qudratidir”- degan edi yurtboshimiz. Avvalo o’qituvchichlarning
dunyoqarashlari mukammal keng qamrovli bo’lishi zarur, Shundagina darslar
samaradorligi ortadi. Barcha pedagoglar ta’limning amalga oshirishlari,
o’quvchi yoshlar bilimlarini adolatli baholash hamda ularni rag’batlantirib
borishlari zarur.
Ta’lim muassasalarida dars berayotgan barcha o’quvchilar yuksak ilmiy
salohiyat egasi, man’aviy barkamol, yetuk mutaxassis bo’lishlari bilan birga,
ularda odob-axloq me’yorlari yetarli bo’lsa, tajriba sinov usullaridan unumli
foydalansa muammolar o’z yechimini topaveradi. “O’qituvchi, - degan edi
yurtboshimiz, bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, ammo buning uchun avvalo
o’qituvchichlarning o’zlri ana Shunday bilimga ega bo’lmoqlari kerak”.
O’zbekiston mutaqillikka erishgach, barcha san’at turlari qatori o’zbek
musiqa san’atiga bo’lgan e’tibor davlat siyosatining muhim yo’nalishlaridan
biriga
aylandi.
“Ta’lim to’g’risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Davlat
ta’lim standartlarining joriy etilganligi musiqa madaniyati o’qituvchilarining
zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Davlat ta’lim standartida ko’rsatib
o’tilganidek, musiqa madaniyati darslarida o’zbek bolalar folklorining
qo’shiqlaridan foydalanishga alohida ahamiyat berilgan.
Bizga ma’lumki, har bir tarixiy davr mobaynida folklor qo’shiqlari o’zgarib,
zamonga moslanib boradi ular o’sha davr kishilarini tarbiyalashda muhim
ahamiyat kasb etadi. Folklorlarning eng muhim jihatlari shundaki, inson hayotida
erisholmagan yoki o’ziga yetishmaydigan narsa hodisalarga urf-odatlar orqali
yetishishi mumkin.
Shuning uchun ham DTS talablari darajasidagi zamonaviy darslarni tashkil
etishda, darsning noan’anaviy usullari diskussiya darslari, seminar va temtik
o’yinlar o’quvchi yoshlarning qiziqishi va iqtidorlaridan kelib chiqib, interfaol
o’yin darslarini tashkil etish lozim.
X asr boshlarida yashagan buyuk shoir Abu Abdullo Rudakiy o’z
zamonasining mohir sozandasi va hofizi sifatida el orasida mashhur bo’lgan, uning
“Bo’yi juyi muliyon” she’rini ushshoq kuyida aytilgani
xaqida tarixiy manbalar
mavjuddir. O’sha davrning buyuk olimi Mahmud Qoshg’ariyning “Devonui
lug’otiy turk” asarida qadimiy turkiy xalqlarning xalq og’zaki ijodi va qo’shiqlari,
bayram hamda marosimlaridagi mehnat qo’shiqlari, qahramonlik qo’shiqlari
xaqida namunalar berilgan bo’lib, o’sha zamonlarda qo’shiqchilik janri rivoj
topganini ko’rsatadi.
X- XII asrlarda qo’shiqchilik san’atiga doir bayon etilgan noyob
ma’lumotlar Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilig” asarida ham uchraydi. X
asrning buyuk kashfiyotchisi Abu Nasr Al Forobiyning musiqa sohasida asarlari
asosida ovro’pa olimlari ham qator ijodiy ishlarni amalga oshirganlar. Uning
“Kitab ul musiqa al- kabir” ( Katta musiqa kitobi), !Kalom fakultet – il musiqi
(Musiqa xaqida so’z), “”Kitob fi ixsoal ibko’” (kuylar tasnifi xaqida kitob), “Kitob
fi-n naqra muzofa ilal ibqo’” (Ritmga qo’shimcha qilinadigan siljishlar xaqida
kitob) kabi ko’plab kitoblar muallifidir.
Forobiy Turkistonning Farob (O’tror) shaxrida tug’ilgan bo’lib, uning otasi
Muhammad Tarxon turkiy qabilalardan edi. Forobiy avval O’trorda o’qib, so’ngra
Bog’dodga borib, falsafa, tabiyot, musiqa fanlari bilan shug’ullanadi. U o’sha
davrning eng mohir sozandasi, bastakori , O’rta Osiyo va Yaqin sharqda musiqa
madaniyatining yirik arbobi sifatida tanildi. Bundan tashqari u ijrochilik san’atida
ham katta muvaffaqiyatlarga erishdi.
Xulosa qilib aytganda, milliy musiqa merosimizning yoshlar tarbiyasiga oid
amallari DTS da ham to’liq belgilab berilgan. Ma’naviy dunyoqarashning ortib
borishi uchun buyuk ajdodlarimizning tarixiy asarlari qo’l keladi, insoniylik
tuyg’ulari yuksak darajada aks ettirilgan. O’qituvchi tinimsiz izlanish mehnat
barobarida o’quvchi yoshlarni nimalarga qiziqishiga e’tiborini jalb etish bilan birga
har bir darsni sinov dasturi bo’yicha amalaga oshrishi kerak. Chunki, o’qituvchini
o’quvchi diqqat bilan kuzatadi.