Pedagogika fakulteti Musiqa ta’lim yo’nalishi talabasi


 Musiqa merosini el e’tiboriga yetkazishda xizmat qilgan o’zbek san’atkorlari



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/20
Sana26.01.2022
Hajmi1,21 Mb.
#411312
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
ananaviy xalq qoshiqchiligida ajdodlar merosini uluglanishi

2.4. Musiqa merosini el e’tiboriga yetkazishda xizmat qilgan o’zbek san’atkorlari 

 

MUHIDDIN QORI YOQUBOV (1894-1957) 



 

     


Muhiddin  qori  Yoqubov  o’zbek  madaniyatining  atoqli  arboblaridan  biridir. 

Mashxur san’at namoyondasini hayoti va ijodini yaxliticha olib haralsa, xalhimiz 

hayoti, orzu-umidlari, intilishlari, xalq san’atining rivoji bosqichlari bilan uzviy 

bog’liqligini kuzatamiz. Bu jarayonda hamisha oldingi safda bo’lganligiga guvox 

bo’lamiz. U san’at taraqqiyoti yo’lida borligini sarflagan, madaniyat va 

san’atimizning tashkilotchilaridan biridir. 

      Muhiddin qori Yoqubov Farg’ona muzofotining Yormozor qishlog’ida tavallud 

topdi. Uning otasi ziyoli odam bo’lib, o’g’lini islomiy va zamonaviy bilimlar egasi 

bo’lishiga harakat qildi va Farg’ona shahrining madaniyat maskanlariga ko’proq, 

jalb qildi. Yoshligidanoq, yevropa madaniyatini o’zida aks ettirgan Farg’ona 

shaxrining madaniy hayoti bilan qiziqdi va to’garaklarga, jumladan musiqa 

to’garaklariga qatnasha boshladi. Nota yozuvini o’rganadi, damli sozlar orkestrida 

musiqa asboblari chalishni o’rganadi. 

1916 yilda Muhiddin qori Yoqubov Farg’onada bir gurux, havaskor 

yoshlardan iborat cholg’u asboblar to’garagini tashkil qildi. Bu tugarakda milliy 

cholg’u asboblari bilan bir qatorda, yevropa musiqa asboblarini chaladigan 

mahalliy yoshlar ham bor edi. 1918 yilda Hamza Hakimzoda Niyoziy bilan 

tanishadi va bu uchrashuv uning hayotida muhim ahamiyatga 

ega bo’ldi. Ular birgalikda teatr truppasini tashkil etadilar va 

“Boy ila xizmatchi”, “Farg’ona fojeasi”, “Tuxmatchilar 

jazosi” pe’salarini saxnalashtiradilar va ulardagi bosh rollarni 

Muhiddin qori Yoqubov ijro etadi. 

1923  yilda  musiqa  va  ijrochilik  san’atini 

rivojlantirishdagi,  madaniy  hayotdagi  yutuqlarni  keng 

tashviqot qilishdagi xizmatlari uchun unga «Turkistonning 

birinchi xalq xofizi» unvoni beriladi. O’sha davrda Muhiddin qori Yoqubov 




«Sharq kechalari» deb nomlangan kontsert dasturi bilan turli shaxarlardagi 

kontsertlarda qatnashar va «Ushshoq», «Fig’on», «Bayot», “Ko’chabog’”, 

“Chorgoh”, “Dugoh”, “Eshvoy”, “Yo’l bo’lsin” ashulalarini aytib olqishlarga 

sazovor bo’lar edi. 1925 yili Tamaraxonim bilan Parijda jaxon san’at 

ko’rgazmasida ishtirok etadi. So’ng Berlinga taklif qilinib mashxur Betxoven 

zalida kontsert beradi. O’sha yili Berlindagi «Fosishe, tseytug» gazetasi o’zbek 

san’atkorining ijrosiga shunday baxo bergan edi: - «O’zbek xonandasi Muhiddin 

qori Yoqubovning ijrosi ayniqsa katta taassurot qoldirdi. Bu san’atkorlar 

Yevropaning katta shaharlariga tashrif buyurdi. Ko’zlagan maqsadi o’z xalqining 

noyob san’atiga qiziqish uyg’otishdir. Uning repertuarida xali notaga yozib 

olinmagan ikki yuzdan ziyod asriy qo’shiqlar mavjuddir. U Parijdan Berlinga kelib 

mahalliy aholi oldida o’z qo’shiqlarini ijro etdi. Uni nihoyatda qizg’in va hayajonli 

kutib oldilar”. 

Muhiddin qori Yoqubov 1926 yili Marg’ilonda o’zbek etnografik ansamblini 

tashkil etadi va mashxur san’atkorlarni birlashtirib, barcha viloyatlarda, sobiq 

ittifoqning o’nlab shaharlarida jumladan, Moskva shahrida ijodiy safarda bo’ladi. 

So’ngra Moskvada 3 yil mashxur rejissyor Mayerxolrd studiyasida taьlim oladi. 

1929 yilda Muhiddin qori Yoqubov tashabbusi bilan Davlat etnografik ansambli 

birinchi O’zbek musiqali teatriga aylantirildi. Ushbu teatrga X.Nosirova, 

K.Zokirov,  L.Sarimsoqova,  B.Mirzaev,  Tamaraxonim,  M.Turg’unboeva, 

M.Ashrafiy singari san’atkorlar jalb qilindi va shu yo’sinda o’zbek milliy operasini 

yaratishga zamin tayyorlandi. Keyinchalik shu saxnada “Er targin”, “Bo’ron”, 

“Layli va Majnun”, “Mahmud Torobiy”, “Ulug’ kanal”, “Farhod va SHirin”, 

“Ulug’bek”, kabi operalarda yetakchi partiyalarni ijro etdi. 

O’zbekiston Davlat filarmoniyasining tashkil etilishida ham Muhiddin Qori 

Yoqubovning xizmatlari katta bo’ldi. 1936-1947 yillarda filarmoniyaning direktori 

va badiiy rahbari bo’lib ishladi, juda ko’p san’atkorlarni bu dargohga jalb etdi, 

yosh ijodkorlarga ustozlik qildi. O’zi ham sahnaga chiqib “Ilila yorim”, “G’ayra-

g’ayra”, “Bilakuzuk”, “Olmacha anor”, “Suv bo’yida” kabi xalq qo’shiq, lapar va 

hajviy aytishuvlarini mohirlik bilan ijro etdi. Hozirda bu jamoa uning nomi bilan 




ataladi. 1937 yilda Muhiddin qori Yoqubovga “O’zbekiston xalq artisti” fahriy 

unvoni berildi. 

Sobiq sho’ro siyosati shunday buyuk san’atkorni ham o’z domiga tortadi va 

umrining so’nggi bir necha yilini qamoqda o’tkazadi. Qamoqdan qaytib kelgach, 

dardga chalinib, 1957 yil 2 fevralda vafot etadi. Ulug’ mustaqillik sharofati bilan 

o’zbek san’atining bu fidoyisiga Prezidentimizning farmoni bilan «Buyuk 

xizmatlari uchun» ordeni berildi. Butun umrini xalq san’ati rivojiga bag’ishlagan 

bu fidoyi san’atkorning nomi tarix zarvaraqlarida hamisha nur sochib turadi. 

TO’XTASIN JALILOV (1896-1966) 

O’zbek  musiqiy  san’atining  yirik  namoyandasi 

mashxur bastakor,  To’xtasin Jalilov Andijon shahrida 

tavallud topdi. U oddiy oiladan bo’lib, yoshligi ko’p hayot 

qiyinchiliklariga duch keldi va tirikchilik yo’lida turli 

xonadonlarda xalfa bulib xizmat kildi. Andijonda mashhur 

Saidxon  to’ra  xonadonida  bo’ladigan  suxbatlar  va 

san’atkorlar ishtiroki yosh To’xtasinda  musiqaga ixlos 

uyg’otadi va shu yo’lni tanlaydi. “Tolzor” choy xonasida 

vodiylik xonanda va sozandalar ishtirokidagi yig’inlarda doim qatnashar, Ashurali 

hofiz, Dexqonboy, Hayit Oxun tanburchilarni va vodiyning turli joylaridan kelgan 

san’atkorlar ashulalarini tinglardi. Yosh To’xtasin Qo’qonlik Yusufjon changchini 

nazariga tushadi va undan musiqa sozlarini parda tuzilishlarini o’rgana boshlaydi. 

Fijjak, dutor, tanbur sozlarini qunt bilan o’rganadi. 1919 yilda Andijon shahrida 

Hamza Hakimzoda Niyoziy tomonidan tuzilgan tashviqot ansambliga taklif 

qilinadi va Orifjon dutorchi, Yoqubjon changchi, Zokir eshon doirachi, Berkinboy 

Fayzievlar bilan ijrochilik malakasini oshirib boradi. Orifjon dutorchi (garmon), 

Rustam Mextar singari taniqli sozandalardan saboq oladi. To’xtasin Jalilov ijodi 

davomida juda ko’p ansambllarda mehnat qildi va mashhurlik darajasiga ko’tarildi. 

1926 yilda tuzilgan o’zbek davlat etnografik ansamblida sozanda, 1929 yilda 

Andijon teatrida musiqa rahbari bo’lib ishladi. 1935 yilda Londonda bo’lib o’tgan 

festivalda katnashib, usta Olim Komilov, Abduqodir Ismoilov, Tamaraxonimlar 




bilan katta muvaffaqqiyatga erishadi. 1937 yilda Moskvada o’tkazilgan birinchi 

o’zbek san’at va adabiyot dekadasida qatnashish uchun o’zbek davlat fi- 

larmoniyasi qoshida ashula va raqs ansambli tashkil etiladi va To’xtasin Jalilov 

bunga badiiy rahbar etib tayinlanadi. Dekadadan so’ng ansambl bilan sobik 

ittifokning juda ko’p shaxarlarida, gastrol safarlarida bo’ladi. Bu ansambl o’z 

davrida yuzga yaqin xonanda, sozanda, raqqosalarni o’z ichiga olgan edi. 1940 

yilda o’zbek musiqali drama va komediya teatri tashkil qilinib, To’xtasin Jalilov 

badiiy rahbar etib tayinlanadi. So’ngra bu teatrga Muqimiy nomi beriladi. 

To’xtasin Jalilov butun ijodi davomida 30 dan ortiq musiqali drama va 200 dan 

ortiq kuy va qo’shiqlar yaratdi. Uning barcha yaratgan qo’shiq, kuy, ariyalarida 

xalqonalik aks etgan bo’lib, xalq ashulalari va kuylaridan moxirona 

foydalanganligi, xalq ijro yo’llarini yaxshi bilganligidan dalolat beradi. U yaratgan 

“Toxir va Zuxra”, “Gulsara”, “Halima”, “Nurxon”, “Alpomish”, “Muqimiy”, 

“Ravshan va  Zulxumor”, “Layli va Majnun”, “Gul va Navro’z” singari musiqali 

dramalari o’zbek teatr san’atining rivojida muxim ahamiyatga egadir. “Kokiling”, 

“Dovrug’”, “Signal”, “Gulistonim mening”, singari yuzlab qo’shiq va kuylari 

xonandalar va sozandalar tomonidan sevib kuylanadi va ijro etiladi. Ustoz ko’plab 

shogirdlar yetishtirdi. Mamadaziz Niyozov, Ganijon Toshmatov, Komiljon 

Jabborov, Mirzajon Tillaev, G’ulomjon Hojiqulov singari mashxur bastakor va 

sozandalar shular jumlasidandir. Mashhur san’atkor Halima Nosirova “To’xtasin 

Jalilov - barcha san’atkorlarning, sozanda va xonandalarning, bastakor 

dirijyorlarning otaxoni, mehriboni maslaxatchisi edi” - deb eslaydi. 

Ustozning farzandlari Xolxo’ja To’xtasinov, Holida Jalilova, Salohiddin 

To’xtasinov, Dehqon Jalilovlar ota izidan borishib, o’zbek san’atiga munosib hissa 

qo’shdilar. 

Ustoz To’xtasin Jalilovning mexnatlari  munosib taqdirlangan bo’lib 

“O’zbekiston xalq artisti” faxriy unvoniga, xukumatning bir qancha mukofotlariga, 

Prezidentimiz Islom Karimovning farmoni bilan “Buyuk xizmatlari uchun” 

ordeniga sazovor bo’ldi. 

Uning nomiga Andijon san’at bilim yurti, ko’chalar ko’yilgan bo’lib, ustoz 




xayotining davomiyligidan darak beradi va xalq xotirasida saqlanadi. 

YUNUS RAJABIY (1897-1976) 

       Yunus Rajabiy deganda o’zining butun salobati, ijodi, 

o’zidan qoldirgan ulkan musiqa merosi bilan, o’zbek 

milliy musiqasiga bebaho hissa qo’shgan buyuk san’atkor 

ko’z o’ngimizda gavdalanadi. Musiqiy madaniyatimizda 

uning aloxida o’rni bo’lib, o’z ijodiy va ilmiy ishlari 

natijasida  akademik  darajasiga  ko’tarilgan  ulug’ 

san’atkordir. Yunus Rajabiy o’zining ijodiy faoliyatini 

o’zbek xalq ashula, qo’shik, cholg’u kuylari va maqom 

yo’llarini notaga yozib olishga bag’ishladi. Natijada to’kkiz tomlik “O’zbek xalq 

musiqasi” to’plami, “Shashmaqom”ning olti tomligi, “Musiqiy merosimizga bir 

nazar” risolasi chop etildi. Yunus Rajabiy 1897 yilda Toshkent shahrining Chaqar 

mahallasida tavallud topdi. 

        Dastlab eski usul maktabida savodini chiqargach, musiqadga bo’lgan ishtiyoq 

uni shu yo’lga boshlaydi. Mashhur hofiz va sozanda Shorahim Shoumarov unga 

birinchi ustozlik qiladi va dutor chalib qo’shiq aytish yo’llarini o’rganadi. 1919 

yilda Toshkent xalq konservatoriyasi milliy cholg’u asboblari bo’limiga o’qishga 

kirib, milliy sozlar ijrochiliga bilan bir katorda nazariy darslarni ham o’zlashtiradi. 

Ustozi Shorahim Shoumarov bilan birgalikda birinchi musiqali sahna asari bo’lgan 

“Farhod va Shirin” spektakliga musiqa bastalaydi. 1923 yili Samarqandga borib 

yashab, dastlab o’zbek pedagogika bilim yurtiga musiqa rahbari so’ngra 1925 yilda 

teatrda ansambl rahbari bo’lib ishlaydi. Mashhur hofiz va bastakor Hoji Abdulaziz 

Abdurasulov uning Samarqanddagi ijodiy faoliyatida muhim rol o’ynadi va 

maqom yo’llarini yangicha talqinda o’zlashtira boshladi va o’zi ham kuy, 

qo’shiqlar yarata boshlaydi. Yunus Rajabiy 1927 yilda tashkil qilingan birinchi 

o’zbek radiosi milliy cholg’u ansamblining asoschisi va musiqa raxbari bo’ldi. 

Uning tashabbusi bilan o’zbek milliy cholg’u asboblarini takomillashtirish ishlari 

boshlanadi va natijada o’bek xalq cholg’u asboblari tovush sadolanishida, tashqi 

qiyofasida sezilarli o’zgarishlar ro’y berdi. O’zbek radiosi qoshida xalq milliy 




cholg’u ansambli zaminida o’zbek xalq cholg’u orkestri tuzildi. Bu dargoxda 50 yil 

ijodiy mehnat qildi. Keyinchalik 1960 yilda esa hozirgacha o’z faoliyatini 

muvaffaqqiyatli davom ettirayotgan maqom ansamblini tuzdi va “SHashmaqom”ni 

mushkilot va nasr bo’limlarini magnit lentasiga tushirdi. Bu maqom ansambli 

hozirgacha ustozning ijrochilik maktabi ruhida faoliyatini davom ettirmoqda. 

Ustoz Yunus Rajabiy ijodining solnomasiga nazar tashlasak, ijodiy faoliyati 

davomida “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Muqanna”, “Ug’il uylantirish”, 

“Qasos” singari 10 dan ortiq musiqali dramalar, «Koshki», «O’lmasin», “Ne 

navo”, “Qadax”, «Paxta», «Farg’onacha», «O’yin bayoti», «Kuygay» singari 200 

dan ortiq kuy va qo’shiqlar yaratganligini guvohi bo’lamiz. U kompozitor 

B.Brovtsin bilan hamkorlikda yaratilgan «Yolgiz va hammamiz» va «Fargonacha» 

simfonik asarlarining ham muallifidir. Uning hofizlik ijrochiligi ham xalqimiz 

tomonidan juda qadrlangan va «Ushshoq», «Koshki», «Kuygay», «Bayot» 

ashulalarini betakror ijrochisidir. Ustoz Yunus Rajabiyning serqirra ijodiy faoliyati 

respublikamiz musiqa madaniyatining yangicha ruh bilan shakllanishi va 

taraqqiyoti borasida muhim ahamiyat kasb etadi. Ustoz o’zidan yuzlab shogird- 

larni qoldirdi. Tolibjon Sodiqov, Doni Zokirov, Dadaali Soatqulov, Nabijon 

Hasanov, Saidjon Kolonov, Orif Qosimov, Fahriddin Sodiqov, Nazira Ahmedova, 

Turg’un Karimov, Ortikxo’ja Imomxo’jaev, Maxmud Yunusov, Turg’un Alimatov, 

Orifxoji Alimaxsumov, Siroj Aminov, Isxok Kataev, Eson Lutfullaev singari 

mashxur xofiz va sozanda bastakorlar Yunus Rajabiy ijrochilik maktabining 

vakillaridir. Maqomdon xonandalar, xalq cholg’u va ashula ansambllari, musiqali 

drama teatrlari artistlari uning ajoyib dilrabo qo’shiq va kuylarini ijro etmoqdalar, 

asarlarini sahnalashtirmoqdalar. Ustoz Yunus Rajabiy bir qancha davlat 

mukofotlari, «O’zbekiston xalq artisti» fahriy unvoni, vafotidan so’ng 2000 yilda 

«Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi. 1966 yilda O’zbekiston 

fanlar akademiyasiga aьzo qilib saylangan. Akademik ilmiy unvonga ega. 1976 yil 

23 aprel kuni 79 yoshida vafot etgan. Uning xotirasi abadiylashtirilib, Toshkent 

shaxridagi metro bekatlarining biriga, o’zi yashagan ko’chaga, respublika radiosi 

maqom ansambliga, Jizzax viloyat teatriga uning nomi berilgan. Yunus Rajabiy uy 




muzeyi ishlab turibdi. U yerda har xil madaniy tadbirlar o’tkaziladi. 


XULOSA 

 

Musiqa madaniyatimizni rivojlanishida  bizning ulug’ bobokalonlarimiz 



qoldirgan bebaho boylik, oltin meros hisoblanmish milliy musiqa san’atimiz uzoq 

o’tmishga borib taqaladi. Xalqimizning tarixi, orzu-armonlari, hayot haqidagi 

tasavvurlari jilosida yaratilgan milliy kuy va qo’shiqlarimiz har doim inson 

tarbiyasida birinchi bo’lib kelgan. 

 

Xalqimiz azaldan yaxshilikni ulug’lagan, tabiatan yaxshilik qilishga moyil 



bo’lgan xalq sanaladi. Alalxusus, bu el farzandlari qalbida “yaxshilik qil, agar 

yaxshilik qila olmasang yomonlik ham qilma” –degan ezgu da’vat yashaydi.   

Ertagu-rivoyatlar, dostonlar, maqolu-naqllar, milliy mumtoz kuy va 

qo’shiqlarning zamirida ham o’zaro yaxshilik va ezgulik xususiyatlari rivoj topadi. 

Yaxshilikni ulug’lash, yaxshilikka intilib yashash mana necha asrlardan buyon 

avloddan-avlodga o’tib bizgacha yetib kelgan. Yana xalqi mizda savob degan  

hikmatli ibora ham mavjudki,  ushbu yqlda ajdodlarimiz tarixda saboq berguvchi 

xotiralarni qoldirganlar.  

 

Musiqaning millatimiz taraqqiyoti yo’lidagi xizmati g’oyat beqiyosdir. Biz 



mustaqil davlat sifatida jaon davlatlari orasida jaxon mingbariga chiqdik. 

Davlatimizni ma’naviy va ma’rifiy deb e’tirof etdik. Musiqa kelajak avlodlarining 

ongini yuksaltirishda muhim o’rin tutadi. 

 Musiqa nafaqat madaniy, balki siyosiy ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lib, 

uning naqadar ma’suliyatli ekanini his etmoq kerak. Yuksak ijodiy na’munalardan 

tortib, milliy folklorga qadar e’tibor berar ekanmiz, musiqa xalq va uni manfaati 

uchun xizmat qilishini anglab yetamiz. Kuy va qo’shiqlarda xalqning orzu-

umidlari va armonlari yoritiladi. Milliy urf-odatlar, qadriyatlarga e’tibor bersak, 

jangovor qo’shiqlardan toki dostonchilik tarkibidagi tarixiy ijodiyotlarning 

barchasida musiqa naqadar ko’hna va davr talabi darajasida rivjlanganligini guvohi 

bo’lamiz. 

 

XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida yashagan ma’rifatparvar shoir 



Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar Qori, Fitrat, Abdulla Avloniy, CHo’lpon 

singari bobolarimiz ma’rifat sari intilib, maktab, masjidlar qurdirib savob ishni ado 




aylaganlar. Ayniqsa ularning o’sha davrlarda aholi orasida keng tarqalgan 

manmanlik, o’zining boyligini ko’z-ko’z qilish kabi illatlarni qoralaganlar. 

Bularning barchasi milliy kuy-qo’shiqlar orqali xalqqa yetkazilgan      

Dono xalqi mizda “Etti o’lchab bir kes”  degan ajoyib naql bor, buning 

mazmunida insonlar barcha ishni avval anglab, aql bilan rivojlantirib keyin qo’l 

urishlari aks ettirilgan. Ushbu naqlning mohiyatidan kelib chiqqan xolda, agar 

kimki o’ziga yarashgan libosni to’g’ri tanlab, o’z millatiga  mansub fikr yuritib, 

an’analari asosida ish olib borsa, uning qanday inson ekanligi namoyon bo’ladi, 

ana shularga amal qilish- oliy qadriyatdir. Dunyoda nechta millat, nechta xalq 

bo’lsa barchasining o’ziga xos turmush tarzi, tarixi, kelib chiqishi, rivojlanishi, 

qadriyatlari, udumlari hamda o’ziga xos san’ati mavjud. 

Biz o’zbekmiz, erkaklarimiz boshida do’ppisi bor, shuning uchun ham ular 

g’oz yuradilar. Momo-xolalarimiz, qizlarimiz hayoli va ibolidir. Butun olamni 

o’ziga maftun etguvchi milliy qadriyatlarimiz bor. Birgina “Alla”ni tinglagan har 

qanday kishi uning sehrli ohangida sel bo’ladi. Xalqi mizda “Beshik to’yi”, 

“Sunnat to’yi”, “Nikoh to’yi” hech bir millatda uchramaydigan “Hashar”larimiz 

azaliy odatlar timsolida nishonlanadi.  Ushbu marosimlarni yosh avlod ongiga 

singdirib borishda bolalar folklorining ahamiyati beqiyosdir. 

Men ilm olish va ustozlarimizdan malakalar olishda bir narsaga amin 

bo’ldimki, qo’shiq inson ongiga tez ta’sir etuvchi kuchga ega bo’lar ekan, o’zim 

ham gohida milliy qo’shiqlarni xirgoyi qila turib, banogoh o’sha tarixiy davrlarga 

borib qolgandek sezaman. Ana shuning o’ziyoq qo’shiq ta’siri va uni sehrli 

ovozidir. Aynan mana shunday ta’sirli jarayon folьklor san’atidagi bir-biriga 

o’xshamaydigan, biroq maqsadida faqat yaxshilik va ezgulik yashiringan 

insonlarni ko’rganda junbushga keladi va ulardan faxrlanish hissi ortgan.  Urf-

odatlari-yu qarashlari, o’ziga xos milliy liboslari hamda so’zlashlari bir-biridan 

farq  qiluvchi bolajonlarning ko’nglida yomonlik ko’rmaysiz. 

O’zbek xalqi da bir-biriga yaxshilik tilash, amalda qo’llash, ezgulikka 

intilish, savobli ishlarni bajarish, o’zaro xurmat ko’rinishlari ham folьklorda 

mujassamlashgan. Bolalar folkloridagi eng muhim jihatlardan biri-




ishtirokchilarning  pokligi,  beg’uborligidadir.  Kuylayotgan  qo’shig’ini, 

bajarayotgan harakatlarini, tushayotgan raqsini ishonch hamda soddalik bilan, 

quvonch va sofdillik bilan bajarishlari har qanday insonni o’ziga jalb eta oladi. 

O’zbek xalqi  har bir narsani, ya’ni, ona yerini, bog’u-rog’larini, paxtazor 

dalasini, tog’u-toshlarini o’z mulkiday bebaho boyligi sifatida asrab-avaylaydi. 

Aynan shu xolat ularning farzandlarida ham namoyon bo’ladi. 

O’zbek folklorida bolaning dunyoga kelishidan tortib, toki olamdan ko’z 

yumgunga qadar bo’lgan xolatlari aks ettiriladi. 

O’zbek qo’shiqchiligi tarixini o’rganish haqida so’z ketar ekan, insonlar va 

ular  hayotini ifodalovchi va ularning yaxshi – yomon kuylarini aks ettiruvchi kuy 

qo’shiqlar yoshlar tarbiyasi , jamiyatimiz rivoji uchun ulkan ahamiyat kasb etadi. 

Mana shu hayotda yashashimiz, tinch va osuda hayotimiz, bayramlarimiz, 

udumlarimiz, mehrliligimiz, folklorimiz, o’yinlarimizning  barchasi ezgu va azaliy 

tarixiy yo’limizdir. Bizlar shukronalik bilan kuy-qo’shiqlarni o’rganib, uning 

qadriga yetib  yashashimiz va hayotga tadbiq etishimiz lozim. 

Shu yillarda tashkil topgan ko’plab etnografik ansambllar xalqimiz orasida 

milliy musiqamizni keng tashviqot  qilish va uni yangi mazmun bilan boyitishda 

muhim o’rin tutdi.  

Bu ishda Muhiddin qori Yoqubov, Tamara  Xonim, Usta Olim Komilov, 

Yusufjon  qiziq  Shakarjonov,  Xojixon Boltaev, Xoji Abdulaziz Adburasulov va 

boshqalar katta faoliyat ko’rsatdilar.  

Xalq qo’shiqchiligini mukammal bilgan, ularning yuksak mahorat bilan ijro 

etgan va yangi kuy, qo’shiqlar yaratib, musiqamizni yanada boyitgan har bir 

bastakor, mashshoq va xonandalar xalqi mizning katta xurmatiga sazovar bo’lgan. 

Xalq qo’shiqlari va musiqiy an’analarini jamlash, ularni rivojlantirish 

muammolari bag’ishlangan juda ko’plabilmiy risolalar yaratildi. Akademik Yunus 

Rajabiy boshlab bergan ulkan ishning davomi sifatida musiqashunos olimlar 

I.Rajabov, M.Yusupov, F.Karomatov, O.Matyoqubov, O.Ibrohimov va boshqalar 

xalq musiqiy merosining turli janrlarida salmoqli ishlar qildilar.Musiqa 

o’qituvchisi musiqa tilini yaxshi biluvchi mutaxassis sifatida bu xalq qo’shiqlarini 




baholi qudrat yozib olishlari yoki ulardan og’zaki o’rganib musiqa darslarida 

qo’shimcha material sitfatida foydalanishlari lozim bo’ladi. 

Faxrimiz,  g’ururimiz  hisoblangan  buyuk  ajdodlarimizning  ibratli 

hikmatlaridan  biz  musiqa  madaniyati  o’qituvchilar  ham  oqilona 

foydalanmoqdamiz. Buyuk mutaffakkirlarning insoniyatga qoldirib ketgan bebaho 

meroslari ma’naviyat va ma’rpifatga oid ta’limotlari hamisha boshlovchiimizni 

baland, qaddimizni tik qiladi.  Kuchimizga kuch, ishonchimizga-ishonch qo’shadi.  

Bunday an’analar bilan bir qatorda milliy qadriyatlarimiz asosidagi turli 

bayramlar, tantanalar xalqi mizning dam olishlari ni  ko’ngilli tashkil etishga omil 

bo’lmoqda.  

Aynan, musiqa san’atini oladigan bo’lsak, yoshlar o’rtasidagi musiqiy 

festivallarning muntazam o’tkazilishi O’zbekiston degan bir mamlakatni butun 

jahonga tanitishga erishmoqda.jajji o’g’il-qizlar ijro etayotgan katta partiyalar 

xorijlik san’at ixlosmandlarini  lol qoldirmoqda.  

O’zbekiston respublikasi Prezidenti  Islom Karimov birinchi chaqiriq 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XVI-sessiyasidagi nutqida “ Erkin 

fuqaro ma’naviyatni ozod shaxsni shakllantirish maqsadida oldimizda turgan eng 

dolzarb vazifadir. Boshqacha qilib aytganda,bizning o’z kuch imkoniyatlariga 

tayyorlaydigan kasbiy mahoratga ega, bilimdon, mustaqil fikrga ega yoshlarni 

tarbiyalashimishda albatta o’zbek xalq qo’shiqchiligining o’rni beqiyosdir.  

Insonning go’zallik tuyg’usini shakllantirmay turib, ma’naviy barkamol inson 

haqida gapirib bo’lmaydi. Milliy qo’shiqlar ana shu nozik tuyg’ularni 

shakllantirish va tarbiyalashning qudratli vositalaridan biridir. Shaxsni kamol 

toptirishda o’zbek qo’shiqchiligining o’rni va ahamiyatini ochib berish , 

birinchidan, inson va uning mohiyati masalasini, ikkinchidan, ma’rifatlik 

ko’lamini, uchinchidan, ma’naviy kamolotda musiqa ega bo’lgan imkoniyatlarni 

aniqlash demakdir.  

Ma’naviy barkamol  insonni shakllantirishda  o’zbek qo’shiqchiligining 

ahamiyati haqida gap ketganda shuni alohida ta’kidlash joizki, miliy ohanglarga 

to’liq asarlarining insonda go’zallik, ulug’vorlik, ko’tarinkilik, tushkunlik, 




g’amginlik, hazinlik, ma’yuslik kabi tuyg’ularini uyg’otuvchi hususiyatlari 

mavjud.   

Xuddi  mana shu jihatlari orqali inson ma’naviyatiga ta’sir ko’rsatadi. Bundan 

tashqari musiqa insonning umuman hayotga bo’lgan estetik munosabatlarini  

kuchaytiradi va noziklashtiradi, ayniqsa yoshlarni iste’dodini ro’yobga chiqarish

ahloqan poklanish, hayotga moslashish, biror kasb-hunar egasi sifatida ijtimoiy 

faollashishiga yordam beradi. Qo’shiq bilan chinakam oshno bo’lgan shaxsning 

hatto tashqi qiyofasi, xatti-harakati va muomala madaniyatida ham o’zgarish ro’y 

beradi. 

Xulosa o’rnida xalq qo’shiqchilik san’atining tarixini musiqa madaniyati 

darslarida o’rganib borishda musiqa san’ati ustalari musiqa madaniyatimizni 

rivojlantirish o’zlarining beminnat hissalarini qo’shgan buyuk san’atkorlar hamda 

hozirgi vaqtda o’zbek qo’shiqchiligi yo’lida  fidoyi bo’layotgan ustoz 

san’atkorlarimizning  ibratli  ishlarini  yosh avlodga  yetkazishni tavsiya 

etmoqchiman va uni avlodan avlodga meros qoldirishda xalq musiqa san’ati 

ustalarining xizmatlari benihoya kattaligini qayta- qayta takrorlashimiz lozim.  

             


Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish