashashining asosiy sharti – burxon bergan to‗g‗ri qonun–
qoidalar, qonunlar tarkibidagi yorliqlardir. Insoniyat yo‗lidagi azob–uqubatlarni
bartaraf qilish, shuningdek, axloqni jamiyatning sog‗lomligi uchun asosiy shart
qilib qo‗yish, donolik, mushohada orqali ruhiy etuklikka olib borishning pirovard
maqsadi – nokomil bu olamni komillikka etkalashdir. Inson hech qachon azob–
uqubatdan, keksayishdan, xastalik va o‗limdan xoli bo‗la olmagan. Buning imkoni
ham yo‗q, zotan, hayot shunday qurilgan. ―Oltun yorug‗‖ning maqsadi – insoniyat
azobni tushunsin, uni bartaraf etish yo‗lni anglasin.
―Oltin yorug‗‖da buddaviylik falsafasi, yuqorida ko‗rib o‗tganimizday, axloqiy–
ta‘limiy qarashlar asosiga qurilgan. Umuman olganda, bu falsafa insoniyatni
kamtarlikka, xokisorlikka undaydi, insonlar mol–dunyoning o‗tkinchi ekanini,
arzimas ekanini his qilishlariga undaydi, jonzotlarga, insonlarga bo‗lgan sevgisi
bo‗yicha jonlarini mol–dunyoni, issiq jonni azobga duchor qilishga da‘vat qiladi.
Ayniqsa, ustozlarga, ulug‗larga, ota–onaga hurmat asarda alohida o‗rin egallaydi.
Bu axloqiy muammolarga ―Oltin yorug‗‖da alohida e‘tibor berilishi bejiz emas.
CHunki insoniyat har doim gunoh qilishga moyil, ―nopok insonlar olami‖da
insonlarning qilmishlari ko‗p.
Asarda uch qimmatbaho xazina tushunchasiga alohida e‘tibor qaratilgan. Bu uch
xazina quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |