Nasimxon rahmonov



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

17
boyligidir. O‗sha yomon ishlarning hozirgiday 
og‗ir natija va oqibatlarini bilmagan edim. Mendan boshqa qancha–qancha 
odamlar son–sanoqsiz jonzotlarni o‗ldirganlarini ko‗rdim. Ammo o‗sha 
kishilarning ochiq–oydin tushiga kirgan narsalarga yaxshi e‘tibor bermagan edim, 
17
Йама санскр. – мурдалар шоҳлигининг ҳукмдори, Йама дастлаб ўладиган деб тасаввур қилинган бўлиши 
мумкин. ―Ригведа‖даги Йама ва унинг эгизак синглиси Ямига бағишланган мадҳияга кўра, Йама 
―ўлганлардан биринчиси‖дир. Шу тариқа у бошқаларнинг ўлиши учун йўл очиб берган. Буддавийликдаги 
диний–мифологик тасаввурларга мувофиқ, жонзотлар ўлгандан кейин Йаманинг олдида ҳозир бўлишлари 
лозим, ўлган мавжудотларнинг жаннатга лойиқ ѐки нолойиқлигини Йама ҳал қилади.
.


SHuning uchun ikki orada yana men hozirgiday tilim bog‗lanib, o‗lim azobiga 
duchor bo‗ldim. Qanday amal–chorasini qilsam, qaytadan tirik jon bo‗la olaman? 
Bilmasdan yanglishib, xato qilib yovuz qilmishim uchun o‗zim pushaymon 
bo‗ldim, qattiq azob tortyapman. Endi nima qilayin?‖ deb so‗radim. SHu gaplarni 
aytganimdan keyin o‗sha iblislar menga shunday dedilar: ―Ey inson! Sen issiq 
jonini olganlardan o‗ttizdan ortig‗i – bog‗langan, ushlangan jonzotlar qudratli 
Erklig xonning
18
qarshisida dushmanlik ko‗zini chaqchaytirib, o‗sha ko‗zlarini 
tikib, seni kutib tururlar. U erga borganingda, Erklig xon juda qattiq qiynab 
o‗ldirilganlarning qattiq qonuni bo‗yicha hukm qiladi, u erdagi og‗ir azoblardan 
qutulmagaysan‖, deya so‗zladilar. Bu so‗zni eshitganimdan keyin men yanada 
qattiq qo‗rqdim, azoblarim ortdi. Ular har tarafga alanglab, meni pastga tushirib, 
oldinga tortib, keyinga tortib, urib–so‗kib, yana bekning huzuriga nihoyatda 
shoshiltirdilar. SHundan keyin men yana ularga yolvorib, shunday dedim: ―Ey 
yaxshilarim, o‗ylab qarasam, azoblarimdan aslo qutulmoqlik yo‗q. Endi sizlardan 
o‗tinib so‗rayman, yolvoraman: o‗zim o‗ldirganlarning qo‗liga tushgach, ular meni 
Erklig xon oldiga so‗roqqa olib borganlarida, men nima qilay? 19 SHuni menga 
aytinglar‖, deb so‗ragan edim, ular menga shunday dedilar: ―Ey inson! Agar o‗sha 
o‗zing o‗ldirgan jonzotlar uchun ko‗nglingda o‗kinch paydo bo‗lsa, qanday 
bo‗lmasin, ko‗nglingni pok qilgin. Dunyoning umid–ishonchi komil, dono Tangri 
tangrisi burxon qonun qilib bergan ―Oltin rangli, yorug‗, yaltiroq, hamma narsadan 
ustun bo‗lgan no‗m podshohi‖ nomli no‗m bitigini tugal, to‗liq bitishga xohish 
uyg‗otishni chin dildan istasang, bu azoblaringdan xalos bo‗lar eding‖, dedilar. Bu 
so‗zni eshitishim bilanoq, men birinchilarning birinchisi

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish