1.4. Ajdodlar merosini o’rganishda bolalar folkloridan foydalanish
O’zbek bolalar folklori uzoq asrlardan beri mavjud. Bunga kattalar ham, bolalar
ham bab-baravar hissa ko’shganlar. Kattalar butun bir sistemadan iborat bolalarni
erkalash poeziyasini yaratganlar; bolalarga mo’ljallab ajoyib-g’aroyib ertaklar
to’qiganlar; ularning zehnini charxlovchi topishmoqlar, nutqini rivojlantiruvchi tez
aytishlar ijod qilganlar. O’zbek bolalar folklorida bolalikning qalb tebranishlari, qiziqish
va ehtiroslari, voqelikka munosabatlari o’ziga xos ifodasini topgan. Bolalar shular
bilangina cheklanmaganlar; ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot taqozosi bilan kattalar
repertuariga daxldor ayrim folklor namunalarini o’zlashtirib, «o’zlariniki» qilib
borganlar. Bugungi kunda topishmoqlar, tez aytishlar va qo’g’irchoq teatrining tom
ma’noda bolalarniki bo’lib qolgani hech kimda shubha uyg’otmaydi.
Bizda o’zbek bolalar folklori namunalarini yozib olish ishlar» ancha kech
boshlandi. O’tgan asrning o’rtalaridan boshlab, ayrim rus orientalistlari, umuman,
turkiy xalqlar folkloriga e’tibor bera boshladilar. Shuni ham aytish kerakki, mavsum
va marosim qo’shiqlariga tayanish, ularning ijodkori har qachon kattalar bo’lganini
e’tirof etish evaziga bolalar qo’shiqchiligini cheklash hollari ham ko’zga
tashlanadi. To’g’ri, marosimlarni kattalar uyushtirganlar. Ularning o’tkazilish
tartiblarini ham, rasm-rusumlarini va qo’shiqlarini ham-kattalar ijod etganlari rost.
Lekin unutmaslik lozimki, shu marosimlarning aksariyati bolalar
ishtirokisiz o’tmagan; hech bo’lma ganda bolalar tomoshabin sifatida unga
qatnashganlar va kattalar bajargan ishlarni ko’rgach, o’sha marosimni keyin
o’yinda muqallid qilib o’zlari bajarganlar, shu muqallidlariga yarasha qo’shiqlarni
to’qiganlari ham ayni haqiqat. Binobarin, bolalarning ham o’z marosim va
mavsum qo’shiqlari yuzaga kela boshlagan. Bu jarayon davr o’tishi, turmush
sharoitining o’zgarishi, yangicha munosabatlarning tug’ila borishi tufayli u yoki bu
marosimning tamoman yo’qolishi, yo shunchak kattalar o’rtasida nufuzini
yo’qotishi natijasida o’sha marosim bolalar o’yini yoki ijrochiligida yashash
shakliga o’tishi bilan yanada chuqurlasha borgan. Aytaylik, «Y
O
ramazon» tipidagi
qo’shiqlar qachonlardir kattalar repertuarida paydo bo’lgan. Inqilobiy davr va
yangi munosabatlar taqozosiga ko’ra bolalar repertuarlariga o’tib, hozirgacha
yashab kelmoqda. Hozir bu tipdagi qo’shiqlarga kattalar repertuarining namunalari
sifatida qarash mutlaqo asossizdir. Bunday holatni «Boychechak», «CHitti gul»
tipidagi mavsum qo’shiqlari misolida ham ko’rish mumkin.
Kattalar hamisha o’z farzandlarini o’ylab yashaganlar - mehnat va ijod bilan
shug’ullanganlar. Bu jarayon ularda bola va uning taqdiri to’g’risida qayg’urish
majburiyatining tobora chuqurlashuv tarzida kechib, talay qo’shiqlarning
to’qilishiga sabab bo’lgan. O’z navbatida erkalash poeziyasiga mansub namunalar
ijro maqsadi, o’rni va bola yosh saviyasiga munosabatiga ko’ra ikki guruhga
ajraladi: Birinchi guruhga mansub qo’shiqlar bolaning beshikdaligi davri bilan
chambarchas bog’liq.
Shunga ko’ra ularni beshik qo’shiqlari deyishadi. Allalar va talay etnografik
mazmundagi poetik parchalar aytim-olqishlar ana Shunday xarakterga ega. Beshik
qo’shiqlari chaqaloq uch yoshni to’ldirgunigacha aytilsa, ikkinchi guruhga mansub
qo’shiqlar bola tug’ilganidan to 6-7 yoshga to’lgunigacha ijro etiladi va ular beshik
bilan bog’lanmaydi.
Bular suyish qo’shiqlari bo’lib, erkalamalar, ovutmachoqlar,
qiziqmachoqlardan tarkib topgay, shu ma’noda erkalash poeziyasi xalq pedagogik
dahosining ifodasi bo’lib, keyinchalik bolalar uchun maxsus adabiyotni yuzaga
keltirishda muhim manbaga aylandi. Tag’in shunday qo’shiqlar silsilasi ham borki,
ularni kattalar qachonlardir u yoki bu munosabat bilan to’qiganlar. Bular marosim
va mavsum taronalari bo’lib, davr o’tgani sayin yangicha o’zgarishlar taqozosiga
ko’ra ijtimoiy-estetik mohiyati va mavqei o’zgarib turgan, aniqrog’i, ijtimoiy
ma’naviy ehtiyojga ko’ra kattalar repertuaridan bolalar repertuarlariga o’tgan:
«Boychechak», «Chitti gul»-mavsumiy va «Y
O
ramazon»-marosimiy qo’shiqlari
kabi. Natijada bolalar qo’shiqchiligida mavsum va marosim taronalari yuzaga
kelishiga asos solingan.
Shu bilan kattalar safida o’sha marosimlarga qatnashgan bolalarning o’zlari
ham talay taqlidiy qo’shiqlar ijod etganlar, bolalikning o’ziga xos mavsumiy
an’analarini yaratganlar va shu mavsumlar moxiyatiga munosib badihalar,
yalinchoqlar, hukmlagichlar to’qiganlar.
Shu tariqa kattalar rahnamoligida, anikrog’i, ular bilan bevosita
hamkorlikda bolalarning o’z mavsum va marosim taronalari yuzaga kelgan.
Bularda xalq etnografiyasining tarixiy ildizlari saqlab qolingan va shular ta’sirida
bolalarning kattalarnikidan farq qiladigan etnografiyasi va kalendari yuzaga
kelgan.
Ulg’ayish ehtiroslari, o’yinlar, kattalar bilan munosabatlar, hayotda o’z
mavjudligini anglay borish shavqu zavqlari murg’ak qalblardagi tebranishlarni
rang-barang ohanglarda tovlantirib, bolalarning o’zlarini ham qo’shiqchi
shoirga aylantirib qo’ygan.
Shu yo’sinda bolalar ham ijod eta boshlaganlar va aytish mumkinki, ular
yaratgan qo’shiqlar o’zbek bolalar folklorining xilma-xil janrlariga boy eng katta
tarkibiy qismini tashkil etadi. Binobarin, ularga bolalar qo’shiqlari sifatida qarash
tabiiydir.
Qo’shiq qaysidir bir ijtimoiy qatlamda yaratilib, o’sha ijtimoiy qatlam
o’zgarishi yo barham topishi natijasida uning ehtiyojlari drirasidan chiqib olishi
tufayli boshqa bir ijtimoiy qatlam ermagiga aylanishi yo tamoman yo’qolishi
tabiiydir.
Bu o’ziga xos traditsion vorislik halqasining yuzaga kelishidan iborat
jarayon bo’lib, o’z navbatida, qo’shiq umrining ko’p qatlamliligini ta’minlashdan
tashqari, yana kattalar repertuariga taalluqli u yoki bu folklor asarining bolalar
repertuariga o’tishining, bolalar og’zaki ijodiyoti va ijrochiligining namunasiga
aylanishining qonuniyligini tasdiqlaydi.
Bu qonuniyat bolalar folklorining kattalar folkloriga vorislik huquqini
asoslaydi, ular o’rtasidagi munosabatning xarakterini ko’rsatadi kattalar folklori va
xalq etnografiyasi zaminida rivojlanish tendentsiyasini ravshanlashtiradi, shuni
ta’kidlash zarurki, bu vorislik bolalar folklorining kattalar folkloriga muteligi
qobig’ida o’ralib qolmay, balki mustaqil ijodiy o’zlashtirish, o’sish va boyish
negizida kechib, o’zbek bolalar folklorining, jumladan, uning behad keng tarqalgan
va xilma-xil janrlarga boy tarmog’i bo’lgan bolalar qo’shiqchiligining
taraqqiyotiga o’ziga xoslik bag’ishlagan omil hamdir.
Bugungi kunda mustaqil diyorimizda barcha jabhalarda islohotlar asosida
rivojlanish avj olmoqda. O’zbek xalq milliy musiqa san’ati qadim-qadimdan
mavjud bo’lib, hozirgi kunga qadar avloddan-avlodgi, og’izdan-og’izga o’tib
sayqal topib kelmoqdia. Milliy ohanglarni bizning bobolarimiz ham sevib
tinglashgan, otalarimiz qadrlashgan, endi biz talabalar ham chin yurakdan his etib,
talaba yoshlarga o’rgatib kelmoqdamiz.
Galdagi vazifalarimiz yoshlarga milliy kuy-qo’shiqlar tinglash hamda
kuylashni shu bilan birga qadr-qimmatni yo’qotmay bir-birlariga do’st va sodiq
yashashlarini o’rgatishdan iborat. Odatda qo’shiqlar insonga hamroh bo’ladi.
Dardu-hasratga to’lsa ham qo’shiq tinglaydilar, dam olsalar ham, quvonchga
to’lsalar ham musiqadan baxra oladilar.
Demak musiqa shunday qudratga ega ekanki, insonni hatto sehrlab qo’yar
ekan. Xo’sh ana shunday sehrli kuylar, navolar taralayotgan sozlar qaerdan paydo
bo’ldi, ularning ustalari kimlar? Bizlar o’shalar haqida o’ylashimiz lozim, ularning
mehnatlarini qadrlashimiz kerak.
Musiqa inson ruhiyatini ajarlmas qismi bo’lib hisoblanadi. Musiqadan turli
ozuqa olish uchun inson yuksak madaniyatli, sof qalb egasi, go’zallikni his eta
oladigan, o’z kasbiga, ona vatanga mehr qo’ygan bo’lishi kerak. Shu bois
o’quvchilarda inson ma’naviyatining tarkibiy qismi bo’lmagan musiqa
madaniyatini tarbiyalash musiqa tarbiyasining bosh maqsadi bo’lib turadi.
Musiqa madaniyati darslarida an’anaviy milliy qo’shiqlarimizdan
foydalanishning muhim ahamiyati Shundaki, avvalo asrlar bo’yi xalqimizning boy,
ulkan merosiga aylangan maqom ijrochiligining insonlarga kuchli ta’siri va ta’siri
yuksakligidadir.
Mashhur xofizlarimiz tomonidan yuqori saviyada ijro etilgan bu ashulalar
o’quvchilarda ham ichki tuyg’uni ota-bobolarimizning ulkan tarix zarvaraqlarini
inson organizmiga qay darajada ta’sir etishi ma’lum bo’ladi. Chunki, musiqa
insonning asab tizimiga ijobiy yordam beradi.Onalar allasi haqida ham dars
jarayonida tushunchalar berish o’z volidalarimizning aziz va mukarramligi haqida
ma’lumotlar berib borish maqsadga muvoffiqdir.
Ona o’z farzandiga alla aytayotganida chin yurakdan berilib kuylaydi, bola esa
uning sehri bilan uyquga ketadi.Demak, o’zbek xalqi tomonidan yaratilgan xalq
qo’shiqlari nafaqat musiqa darslarida, balki, insonlarning dam olishlarida ham o’z
ta’sirchanligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |