Nasimxon rahmonov


O„g„uz xoqon haqidagi dostonlarning qiyosiy tahlili



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

O„g„uz xoqon haqidagi dostonlarning qiyosiy tahlili
. O‗g‗uzxon – SHarq
adabiyotidagi tarixiy asarlarda ko‗p uchraydigan, ko‗p tilga olinadigan shaxs. 
Jumladan, Rashiddin Fazlulloh Hamadoniyning «Jome‘ ut-tavorix», «Mirzo 
Ulug‗bekning «To‗rt ulus tarixi», Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma», 
Abulg‗ozi Bahodirxonning «SHajarai turk» asarlarida O‗g‗uz hoqon bilan bog‗liq 
afsonalar o‗z aksini topgan. Mazkur asarlardagi O‗g‗uz xoqon afsonasi va 
«O‗g‗uznoma» dostoni o‗rtasida bir qancha umumiy va farqli jihatlar mavjud. 
YUqorida keltirilgan asarlarning barchasida O‗g‗uz hoqon musulmon sifatida 
talqin qilinadi. Rashiddin ham, Abdulg‗ozi Bahodirxon, Mirzo Ulug‗beklar ham 
turkiy qavmlarning O‗g‗uzxondan tarqalganini aytib, O‗g‗uz hoqon shajarasini 
Nuh payg‗ambarga borib taqalishini ko‗rsatadilar. 
«O‗g‗uznoma» dostoni bilan sanab o‗tilgan tarixiy asarlardagi O‗g‗uz afsonasi 
o‗rtasidagi umumiylik va farqlar O‗g‗uzxonning turkiylarga nom berishi bilan 
bog‗liq voqealarda ham ko‗zga tashlanadi. «Jome‘ ut-tavorix»da ham, «To‗rt ulus 
tarixi», «Abdullanoma», «SHajarai turk‖da ham qipchoq, qorluq, qalach (xalaj), 
qang kabi qabilalarning kelib chiqishi haqida rivoyatlar mavjud. Faqat bu 
rivoyatlar keltirilgan tarixiy asarlarda turlicha bo‗lib, syujetida o‗zgarishlar yuz 
bergan. Birgina qang urug‗ining kelib chiqishi haqidagi rivoyatlarni solishtirib 
ko‗ramiz. Mazkur rivoyat «O‗g‗uznoma» dostonida quyidagicha berilgan: «... 
Jangdan so‗ng O‗g‗uz xoqonning qo‗shiniga, navkarlarigayu xalqiga shunday katta 
o‗lja keldiki, ularni olib ketishga ot, xachir, ho‗kiz kamlik qildi. O‗g‗uz xoqonning 
qo‗shinida chaqqon, gavdali bir yaxshi odam bor edi. Uning oti Barm aqliq Jusun 
Bilik edi. Bu chaqqon odam bir qang‗a chopti. Qang‗a ustiga mol-mulklarni 
yukladi, qang‗a boshig‗a tirik boyliklarni yukladi, jo‗nab ketdilar. Navkarlarning, 
xalqning hammasi buni ko‗rdilar, shoshdilar. ... O‗g‗uz xoqon qang‗alarni ko‗rdi, 
kuldi. YAna aytdiki, qang‗a bilan boylikni ezgulik tortib borsin. qang‗alik senga ot 
bo‗lganligini «qang‗a» so‗zi bildirsin, deb o‗z yo‗liga ketdi.»
1
Aynan shu etnologik 
mif Mirzo Ulug‗bekning «To‗rt ulus tarixida shunday berilgan: «Ammo, qangli 
47
Фзбек мумтоз адабиёти намуналари, 1 жилд, Тузувчилар Н.Ра
ҳ
монов, 
Ҳ
.Болтабоев. Тошкент, 2003, 252

бет.
1
«Ўғузнома» 98-бет


aqllilik, farosatlilik ma‘nosidadir. CHunonchi, bir jangda O‗g‗uzxon qo‗liga juda 
ko‗p boylik o‗lja tushgan edi. G‗animdan hushyor o‗lja olib, uning qulfini ocha 
olmagandi. Lashkarboshlarning to‗g‗ri fikr yurituvchi bir to‗dasi urinib ko‗rishdi. 
Bartartib qildilar ul o‗ljani osonlikcha olib tashib oldilar. O‗z aqlu farosati bilan 
dunyo mushkullarini echa olganliklari sababli ularga qongli deb nom qo‗ydi.»
2
Qang urug‗ining paydo bo‗lishi, umuman, yuqorida keltirilgan barcha xalqlarning 
paydo bo‗lishi tarixiga oid ma‘lumotlar Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» 
asarida ham mavjud: «O‗g‗uz va uning ammakivachchalari o‗rtasida nizo kuchayib 
(ular bir-biri bilan) tig‗ va tili bilan so‗zlashib yurgan vaqtlarida (qangli qavmi) 
ularning mulkini, xirojini, taxtu tojini talon taroj qildi va had-hisobdan tashqari 
qimmatbaho toshlari, naqdinalari va turli mato va kiyimlari (qangli) qo‗liga tushdi. 
Bu (narsalar)ni o‗sha tomondan olib ketish mushkul va qiyin ko‗rindi. (SHu vaqtda 
bu jamoa nazar va fikrning nozikligi bilan aravalar yasadilar; qo‗laridagi yukning 
hammasini aravalarga ortirdilar. Va shu maqbul ishlari tufayli «qangli» laqabini 
olganlar, (qangli) aravaning nomi bo‗lgan. Qanglarning barchalari o‗sha nomning 
qatralari va o‗sha daryoning tomchilaridir.»
1
YUqoridagi parchalardan shu narsa ko‗rinib turibdiki, «O‗g‗uznoma» va tarixiy 
asarlarda berilgan etnologik miflarda u qadar katta farqlar ko‗zga tashlanmaydi. 
Faqatgina syujetida bir oz farqlar mavjudligi ko‗rinadi. Biz faqat bir urug‗ 
nomidagi farqlarni keltirish bilan cheklandik. Rashiddin Fazlulloh Hamadoniyning 
«Jome‘ ut-tavorix» asarida bayon qilingan O‗g‗uz xon haqidagi afsona syujet 
jihatdan tamomila eski uyg‗ur-turk yozuvidagi «O‗g‗uznoma»dan farq qiladi 
(«Jome‘ ut-tavorix»dagi O‗g‗uz xon afsonasi haqida «Rashididdin Fazlulloh 
Hamadoniy» mavzusida to‗xtalamiz).

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish