Nasimxon rahmonov



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

yaltiroq, hamma (narsa)dan ustun turadigan no„m podshohi nomli no„m bitigi” 
deb nomlanib, hozirgacha ―Oltun yorug‗‖ deb nomlanib keladi. Asarning 
sanskritcha nomi ―Suvarnaprabxasa‖dir.
―Oltin yorug‗‖ning asl matni taxminan milodiy I asrda yaratilgan bo‗lib, sudur 
(sutra)lardan tashkil topgan. S
udur 
sanskritcha so‗z bo‗lib, ―hikmatli so‗z, qisqa 
yo‗llanma‖ ma‘nosini bildiradi.
16
Bu terminning boshqa ma‘nolari ham bor.
17
Har 
bir bo‗limda buddaviylikning muhim jihatlari to‗g‗risida Tangrilar tangrisi burxon 
bilan Xo‗rmuzd hamda boshqa tangrilar o‗rtasida savol–javob kechadi. Buddaga 
berilgan savol bilan mavzu boshlanadi. Budda savolga javob berayotganda, orada 
hikoyalar ham kiritiladi.
Bu asar boshdan–oxir maxayana mazhabini targ‗ib qilishga qaratildi. Savol 
tug‗iladi: nima uchun aynan maxayana mazhabi asosida yaratildi va Kanishka ham 
aynan shu ta‘limotni yoyish uchun xizmat qildi? Zotan, maxayana ta‘limotida ichki 
poklanish, ruhiy, ma‘naviy sog‗lomlik bosh o‗rin tutadi. Qolaversa, Markaziy 
Osiyodagi azaliy ma‘naviy muhit ham maxayana mazhabi bilan uyg‗unlashadi. 
―Oltin yorug‗‖ning asl nusxasi yaratilish davri, birinchidan, aynan Kushon 
imperiyasining kuchayib, Hindistonning katta qismini egallab olgan davrga to‗g‗ri 
keladi. Ikkinchidan Kushon imperiyasi Markaziy Osiyodagi turkiy qavmlar davlati 
bo‗lgani bois bu imperiya hukmronligiga qadar buddaviylik O‗rta Osiyoda, 
xususan, Janubiy O‗zbekiston hududida endi yoyilib borayotgan edi. 
Maxayana ―katta g‗ildirak‖ yoki ―najotning katta yo‗li‖ degan ma‘noni bildirib, 
buddaviylikda asosiy yo‗nalishlardan biridir. Maxayana mustaqil yo‗nalish sifatida 
milodgacha 1 asrda ilk buddaviylik maktabi 
maxasangxiki
asosida tashkil topgan. 
Maxayananing to‗liq shakllanishi milodning boshlariga – sutralar alohida guruh 
6
Радлов В.В., Малов С.Е.. Суварнапрабхаса (Сутра Золотого блеска). – Текст уйгурской редакции. Санкт–
Петербург, 1913–1917, ХV + 723 с. 
16
Ричендуб Будон. История буддизма. – Евразия, Санкт–Петербург, 1999, 48–бет. 
17
Ричендуб Будон. Шу асар, ўша бет. 


sifatida paydo bo‗lgan davrga to‗g‗ri keladi. Maxayana yo‗nalishini buddaviylik 
bilan shug‗ullangan Nagarjuna, Ashvagxosha, SHantarakshita, CHandrakirti kabi 
buyuk faylasuflar rivojlantirdilar.
Maxayananing boshqa buddaviylik yo‗nalishlaridan farqi nimada? Nima uchun uni 
―katta g‗ildirak‖ deb ataydilar? Gap shundaki, maxayana tarafdorlarining 
qarashicha, fikrning oydinlashuvi faqat rohiblargagina emas, balki jamiki 
mavjudotlar uchun joizdir. Maxayananing asosiy farqli xususiyati shundan iborat. 
Maxayanada, hamma najot topishi mumkin, bu yo‗lda insonga buddalar va 
bo‗disatvlar yordam beradilar, deb qaraladi. Xinayana yo‗nalishiga mansub 
arxant
timsoli o‗rniga, bo‗disatv timsoli shakllantirilgan. Bo‗disatv oliy ruhiy etuklikka 
erishib, nirvonga ketmaydi, balki hamma najot topishga erishishi uchun yordam 
berish maqsadida sansarada qoladi. Aytish mumkinki, xinayana izdoshlariga: 
―Faqat yakka holatda, uzoq vaqt shaxsan o‗zini o‗zi komil qilish rohiblik orqali 
najot topa oladi‖, deb ta‘lim bersa, maxayana quyidagicha o‗git beradi: ―Hamma 
uchun yo‗l ochiq. Boringlar, sizlarga budda va bo‗disatvlar yordam beradilar. Agar 
bu yo‗lga kirishga zaif bo‗lsangiz, oddiy odam bo‗lib qolinglar, ammo Buddaning 
qoidalari va amrlariga rioya qilinglar, nirvonga etishish uchun katta qadam shudir‖.
Buning ma‘nosi shuki, maxayana yo‗liga kirgan insonlar bu yo‗nalishning barcha 
aqidalarini bajaradilar. Qolaversa, buddalar va bo‗disatvlar xuddi boshqa 
odamlarning 
karma
(inson butunlay qayta tug‗ilish jarayonida yuz beradigan 
jamiki yaxshi va yomon ishlar yig‗indisi)sini o‗z zimmasiga olayotganday bo‗ladi. 
Ular o‗z jasoratlari bilan oliyjanob karmani yaratadilar va azob–uqubatlar orqali 
imonlilarga o‗tkazadilar. SHuning uchun maxayanadagi azob–uqubat oliy 
donishmandlikka tenglashtiriladi. 
Buddaviylik diniy tizimini axloq fani bilan bir doirada qarash mumkin. YOki najot 
topish haqidagi aqida ham bir necha diniy tizimda maqsad va mohiyat jihatdan bir 
bo‗lsa ham, ish-amallari, timsollari bilan farq qiladi. Ammo najot topish, 
shuningdek, ―qayta tug‗ilish‖ ham ta‘limot bo‗lish bilan birga, diniy tizim hamdir. 
Masalan, ―Oltun yorug‗‖dagi har bir sudur insoniyatga najot berish va illatlardan 
xalos qilishga qaratilgan. 
―Oltun yorug‗‖da bayon etilishicha, Buddaning insoniyatga ko‗rsatadigan 
cheksiz inoyati va marhamati ta‘rifi er yuzida mavjud bo‗lgan ta‘rifu tavsiflarning 
hammasini qamrab oladi. Insoniyatni solihlikka etaklashda insonga imkonsiz narsa 
Budda uchun imkonli: ―Oltin rangli badaningizdagi har bir ezguliklar alomati 
g‗oyat ajoyibdir. (Bu alomatlar) ko‗k zumrad (toshi) xazinasiday o‗ng tomonga 
aylanib turadilar. (Ularning) yoqimli chiroyini, nurini (biron narsaga) qiyoslash 
qiyindir, deydilar. Azalda tug‗ilganingizda(n beri) tanangiz nuri o‗nta tarafdagi er–
suvni (ya‘ni er yuzini) (yoritadi), o‗chiradi uyqungizni, uch (zamonda) 
mavjudlikdagi 
azoblardan 
jonzotlarni 
etkazdingiz 
xotirjam, 
sog‗–omon 
abadiylikka! Do‗zax, iblis, hayvonot (olamida yurgan), shuningdek, (uch yomon) 
yo‗lda tug‗ilganlar - iblis maxluqlari, tangrilar (va) insoniyat dunyosida daydib 
yurishlariga chek qo‗ydingiz. Ularni ko‗p turli azoblardan xalos qilib, tinchlikka, 


xotirjamlikka etkazyapsiz...‖ (V 2b\ 1-16) Qolaversa, Buddaning o‗nta va‘dasi
38
va 
buddaviylikning tub mohiyati – insoniyatni komilikka etaklash uchun ularni 
illatlardan xalos qilib, amaliy natijaga olib keladi. Asardagi insonlarni 
nuqsonlardan tamomila xoli, pok, ma‘naviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash 
yo‗l-yo‗riqlari Buddaning sifatlariga mos o‗gitlarining amaliy natijasidir. Ma‘naviy 
pok insonlar, yoki umuman jonzotlar (―Oltun yorug‗‖da 

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish