munosabat bilan munosabatsiz bo‗lib, mahalliy din unga o‗xshamaydi.
Dunyoviy
din bir xalqning e‘tiqodi bo‗lib qolmay, shu xalqning ma‘naviy va ijtimoiy
qurilmasi bilan shunchalik zich birikib ketgan bo‗ladi‖.
1
Bu zichlik, bir tomondan,
boshqa xalqqa yoyilishiga halaqit bermadi, balki xalqning ma‘naviy va ijtimoiy
qurilmasini boshqa xalqlarga etkazdi. Ikkinchidan, o‗zga muhitdan kirib kelgan
dunyoviy dinlar – buddaviylik, moniylik ma‘lum
mahalliy sharoitga moslashib,
shu xalqning ma‘naviy mulkiga aylandi.
―Oltun yorug‗‖dagi afsonalar (kengaytirish kerak To‗liqroq bayon qilish kerak).
―Oltun yorug‗‖ning yaratilishida turkiy qavmlar ham ishtirok etgan. Bunga,
birinchidan, O‗rta Osiyoning qadimiy mifologiyasi va afsonalaridagi qahramonlar
ismining mazkur yozma yodgorlikda uchrashi bir dalildir. Jumladan, ―Oltun
yorug‗‖ning birinchi kitobida Erlik xon (
Erklig
deb ham aytiladi) timsoli bor. Erlik
xon turk–mo‗g‗ul mifologiyasida keng tarqalgan. ―Oltun yorug‗‖da bu timsol Ku
tauni yovuz qilmishlari uchun hukm qilmoqchi bo‗ladi, chunki Erlik xon
marhumlar shohligi hukmdoridir (
Erklig
ning lug‗aviy ma‘nosi ham qadimgi turkiy
tilda ―qudratli hukmdor‖dir). Afsonalarga ko‗ra, Erlik qadimda ruhoniy bo‗lib,
avliyolikning eng yuqori darajasiga erishgan va g‗ayritabiiy qudratga ega bo‗lgan
edi. Uning o‗limi haqida ikki rivoyat bor: birinchisi – u o‗g‗irlikda ayblanib,
tuhmatning qurboni bo‗lgan, ikkinchisi – talonchilarning jinoyatlariga beixtiyor
guvoh bo‗lib qolgan. Oqibatda talonchilar tomonidan o‗ldirilgan. SHunisi
ajablanarliki, Erlikning
boshi olingandan keyin ham, uning tanasi tirik qolgan.
Erlik kallasi o‗rniga ho‗kizning boshini o‗rnatib olib, qo‗rqinchli qiyofaga ega
bo‗lib qolgan. Xullas, Erlik insonlar tasavvurida halokat keltiruvchi iblis sifatida
qolgan. ―O‗lim g‗olibi‖ YAmandag Erlikni mag‗lub qilib, er osti dunyosiga
jo‗natib yuborgan.
SHunday qilib, Erlik narigi dunyoning hukmdori va hakami
bo‗lib qolgan. Garchi Erlik bilan YAmandag o‗zaro dushman bo‗lsa–da,
ikkovining ham qiyofasi bir–biriga o‗xshatilib butlar yasalavergan (masalan,
Mo‗g‗ulistonda).
Inson faqat darma yordamida ibtidosiz sansaradan xalos bo‗lib, nirvonga erishadi.
Nirvon - komillikning eng oliy bosqichi. Boshqa mavjudotlar,
jumladan, xudolar
va boshqa mifologik personajlar nirvonga etisha olmaydilar. Ular nirvonga
etishuvlari uchun inson bo‗lib tug‗ilishlari lozim. ―Oltun yorug‗‖ning ibtidosidagi
Ku tay afsonasida jonzotlarning nirvonga etishuviga oid qoidalar hikoya qilingan.
Afsonada hikoya qilinishicha, bu no‗m keng tarqalmagan vaqtda Inchyu nomli
shaharda chang qabilasidan Ku tau degan bir odam shahar begi edi. U shahar begi
bo‗lib turganda, ko‗p jonzotlarni qurbon qilgan edi. Vaqti kelib, qizining to‗y
bo‗lganda, sigir, qo‗y, to‗ng‗iz, g‗oz, o‗rdak, tovuq kabi ko‗plab jonzotlarni so‗yib,
katta ziyofat berdi. Oradan o‗n kun o‗tmasdan o‗sha bek og‗ir xastalikka yo‗liqib,
gap–so‗zdan qolib, tutqanoq kasaliga yo‗liqdi va olamdan o‗tdi. O‗lgandan
keyin
butun a‘zolari sovib, faqat yolg‗iz yuragi sirtida bir parcha eti sovimay qoldi. Buni
ko‗rib, xonadonidagi odamlar qattiq yig‗i–sig‗i qilib murdani ko‗mishga olib
bormasdan, uch kunni o‗tkazdilar. To‗rtinchi kun tong saharda ular kuyib–yonib
1
Килмкит. Қадимги ипак йўли маданияти. – Шинжон халқ нашриѐти. 2003, 130–бет.
turganlarida, o‗sha bek tirilib, o‗rnidan turib keldi, yuqoriga o‗tirib, ovqat, ichimlik
so‗radi. Bu ahvoldan bekning qarindosh–urug‗lari, bir qancha odamlar vahimaga
tushib, uzoqroqqa qochdilar. Ularning qochib borayotganini ko‗rib, bek chaqirib
shunday dedi: ―Qaytinglar, yaxshilarim, men tirilganimga sizlar nima uchun darrov
qochib ketyapsizlar? Qo‗rqmanglar, men endi sizlarga tirilishim sababini aytib
berayin, burxanlar no‗mining turlichaligini endi eshitinglar‖. U shunday deya
so‗zlab berdi: ―Kasal bo‗lganimda, eng avval menga to‗rtta shayton yaqin keldi.
Bittasi yo‗g‗on qamchi tutgan, ikkinchisi arqon tutgan,
uchinchisi qop tutgan,
to‗rtinchisi ko‗k to‗nli, ot mingan bek ekan. Bu to‗rt iblis meni bir uy darvozasiga
olib borganlaridan keyin, o‗sha ko‗k to‗nli bek otdan tushib, meni chaqirdi. Men u
bekning oldiga borganimda, u qo‗ynidan bir bitigni chiqarib, menga o‗qitdi.
O‗qisam, bu bitigda o‗sha kungi bizning ziyofatda o‗ldirilgan sigir, qo‗y, to‗ng‗iz
kabi jonivorlarning so‗zi bitilgan ekan. Ularning so‗zlari quyidagicha ekan: ―Biz,
hamma hayvonlar, oldin insoniyat dunyosida qilgan yomon qilmishlarimiz
sababidan ayvonot olamida tug‗ilgan edik. Qarzimizni to‗laydigan, burchimizni
o‗taydigan yil, oy vaqt miqdorini tugatsak edi, unda qiyofamizni o‗zgartirib,
insoniyat dunyosida tug‗iladigan bo‗lar edik. SHunday qilib, hayvonot olamidan
ayrilib, qutuladigan vaqtimiz, kunimiz tugamasdan, Inchyu shahridagi chang
qabilalik Ku tau degan bek bizni o‗ldirdi. SHuning uchun hammamiz qaytadan
yana hayvonot dunyosida tug‗iladigan burchdan, azob–uqubatdan shikastlandik.
Bunday azob–uqubatdan shikastlangan zamonda bizning bu qayg‗ularimizni,
azob–uqubatlarimizni ochiqchasiga tushuntirib so‗zlab
beradigan darajada
madorimiz yo‗q edi. Qanday qilib yana qarshilik qilishga, bardosh berishga
kuchimiz bo‗lsin?! Bu qayg‗umizni endi yaratgan Tangri o‗ngarsin‖, deb iltijo
qilgan edilar. SHuning uchun bizni seni olib ketgani keldik. Bu xabar bitigda bor‖.
Bu so‗zlarni bitigdan men oxirigacha o‗qib bitirdim. Keyin o‗sha ko‗k to‗nli bek:
―Ushlanglar uni!‖ deb baqirgan edi, uchala iblis menga yaqin keldi, bittasi arqon
bilan bo‗ynimni bo‗g‗di, bittasi qopga meni soldi, bittasi yo‗g‗on qamchi bilan
boshimga urdi, ikkala qo‗limni qayirib, Bopso‗qa tog‗i tomonda cho‗qqini
to‗ntarib, bir chaqirimga olib bordilar. Yo‗l o‗rtasiga borganda, o‗sha
meni olib
borayotgan iblislar menga shunday dedilar: ―Ey inson, sen shuncha– shuncha
hayvonlarni o‗ldirding. O‗sha sen umrlariga zomin bo‗lganlar maktubi sababidan
seni olib ketgani keldik. Sen buni bilishing kerak‖, deb shu gaplarni aytdilar. Bu
so‗zni eshitib, men ularga shunday dedim: ―Ey yaxshilarim, tangrilarim! Agar men
u paytda insonlarning bu dunyolik ko‗zi o‗ngida yomon ish qilganimni ko‗rib–
bilgan bo‗lsam, bular Yamaning
Do'stlaringiz bilan baham: