Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Umumta’lim maktablarida o’quvchi yoshlarning bilim va ko’nikmalarini
shakllantirishda, ularning barkamolligiga erishishda kasb-hunar rivojiga erishishda
o’qituvchi-pedagoglar yuqoridagi fikrlardan xulosa chiqarganlari holda ta’limga
zamonaviy dasturlarni olib kirishlari lozim. O’quvchini qay darajada ko’proq bilim
olishga, ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga jalb etilsa, dars samaradorligiga,
yoshlar tarbiyasini yo’lga qo’yilishiga erishiladi. Buning uchun darsdan tashqari
mashg’ulotlarni, to’garaklar faoliyatini chuqur o’zlashtirib, o’quvchilarning bo’sh
vaqtlarini ko’ngilli tashkil etishga erishish lozim.
Musiqa madaniyati darslarida xalqimizning mumtoz hamda o’zbek xalq
qo’shiqchiligining noyob durdonalaridan bahramand bo’lish darslarning samarali
bo’lishida o’rinlidir. Dars davomida o’qituvchi o’quvchilarga o’zbek xalq
qo’shiqlarini o’rgatish orqali o’quvchilarni tarbiya sifatlarini ham shakllantirib
boradi, bundan tashqari qo’shiq mazmunidan kelib chiqib, o’qitishning og’zaki
metodlaridan foydalanadi, ya’ni turli mavzularda qiziqarli ochiq muloqotlar
o’tkazadi, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan o’gitlardan foydalanadi.
Xalq qo’shiqchiligining tarixi va undagi noyob asarlarni o’rganish orqali
Vatanimizni sevish, o’zaro hurmat hamda ahloq-odob qoidalari bahs-munozara
uslubida o’tkazilgan dars orqali o’quvchilarni mustaqil fikrlay olishga undaydi.
VII asrda O’rta Osiyoga islom dinini olib kelgan arablar ham ajdodlarimiz,
musiqa madaniyatidan bebahra qolmadilar. IX-X asrlarga kelib, Somoniylar
davlatida Buxoro yuksak san’at va ilm-fan maskaniga aylandi. Bu davrda olamga
mashhur olimlar, shoirlar, musiqachilar yetishib chiqdilar.
Mashhur faylasuf al-Forobiy, Axmad Farg’oniy, alloma Abu Rayxon
Beruniy, buyuk Abu Ali ibn Sino, Abu Abdullo Rudakiy, Abdulqosim Firdavsiy
va boshqalar O’rta Asr sharq madaniyatiga katta hissa qo’shdilar. Ayniqsa, al-
Forobiy va ibn Sino sharq xalq qo’shiqchiligi ravnaqiga ulkan hissa qo’shdilar.
XI-XV asrlar davomida o’zbek xalqi madaniyati yangi cho’qqilarga erishdi.
Temuriylar davrida o’zbek musiqa madaniyati yuksak rivojlandi. Bunda
Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad
Bobur kabi ulug’ allomalarning xizmatlari alohida xurmatga sazovor.
Bu davrda eng katta salobatli maqomlarimizdan “Shashmaqom” turkumi
mukammal shaklga kirdi. Shuningdek dostonchilik san’ati ham yuksak rivojlandi.
Binobarin, o’zbek musiqasi ikki asosiy tarmoqda – xalq ommaviy janrlari
(bolalar qo’shiqlari, alla, yalla, terma, lapar, qo’shiq, lirik va raqs kuylari)ga va
og’zaki an’anadagi ustozona (professional) musiqa (ashula, katta ashula, doston,
maqomlar) yo’nalishlarida qaror topib keldi.
O’zbek shoiri mutafakkiri A.Navoiy musiqa san’atiga san’ati sohasida
nihoyatda katta bilimga ega bo’lgan edi. Uning musiqaviy – estetik qarashlari
“Sabbayi - Sayyor”, “Mahbubul qulub” va boshqa asarlarida aks etgan. O’zbek
xalqi ning musiqa madaniyati xalq pofessional ijod mahsuli bo’lgan musiqa asari,
og’izdan – og’izga o’tish asosida asrlar davomida to’plangan an’ana zamirida
rivojlangan. U bizga xofizlar, musiqachilar, baxshilar orqali yetib kelgan. Unga
xalq ijodining eng yaxshi namunalari hamda professional ijrochilar tomonidan
chalingan musiqa asarlari kirgan.
Milliy va zamonaviy qo’shiqlarning ta’sirchanlik xususiyatlari o’zbek xalqi
ning xalq qo’shiqchiligi san’ati uzoq tarixga ega bo’lib, davrlar osha o’zining
tarbiyaviy sifatlarini yo’qotmay omma orasida ommalashib bormoqda.
Sharq musiqa ilmining asoschisi deb butun jahonda tan olingan
vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy buyuk allomalarimizdan. Abu Ali Ibn Sino
Abdulqodir Marog’i, Abduraxmon jomi, Alisher Navoiy, Darvesh ali Changiy va
boshqalar sharqona jahonshumul ahamiyatga molik noyob nazari va estetik
qarashlarni ishlab chiqqan holda mumtoz musiqiy asarlarning ham muallifi sifatida
keng taniganlar.
O’zbek xalq qo’shiqchiligi tarixini o’rganishda milliy va zamonaviy musiqa
san’atining hozirgi kunga qadar rivoj va sayqal topayotgani hamda ikkala janrning
zamirida yurt faxri va o’zbek xalqi ning tarixiy ko’rinishlari kuylanayotganligi
san’atimizning naqadar yuksakligidan dalolatdir. Har ikkala janr bugungi kunga
qadar o’z jilosini yo’qotmay, o’zaro bog’lanib, bir-birini to’ldirib, tinglovchini
qalbida yashab kelmoqda.
Milliy va zamonaviy musiqa bog’liqligi shundan iboratki har ikki janrda ham
milliy – ma’naviy qadriyatlarimiz, milliy g’ururimiz, konstitutsiyalarimiz, ona
Vatanimiz madxi kuylanadi.milliy musiqa – insonning qalb kechinmalarini
mumtoz kuy qo’shiqlar maqom san’ati, an’anaviy qo’shiq ijrochiligi bayon etilsa,
zamonaviy musiqa milliy estrada janri, lirik ohanglarini zamonaviy topqini orqali
kuylashadi.
Bizga ma’lumki har ikki janrlarda ham buning betakror san’atimizga dunyo
uzra teng keladiganini topish qiyin.
Tabiiyki xalq qo’shiqchiligi ham aynan insonning ichki va tashqi dunyosini
ohanglar orqali go’zallik va yaxshilikka yo’naltiradi. Ya’ni, kishilarda bo’lishi
zarur bo’lgan hislatlar, aynan musiqada ham bo’ladi, jumladan, milliy qo’shiq
chiroyli harakat, hushmuomalalik- hushohanglik bilan uyg’unlashadi.
Bitiruv malakaviy ishimning birinchi bobida xalq qo’shiqchiligining tarixiy
xususiyatlari, uning rivojlanib hamda insoniyat ongiga ta’siri jarayonida ma’naviy
barkamollikning shakllanishi, eng muhimi buyuk allomalarimizning xalq
qo’shiqchiligiga bo’lgan yuksak e’tiborlari va yoshlar tarbiya sifatlari takomilidagi
o’ziga xos ko’rinishlar haqida to’xtalib o’tishga harakat qildim.
Dars davomida xalq qo’shiqlarini kuylash va uning qadimiy asoslarini
o’rganib borish haqida to’xtalib, xalq qo’shiqchiligi san’atini o’rganishda,
jumladan, kuylash va tinglash orqali o’quvchilarning musiqa idroki milliy ohanglar
ta’sirida kuchayishini, mustaqil fikrlay olishini hamda tinglangan ohanglar orqali
ularning taqqoslash qobiliyatlari rivojlanib borishini bayon etdim.
Musiqa madaniyati darslarida yuqorida ta’kidlaganimdek, xalq
qo’shiqchiligi tarixini o’rganishning asosiy maqsadi – musiqa san’atining uzoq
davrlarga borib taqalishi, xalq hayoti va izlanishlarining rivojlanib, sayqallashuvini
o’quvchi yoshlar ongiga singdirib borishdan iborat.
Xalq qo’shiqchiligi tarixini o’rganishda muhim masalani ta’kidlab
o’tamanki, haftasiga bir soat beriladigan musiqa darslarida tariximizni, xususan,
musiqa yo’nalishiga oid tarixiy manbalarni to’liq holda o’quvchi ongiga yetkazish
biroz mushkul . Shuning uchun o’quvchilarga xalq qo’shiqlarini o’rgatish rejasida
tarixiy manbani o’rganishga alohida vaqt ajratish lozim.
O’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o’ta zo’riqtirmaslik uchun sodda va
qiziqarli “metod”lardan foydalanish lozim. Dars jarayonida, ayniqsa o’zbek
xalqini tarannum etuvchi qo’shiqlarni o’rgatish orqali o’zbek xalqi ning urf-
odatlari, liboslari, o’zbek taomlari haqida fikr yuritib, yoshlar ongida milliy
mentalitet g’oyalari shakllantiriladi.
“Xalq qo’shiqlari haqida so’z ketar ekan, - deydi yurtboshimiz,- eng avvalo
o’sib kelayotgan yosh avlod, ajdodlari, boyliklari, hususan merosimiz an’ana va
urf-odatlarimiz haqida fikrlashga ega bo’lmoqlari lozim”. O’quvchilarda mustaqil
fikrlash qoidalarini rivojlantirar ekanmiz, mustaqil fikrlay olishlari, eng muhimi
milliy musiqani ongli ravishda idrok etib, milliy ohanglarni, xalqona qo’shiqlarni
kuylashlari ahamiyatlidir.
Ikkinchi bobda o’quvchilarning estetik qobiliyatlarini shakllantirish va
rivojlantirishda o’zbek xalq qo’shiqchiligi tarixiga nazar tashlashni va undagi
milliy va bebaho meros atalmish xalq qo’shiqchiligining noyob qadriyatlarini
o’quvchi- yoshlar ongiga singdirib borish masalalari qayd etilgan. Xulosa qilib
aytadigan bo’lsak, kasbiy ijodkorlik mahoratimizga erishishimizda odob
ko’chasidan yurib, undagi ko’plab insoniy fazilatlar sohibi bo’lib, kamolot sari
odimlar ekanmiz, xalq orasida obro’-e’tibor qozonamiz, biz tarbiya berayotgan
yoshlar ham kelgusida mustaqil diyorimizning ravnaqiga o’z hissalarini qo’shuvchi
kadrlar bo’lib yetishadilar. Bizning asosiy maqsadimi zamon talabidagi darslarni
tashkil etish bilan mustaqil fikrlovchi bilimli yoshlarning ko’payishiga erishishdir.
Musiqa madaniyati darslarida o’quvchilar musiqa tinglash, qo’shiq kuylash,
cholg’u asboblariga jo’r bo’lish kabi harakatlarni bajarish bilan birga albatta ritmik
harakatlarni to’laqonli ravishda bajarishlari shart. Bu bilan o’quvchining tinglash,
diqqatni bir joyga to’plash, musiqa ohangiga mos harakatlar bajarish, chapaklar
asosida ritmga jo’r bo’lish orqali qobiliyatlari rivojlanadi. Xalqona yo’ldagi kuy-
qo’shiqlarni ijro etishda esa o’quvchilar milliy yo’nalishni o’zlarida aks ettirib, ijro
etishga harakat qiladilar, bunday qo’shiqlarni dilga yaqin qo’shiqlar deb atash
mumkin.
Ikkinchi bobda esa xalq qo’shiqchiligini davrlar asnosida yoritishga harakat
qildim. Masalan, V-X asrlarda xalq tarixiy tarqqiyotining rivojlanib borishi, XV-
XVIII asrlarda xalq qo’shiqchiligini ommalashuvi va nihoyat mustaqillik davrida
xalq qo’shiqchiligining yuksak pog’onalarga ko’tarilishi haqida fikrlar bayon
etildi.
Xulosa o’rnida, o’zbek xalq qo’shiqchiligi tarixini o’rganish, uni musiqa
madaniyati daprslarida joriy etish va xalq qo’shiqlarini kuylash qoidalarini berilgan
ko’rsatma va rejalar asosida o’tilishi musiqa o’qituvchisining vazifasidir. Darsning
samaradorligiga erishish, kasb mahoratini to’liq bajarishda o’qituvchi-pedagoglar
DTS talablari hamda yangi pedagogik texnologiya asosida istagan faoliyatlar orqali
ko’zlagan maqsadiga erishishi mumkin.
«Biz oldimizga qanday vazifa qo’ymaylik, - deb ta’kidlaydi Prezidentimiz I.
A. Karimov – qanday muammolarni yechish zaruriyati tug’ilmasin, gap oxir
oqibat, baribir kadrlarga va yana kadrlarga borib tarqalaveradi. Mubolag’asiz
aytish mumkinki, bizning kelajagimiz o’rnimizga kim kelishiga yoki boshqacha
aytganda qanday kadrlar tayyorlashimizga bog’liq».
Bizga ma’lumki, musiqa tarbiyasi jamiyatimiz taraqqiyotida muhim
ahamiyat kasb etadi. Unda o’zbek musiqa madaniyati va xalq musiqasining nodir
namunalari orqali yosh avlodni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifa amalga
oshiriladi. Bugun shunday darslar tashkil etilsinki, pedagog faol va tashabbuskor
bo’lsin, uning shogirdlari esa mustaqil va erkin fikrlay oladigan yoshlar bo’lib
yetishsinlar.
Mavzuning dolzarbligi.
Bugungi kunda yoshlar ongiga turli ommaviy axborot vositalari tomonidan
kirib kelayotgan turli ruxiy, salbiy yo’nalishdagi ta’sirlardan ximoya qilish ishida
an’anaviy xalq qo’shiqchiligining mumtoz asarlaridan samarali foydalanish,
yoshlarning darslardan keyingi bo’sh paytlarida ham turli salbiy oqimlar ta’siriga
tushib qolishdan asrashda an’anaviy xalq qo’shiqchiligi fanidan ham samarali
foydalanish maqsadga muvofiq deb xisoblaymiz. Shuningdek ushbu
mashg’ulotlarni professional darajada eng zamonaviy texnika vositalarini jalb
qilgan holatda tashkil qilish masalalarini ko’tarib chiqmoqchimiz. Ana shu nuqtai
nazardan olib qaraganda ushbu bitiruv malakaviy ishimizni dolzarb deb
xisoblaymiz.
Mavzuni maqsadi
.
Musiqa yo’nalishidagi kasb-hunar kollejlaridagi
an’anaviy xalq qo’shiqchiligi darslarini yangi sifat darajasiga ko’tarish. Ko’plab
o’zbek bastakorlari Saidjon Kalonov, To’xtasin Jallilov, Telman Xasanov, Nabijon
Xasanov, Yunus Rajabiylar tomonidan yaratilgan yuksak saviyadagi musiqiy
asarlarni an’anaviy xalq qo’shiqchiligi fani mashg’ulotlari jarayonida bo’lajak
Musiqa tarbiyachilarini yaqindan tanishtirib borish.
Tadqiqotning obekti va predmeti
.
Namangan shahar pedagogika kasb-hunar
kolleji Musiqa bo’limi obekt qilib tanlandi. Bitiruv malakaviy ishining predmeti
qilib ushbu kasb-hunar kollejining Musiqa yo’nalishidagi yakka tartibda
o’tiladigan an’anaviy xalq qo’shiqchiligi fani mashg’ulotlari predmet bo’lib xizmat
qiladi.
Muammoga yangicha yondoshish
.
Bitiruv malakaviy ishi ximoyamda
Namangan shahar pedagogika kasb-hunar kollejida bevosita an’anaviy xalq
qo’shiqchiligi mashg’ulotlari tashkil qiladi. Hamda bitiruv malakaviy ishida
ko’tarib chiqilgan masalalarni amalda ya’ni an’anaviy xalq qo’shiqchiligi fani
mashg’ulotlari jarayonida tajriba va sinovdan o’tkazadi. Bitiruv malakaviy ishi
tugallangach ushbu Bitiruv malakaviy ish Namangan pedagogika kollejining
tajribali pedagoglari tomonidan muxokama qilindi va baholanadi.
BMI ning tuzilishi
.
Kirish, ikki bob, sakkiz bo’lim, xulosa va takliflar hamda
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I.
Do'stlaringiz bilan baham: |