Nasimxon rahmonov



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

tınlıghlar
) moddiy 
jihatdan ham o‗ziga xos tarzda shakllanadilar. Agar o‗sha jonzotlar Budda xonga 
(ya‘ni burxonga), bo‗disatv (buddaga aylanmoqchi bo‗lgan jonzotlar yoki 
insonlar)larga ta‘zim qilib, ularga hamdu sano aytsalar, natijaga erishadilar. Har 
uch zamondagi – o‗tgan, hozirgi va kelajak zamondagi burxonlarga hamdu sano 
aytgan va ta‘zim bajo aylagan aslzodalar o‗g‗illari va aslzodalar qizlari (ular 
jamiyatdagi alohida toifa emas, balki buddaviylikka e‘tiqod qiluvchi, Buddaning 
aqidalaridan aslo og‗ishmaydigan insonlar)ning hayotda erishadiganlari nihoyatda 
ulkan, ular ―emak-ichmakli, to‗nu kiyimli, mol-dunyoli, bilimli, fazilatli, qutli, 
saodatli (bo‗ladi), xastalikka, kulfatga, qarshilikka uchramaydilar, umrlari uzun 
bo‗ladi, qancha-qancha orzulari bo‗lsa, unday orzu yo‗qki, ko‗ngil xohishi 
bo‗yicha qonmaydigan, amalga oshmaydigan (bo‗lsin)‖ (V 8b\22-9a\4).
Buddaviylik falsafasi tizimida shart va natija munosabatlari muhim nazariy 
tushunchalardan biridir. Bu munosabatlar jonzotlarning komillikka erishuvi uchun 
birinchi shartdir. Jonzotlarning bo‗disatvga aylanishi, mushohada, najot topish, 
darma va h. bosqichlarni bosib o‗tishi ham shart va natija munosabatlaridan paydo 
bo‗ladi. Bu singari munosabatlarda ruhiy jarayon etakchilik qiladi. Masalan, 
―Oltun yorug‗‖dagi muhim, asarning boshidan oxirigacha davom etadigan termin - 
no‗m va uning turlari, no‗mning buddaviylar hayoti va e‘tiqodidagi mavqei, ruhiy 
ta‘siriga e‘tibor qarataylik.
No‗mning inson hayoti tarzini o‗zgartiruvchi boshqa jihatlari ham borki, bu 
ruhiy jarayon bilan bog‗liq. Jumladan, insonlar sehr-jodu no‗mining duolarini 
o‗qiganlarida, ularning hayotida quyidagicha o‗zgarishlar yuz beradi: sehr-jodu 
no‗mi insonlarni yirtqich hayvonlar balosidan, o‗t-suv balosidan, shaytonu 
arvohlar balosidan, inson va inson bo‗lmagan jonzotlar balosidan, xavf-xatardan 
xalos qiladi. Sehr-jodu no‗mi uch zamonga oid burxonlarning aqli, tafakkuridir. 
Sehr-jodu no‗mlarini ko‗p so‗zlash bilan burxonlarga izzat-hurmat ko‗rsatiladi. 
Ayni paytda aslzodalar – buddaviylikka e‘tiqod qiluvchilar no‗m udumlarini ijro 
etgach, aslzodaning ―baxti, kuch-qudrati ko‗payadi, oshib ketadi, nima orzusi 
bo‗lsa, amalga oshadi‖ (V 9b). Insonlar o‗zlariga tasalli topishlari uchun keltirilgan 
sanskritcha duolar muhim ruhiy omil bo‗lib xizmat qiladi. 
―Oltin yorug‗‖da ―quruq‖ yoki ―bo‗shliq‖ no‗m ham borki, tayanadigan hech 
narsasi yo‗q. No‗mning bu turi asarda ―moddiyat‖ga tayangani uchun ―egasiz, 
bo‗m-bo‗sh mahallaga o‗xshaydi‖. Bunday holatda hissiy a‘zolar (yoki ―o‗g‗ri‖) – 
ko‗rish, eshitish, hid bilish, til, tana va tafakkur o‗z vazifasidan uzoqlashib, o‗ziga 
aloqasi yo‗q ishlar bilan mashg‗ul bo‗lganda, yolg‗ondakam bilim paydo bo‗ladi. 
Maxayana mazhabining falsafiy asoslariga ko‗ra, moddiy olamning to‗rt ilk 
38
Îëòñì ¸ðñғ. 1-êèòîá, ¡çáåêèðòîì Òàìëàð àêàäåíèÿðè ―Òàì‖ ìàøðè¸òè, 2009, 11-áåò.


elementi yoki ―to‗rt maxabutli ilonlar‖ – yuqoriga intiladigan o‗t va shamol, pastga 
intiladigan er va suvning harakatlari aralashib ketganda, ko‗p xastaliklar paydo 
bo‗ladi. Ko‗ngil bilimiga tayanish, ya‘ni faqat o‗zligiga ishonish xastaliklarning 
boshidir. ―Oltun yorug‗‖da buddaviylik tizimiga mansub zamon, xususan, uch 
zamon muhim kategoriyalardan biridir. Uch zamon abadiylik demakdir. 
Buddaning qiyofasi ham, burxonlar ham uch zamonda talqin etiladi. SHuningdek, 
uch zamonga tegishli darma (sanskr. 
dharma
) ham uch zamonga mansub bo‗lib, 
―Oltun yorug‗‖da ma‘no va vazifa jihatdan o‗ziga xos maqomga ega. Darma 
muhim termin sifatida ―Oltun yorug‗‖ning o‗nta bo‗limi boshlanmasida ―
Buddaga 
ta‟zim, Darmaga ta‟zim. Sangaga ta‟zim
‖ tarzida qo‗llanadi. Bu o‗rinda 
darma
ning maqomi belgilab berilgan – uning maqomi Buddaning maqomi bilan 
baravar. Mazkur termin, birinchi navbatda, buddaviylik ta‘limoti ma‘nosini va bu 
yo‗lga kirganlarning ma‘naviy hayotiga oid hamma tomonlarni qamrab oladi. 
Darma
ning maqomi Buddaning maqomi bilan teng bo‗lgani uchun darma 
nazariyasining paydo bo‗lishi buddaviylik aqidasining ruhiy jihatiga asos bo‗ldi.
Buddaviylik tarixida maxayana mazhabining muhim o‗rin egallashiga 
sabablardan biri ham darmaning inson hayotining hamma jihatlariga kirib borib, 
hayot mazmuni komillikka erishuvdan, bo‗disatvlarga aylanishdan iborat, deb 
uqtirishdan iborat bo‗ldi. Jonzotlar bo‗disatvlarga aylanishlari uchun darmani 
o‗zida mujassamlantirgan o‗nta ma‘no va sifatlarga ega bo‗lishlari talab etiladi.
Bu ma‘no va sifatlar – mavjudlik elementi, yo‗l, nirvonga etishuv, his 
qilinmaydigan element, fazilatli hayot, ta‘limot, doimiy barqarorlik sifatlari, diniy 
va‘da, dunyoviy qonunlardir. Bir so‗z bilan aytganda, darma – e‘tiqod 
qiluvchilarning butun ongli faoliyatidir deb aytish ham mumkin. Buddaviylar ―men 
darmada panoh topganman‖, deb aytar ekanlar. Bu vaziyatda darma nirvondir. 
Darma ayni paytda, bilish asosi bo‗lib, shaxs qobiliyatining qabul qilishiga mos 
mazmunda qo‗llanadi. Buddaviylar keng ommaga aytar ekanlar: ―Qirolning 
oliyjanob xonimlari va yosh shahzodalar! Bir-biringizga darmaga muvofiq 
munosabatda bo‗linglar!‖ 
Hamma zamonlarda ham zodagonlarda axloq va tarbiya oliy darajada 
bo‗lganini va darma ana shu axloq hamda tarbiyaning tajassumi ekani ayonlashadi.
Darma hayot va uning mazmuni ham demakdir. Buddaviylarning yana 
―dunyoviy odamlar dunyoviy darmaga bog‗lanib qolganlar‖ degan gaplari aynan 
shu ma‘noda istifoda etilgan. Budda darmaga ta‘rif berib: ―Darma sudur va 
boshqalardir‖, deb aytganda, ta‘limotni nazarda tutgan edi.

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish